Tugmalar
|
Bajariladigan amal nomi
|
↑
|
Kursorni bir satr yuqoriga o`tkazish
|
↓
|
Kursorni bir satr pastga tushirish
|
←
|
Kursorni bir ustun chapga o`tkazish
|
→
|
Kursorni bir ustun o`ngga o`tkazish
|
PgUp
|
Kursorni bir ekran yuqoriga o`tkazish
|
PgDn
|
Kursorni bir ekran pastga o`tkazish
|
Alt+PgDn
|
Kursorni bir ekran o`ngga o`tkazish
|
Alt+PgUp
|
Kursorni bir ekran chapga o`tkazish
|
Home
|
Kursorni u turgan satrning birinchi katakchasiga o`tkazish
|
Ctrl+Home
|
Kursorni ishchi kitobning birinchi katakchasiga (A1 ga) o`tkazish
|
F5
|
O`tish muloqot oynasini chaqirish
|
Ctrl+BackSpase
|
Ekranni kursor ko`rinadigan holatha o`tkazish
|
↑*
|
Ekranni bir satr yuqoriga o`tkazish (faol katakcha o`zgarmaydi)
|
↓*
|
Ekranni bir satr pastga o`tkazish (faol katakcha o`zgarmaydi)
|
←*
|
Ekranni bir ustun chapga o`tkazish (faol katakcha o`zgarmaydi)
|
→*
|
Ekranni bir ustun o`ngga o`tkazish (faol katakcha o`zgarmaydi)
|
5. Jadvaldagi ma'lumotlarni saralash va filtrlash
Excel dasturining yana bir imkoniyati shundan iboratki, katta hajmdagi jadvallar bilan ishlayotganda jadvaldagi hamma ma'lumotlarni ekranga chiqarmasdan, balki ma'lum bir qismini ham chiqarish, ya'ni filtrlash mumkin. Masalan, biror firmaning boshqa shaqarlarda mavjud bo’lgan filiallarida yarim yillik(yanvar-iyun) rеjasining bajarilishi haqidagi jadval bеrilgan bo’lsin.
Bu jadvaldan faqat Samarqand shahridagi filiallar to’qrisidagi ma'lumotni olish uchun quyidagi buyruqlardan foydalaniladi: buning uchun kursor jadvalning yuqoridan birinchi yachеykasida turishi kеrak. So’ngra mеnyuning Данные bo’limidan Фильтр bandi va undan Автофильтр bandi tanlanadi. Ekranda hosil bo’lgan muloqat oynasidan Samarqand so’ziga «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va natijada ekranda faqat Samarqand shaqridagi filiallar to’qrisidagi ma'lumot paydo bo’ladi.
Jadvaldagi ma'lumotlarni o’sib yoki kamayib borish(yoki alvafit bo’yicha) tartibida saralash quyidagicha bajariladi: mеnyudagi Данные bo’limidan Сортировка bandi tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekrandagi muloqat oynasiga ustun nomi kiritiladi, hamda o’sib yoki kamayib borish tartibi tanlanadi
va OK tugmachasi bosiladi.
Natijada ekranda shaharlar nomlari alvafit bo’yicha saralangan jadval paydo bo’ladi.
Office Excel 2007 da endi serverlarni, koorporativ ma’lumotlar omborini nomini bilish shart emas. «Быстрый запуск» dan foydalanib ularni ma’lumotlar ro‘yxatidan tanlash mumkin.
Office Excel 2007 ishchi sohani sahifa ko‘rinishida ishlashning 2 xil usuli mavjud bo‘ldi. 1-usulda sahifa qanday chop etilishi kerak bo‘lsaб shu ko‘rinishda ekranda tasvirlanadi. 2-usul avvalgi Office 2003 dagi holda sahifalangan ko‘rinish hosil bo‘ladi.
13-rasm Office Excel 2007 ishchi sohani sahifa ko‘rinishini o‘zgartirish
Fayllarni xotirada saqlash uchun endi PDF va XPS formatlardan foydalanish mumkin(Настройки bo‘limini sozlash kerak bo‘ladi).
Office Excel 2007 da yangi hujjatni yaratish juda ko‘p shablonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari kompyuterda mavjud bo‘lmagan shablonlarni Microsoft Office Online dan yo’qlab olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |