Yordamchi ma`lumot tugmasi: Lentaning o`ng yuqori burchagida joylashgan so`roq belgisi ko`rinishidagi tugma bo`lib, uni tanlanganda Excel yordamchi ma`lumotlar oynasi hosil bo`ladi hamda unda kerakli mavzuni t anlab kerakli ma`lumotlarni o`qish mumkin.
Standart menyular: Ko`plab pastga qaratilgan ko`rsatkichli tugmalarni tanlanganda xuddi shunday menyular bilan ishlash kerak bo`ladi va ba`zi buyruqlarga mos tugmalar ham mavjud. Agar buyruqning oxirida uch tugma (…) ko`rinishidagi qo`shimcha bo`lsa, bu buyruqni t anlash muloqot oynasining ochilishiga olib keladi va u yerda kerakli qiymatlarni kiritish yoki tanlash kerak bo`ladi.
Hisoblagich:Ikkita – yuqoriga va pastga qaratilgan ko`rsatkichli boshqaruv elementi bo`lib, uning qiymati sifatida sonlar qaraladi hamda tugmalarni tanlanganda qiymat mos tarzda o`sadi yoki kamayadi. Xuddi shunday bu qiymatlarni klaviatura orqali “qo`lda” kiritish ham mumkin va bu kiritilayotgan qiymatlarning to`g`riligini Excel avtomatik tarzda tekshirib boradi.