Ixtisoslashish, idioadaptatsiyaning eng xususiy formasi bo`lib hisoblanadi. Ixtisoslashish
organizmlarning har qaysi yirik guruhlarida uchraydi. Ularga yalqovlar, chumolixo`rlar,
gekkonlar, xameleonlar va shu singari hayvonlar misol bo`ladi. Ixtisoslashgan organizmlar,
odatda, muhitning juda tor doirasida hayot kechiradi. Mazkur sharoitda ular bilan raqobat
qiluvchi organizmlar kam uchragani uchun, qayd qilingan hayvonlar hozirgacha saqlanib kelgan.
Idioadaptatsiya o`simliklarda ham keng tarqalgan. Chetdan changlanish, urug`, mevalarning
tarqalishiga imkon beradigan turli moslamalarni idioadaptatsiya tipidagi o`zgarishlar deb
ta’riflash mumkin.
Senogenez. Senogenez embrion yoki lichinkalik davrida vujudga keladigan moslamalar
hisoblanadi. Tuxum hujayrani va embrionni kimyoviy va mexanik ta’sirlardan himoya
qiluvchi parda yoki mikroblardan saqlovchi ohakli qobiq, tuxumdagi sariqlik, reptiliya, qushlar
va sut emizuvchilarda embrionni tebranish va zarbalardan saqlovchi amnion, sut emizuvchilarda
embrion, nafas olishga yordam beradigan allantois va yo`ldosh senogenezga yaqqol misoldir.
Senogenetik moslanishlar bir nechta xil bo`lishi mumkin: ulardan biri tuxum va lichinkaning
himoya rangi, ikkinchisi embrion va lichinkaning oziqlanishini ta’minlaydigan (sariqlik) va uni
adsorbtsiya qilishga yordam beradigan qon tomirlar, uchinchisi embrion, lichinkalarning nafas
olishiga yordam beradigan jabra iplari — allantois va boshqa moslamalardan iborat. Hayvonlar
ontogenezining keyingi davrlarida bunday senogenetik moslanishlar keraksiz bo`lganligi uchun
reduksiyaga uchraydi. Senogenezning biologik ahamiyati katta. Chunki u embrion va lichinkalar
individual rivojlanishda xavfli hisoblangan yoshlik davrini birmuncha xavf-xatarsiz o`tkazishi
uchun imkoniyat yaratadi. Bu ularni biologik progressga olib keladi
2.Evolyutsion jarayonning turli yo`nalishlari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik.
A. N. Seversov qayd qilishicha, organizmlarning tarixiy rivojlanishida, odatda, biologik
progressniig turli yo`nalishlari ya’ni adaptosiomorfizm almashinib turadi. Darvin ta’limotiga ko`ra,
evolyutsiyaning harakatlantiruvchi omili tabiiy tanlanishdir. Tabiiy tanlanishning yo`nalishi,
demak, evolyutsiya jarayonining yo`nalishi organizm va muhit o`rtasidagi murakkab
munosabatlar zaminida belgilanadi.
Bir tur tarqalgan arealda muhit sharoiti turli-tuman, deb taxmin qilaylik. U holda
turning ayrim organizmlar guruhi areal doirasida migratsiyaga uchrab, muhitning xilma-xil
abiotik va biotik omillariga duch keladi. Bunday holatda organizmlar orasidagi "muhitning
xususiy sharoitida emas, balki xilma-xil sharoitida yashashga imkon beradigan adaptatsiyalarga
ega formalar nihoyatda muhim rol o`ynaydi. Agar tanlanish bosimi organizmlarning xilma-xil
sharoitda hayotchanligini oshirishga qaratilgan bo`lsa, u holda organizmlarda keng doiradagi
adaptatsiyalar bilan bog`liq holda tuzilish bo`yicha murakkablashish ro`y beradi. Chunonchi,
mezozoy erasida yashagan dastlabki sut emizuvchi hayvonlar uncha yirik hayvonlar bo`lmasa
ham, chamasi, serpusht bo`lgan va oziq bilan yaxshi ta’minlangan. Lekin tirik tug`ish xossasi
hali rivojlanmagani uchun ular o`sha davrda yashagan yirtqich dinozavrlar va boshqa hayvonlar
ishtirokida ko`plab qirilgan. Yashash uchun kurash avj olgan bunday sharoitda rivojlanishning
xilma-xil yo`nalishi ular tuzilishi (bosh miya, nafas olish organlari, qon aylanish organlari, tirik
tug`ish) ning murakkablashishiga olib kelgan va nisbatan qisqa vaqt ichida sut emizuvchilar
rivojlanishining yuqori bosqichiga ko`tarilgan. Tarixiy rivojlanishda bunday aromorfoz
(orogenez) tipidagi o`zgarishlar sodir bo`lishi sut emizuvchilarning kamroq qirilishiga, ular
sonining ortishiga sabab bo`lgan. Son jihatdan ko`payish esa, o`z navbatida, yangi territoriyalarni
ishg`ol
qilishga, differensiyalanishga sababchi bo`lgan va oqibatda idioadaptatsiya (allogenez)
amalga oshgan. Shu yo`l bilan yashash uchun shiddatli kurash birmuncha bartaraf qilingan.
Boshqa hollarda organizmlar yashayotgan muhit uzoq tarixiy davr ichida o`zgarmay,
nisbatan turg`un holatda bo`ladi. Bunday hollarda yashash uchun kurashda va tabiiy
tanlanishda mazkur sharoitga moslashgan formalar kelib chiqadi hamda idioadaptatsiya
(allogenez) yo`nalishi tufayli biologik progress vujudga keladi. Tarixiy rivojlanishda biologik
progressning turli yo`nalishlari o`zaro o`rin almashinib turadi. Lekin shunga qaramay,
degeneratsiya hamda ixtisoslashib rivojlanish yo`nalishiga o`tgan organizmlar keyinchalik qayta
aromorfoz bo`yicha rivojlana olmaydi. Bu holat degeneratsiya va ixtisoslashish evolyutsion
rivojlanish yo`nalishining boshi berk ko`chani tupiki ekanligi bilan sharhlanadi.
Shunday qilib, paleontologiya, qiyosiy embriologiya, qiyosiy morfologiya dalillariga
asoslanib, A.N.Seversov hayvonot dunyosining tarixiy rivojlanish yo`nalishlarini tahlil qildi.
Uning mulohazasiga ko`ra, aromorfoz evolyutsion rivojlanishning asosiy yo`nalishi hisoblanadi,
chunki u hayvonlar tuzilishining murakkablashuviga sabab bo`ladi. Tarixiy jarayonda aromorfoz
idioadaptatsiya bilan o`rin almashinadi. Barcha hayvonlar o`z tarixiy rivojlanishida ertami-
kechmi idioadaptatsiya tipidagi yo`nalishni boshidan kechiradi. Organik rivojlanishning
boshlang`ich davrida prokariotlardan eukariotlar, ularning ba’zilari o`zgarishi natijasida esa
dastlabki ko`p hujayrali organizmlar aromorfoz yo`l bilan rivojlangan. Ko`p hujayralilarning ba’zi
guruhlari aromorfoz yo`li bilan yanada rivojlanib, chuvalchanglar va umurtqasizlarning yanada
takomillashgan tiplarini vujudga keltirgan. Qayd etilgan organizmlarning boshqa guruhlari esa
keyinchalik bu yo`l bilan rivojlanmay, idioadaptatsiya yo`li bilan tevarak-atrof muhitga
moslashgan. Hayvonlar va o`simliklar guruhi ichida tuzilish darajasi har xil bo`lgan prokariotlar,
sodda hayvonlar, ibtidoiy ko`p hujayrali organizmlar, yassi, yumaloq, halqali chuvalchanglar
yoki o`simliklardan ko`k-yashil, yashil, qo`ng`ir, qizil, diatom suv o`tlar hozirgi kunda ham
mavjudligi yuqoridagi fikrlarni isbotlovchi dalildir
Evolyutsiyaning turli yo`nalishlari o`zaro almashinib turishini umurtqali hayvonlarda ham
yaqqol ko`rish mumkin. Baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar,
qushlar, sut emizuvchilarning har biri o`zidan oldingi formalarga nisbatan murakkab tuzilgan.
Ular aromorfoz yo`li bilan rivojlangan. Ayni vaqtda har bir sinf vakillari aromorfozdan keyin,
muhitning xilma-xil sharoitiga idioadaptatsiya yo`li bilan moslashgan. Seversov evolyutsiya
jarayonining turli yo`nalishlari tarixiy jarayonda qanday amalga oshganligini isbotlash uchun
quyidagi sxemani keltiradi.
Tarixiy rivojlanishning ma’lum davrida A guruhiga mansub formalarda aromorfoz ro`y
beradi va ularning tuzilishi murakkablashib a
1
— a
Dostları ilə paylaş: |