Bilimlarga asoslangan tizimlar ko'proq formal fikr yuritish kerak bo'lgan
hollarda
yaxshi natija beradi;
• hech bo'lmaganda, o'z bilimlarini shakllantirib, ularni masala yechishdagi
usullarini asoslab bera oladigan bitta bo'lsa ham ekspert bo'lishi kerak.
ET larni quyidagi masalalarni yechishda qo'llash maqsadga muvofiq emas:
1.
Oddiy matematik usul bilan, formal o'zgartirish va protsedura
tahlili
yordamida yechiladigan masalalarda;
2.
Aniqlash masalalarida, chunki ular raqamli usullar yordamida
yechiladi;
3.
Yechimi haqida ma'lumot bo'lmagan masalalarda.
Ekspert tizimlardan foydalanish
Hatto, hozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan
ekspert tizimlar, odam ekspertga nisbatan ma'lum chegaralanishga ega.
1. Ko'pchilik ET foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas. Agar
siz bu tizimlar bilan avvaldan ishlamagan bo'lsangiz, unda siz katta
qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Ko'pchilik
tizimlar faqatgina bilimlar
bazasidan yaratuvchi ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin.
2.
Odatda bu tizimlarda qo'llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni
olishni qiyinlashtiradi. Masalan, MYCIN tizimidan foydalanmagan vrach, tizimdan
foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo'lishi mumkin (ko'pgina hollarda
shunday bo'ladi).
3.
Ekspertiza seansidan keyin tizimni ishlata bilish darajasi o'zgarmaydi.
4.
Ekspertlardan
olingan
bilimlarni
mashinada
effektiv
holda
ishlatadigan ko'rinishga keitirish haligacha muammoligicha qolmoqda.
5.
ET larni o'qitish mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy
mushugi maxsus o'rgatmasdan ham oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh
bolaning idishdagi suvni ustiga ongli holda to'ka
olmasligi tabiiy holdir, lekin
Komp’yuter klaviaturasiga kofeni to'ka boshlasangiz,
uning klaviaturani tortib
olishga «aqli» yetmasligi aniqdir.
6.
ET larni katta predmet sohada qo'llab bo'lmaydi. Ulardan
foydalanishda ekspert bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi
mumkin bo'lgan kichik predmet sohalar bilan chegaralangan.
7.
Ekspertlar bo'lmagan soha (masalan, astrologiya) da ET lardan
foydalanib bo'lmaydi.
8.
ET larni faqat kognitiv masalalarni
yechish uchun jalb qilish
maqsadga muvofiq. Tennis, velosiped poygasi ET uchun predmet soha bo'la
olmaydi, lekin bu tizimlarni futbol komandalarini tahrirlashda ishlatish mumkin.
9.
Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o'xshash masala
bo'lmasa, inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi.
10.
Yechim ming xil hodisa va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan
o'zgaruvchilarga bogiiq bo'lsa, bilimlarga asoslangan tizimlar to'liq
tahlil uchun
yaroqsiz ekanligi kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma'lumotlar bazasi
interfeysini ishlatgan ma'quldir.
Dostları ilə paylaş: