Excel dasturida matematik masalalar yechish


Yig’indi va ko’paytmani Excelda hisoblash/



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə6/7
tarix05.05.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#108343
1   2   3   4   5   6   7
Excel dasturida matematik masalalar yechish

5. Yig’indi va ko’paytmani Excelda hisoblash/
1. x=1,46 m=10


2. x=3,21 m=11
Vazifa quyidagi tartibda bajariladi:

  1. Birinchi misolni yechish uchun uchta ustun tanlanadi va ularga yig’indining o’zgarish parametri nomini (n), ikkinchisiga esa x o’zgaruvchining qiymatlari va uchunchisiga S ning har bir qiymatidagi hisoblanish belgilanadi.

  2. Birinchi ustunga N ning qiymatlari kiritiladi.

  3. Ikkinchi ustunga X ning qiymati kiritiladi.

  4. Uchunchi ustuniga S ning har bir qiymatidagi hisoblanish uchun =B6^2*C6^3/(2*B6+1)^3 formulasini kiritib, Enter tugmasi bosiladi.

  5. Yig’indini hisoblash uchun =СУММ(D6:D15) formulani kiritib enter tugmasi bosiladi.


5- rasm

Ikkinchi vazifa ham xuddi shunday bajariladi.


Ko’paytmani hisoblash uchun =ПРОИЗВЕД(D6:D16) formulani kiritib enter tugmasi bosiladi.

6- rasm

6. Tenglamalar tizimini Excelda yechish.



Tenglamalar tizimini Excel elektron jadval protsessorida yechish ketma-ketligi quyidagicha:

  1. A matritsa elementlarini elektron jadvalga kiritamiz.

  2. B vector elementlarini elektron jadvalga kiritamiz.

  3. A-1 teskari matritsa topish uchun:

    1. A matritsa elementlarini ajratib,CTRL tugmasini bosgan holda elektron jadvaldan A-1 teskari matritsa elementlari chiqishi kerak bo’lgan joylarni ham ajratamiz. Sungra, “Вставка функции (fx)” piktogrammasini bosib, muloqot oynasining kategoriyalar bo’limidan matematika keyingi darchadan МОБР funksiyasini tanlab, OK tugmasini bosamiz.

    2. Yana A matritsa elementlarini ajratib massiv adresini aniqlab, va CTRL+Shift+Enter tugmalarini barobar bosamiz *(rasmlarda bu jarayon ko’rsatilgan). Natijada A-1 teskari matrisa elementlari hosil bo'ladi.

7- rasm

4. A-1 teskari matrisa elementlarini b vektor elementlariga ko'paytiramiz.


Ushbu amallarni bajarish natijasida koordinatalari sistemaning echimlari bo'lgan X vektor topiladi.

    1. A-1 teskari matritsa elementlarini ajratamiz.

    2. Ctrl tugmasini bosgan holda B vector elementlari keyin hisoblanishi kerak bo’lgan X vector elementlarini ajratamiz.

    3. “Вставка функции” (fx) piktogrammasini bosib muloqot oynasining kategoriyalar bo’limidan matematika, keyingi darchadan МУМНОЖ funksiyasini tanlab OK tugmasi bosiladi.

    4. Oldin A matritsa elementlarini sungra b massiv elementlarini belgilab Ctrl+Shift+Enter tugmalari baravar bosiladi.


8- rasm
XULOSA

Hozirgi kunda har bir yetuk mutaxasis bo’lishni istovchilar albatta zamonaviy axborot texnologiyalardan habardor bo’lishi, yangi texnologiyalardan samarali foydalana olishini bilishi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham ish yuritishda kompyuter savodhoni bo’lish zarur hisoblanadi.


Yuqoridagi ma’lumotlarda biz MS Excel amaliy dastur paketining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda misol va masalalarni yechish qulay va tez bajarilishini, shuningdek, hisob kitob ishlarining qanday bajarilishi katta ahamiyatga molik ekanligini qisqa misollarda bo’lsada, aks ettirishga harakat qildik. Asosiy mavzu Excel elektron jadval dasturi yordamida amaliy masalalarni yechish haqida bo’lsa ham, boshqa toifadagi qo’shimcha misollar, hisoblashlar, grafiklar va diagrammalar qurish va ularning bajarilishish ketma ketligi tartibi bilan ko’rsatib o’tilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida biz Excel dasturining bir qismini o’rgangan bo’lsakda, uning imkoniyatlari qanchalik kengligiga guvoh bo’ldik va Excel dasturi hisob kitoblarni aniq, tushunarli bajaribgina qolmay, undagi imkoniyatlar foydalanuvchilar uchun ko’plab qulayliklar va ish samaradorligining yanada oshishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:




  1. Yüklə 0,78 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin