Imzo
Sana
Bet
TDTU OF 60712100-Metallurgiya. Rudalarni qayta
ishlashga tayyorlash. 1Bs-22 Мet. Mustaqil ish. 2023.
ass. Jalolov B.A.
Ba ja rdi
Tekshirdi
F.I.O.
Rahmonova X.N.
Hozirda shixta tayyorlashning ikkita usuli keng qo‘llanib kelinmoqda. Bular
mexanik va kimyoviy usullardir. Mexanik usulga quyidagi jarayonlar majmui kiradi:
1. Rudalarni, kvarsli fluslarni, qaytar ashyolarni tarkibida misga boy bo‘lgan
konverter toshqollari bilan maydalash va yanchish.
2. Xomashyolarning yirikligiga qarab saralash yoki g‘alvirlash.
3. Rudalarni boyitish.
4. Ashyolarni va materiallarni saqlash hamda ularni joylashtirish.
5. Shixta qorishmasini tayyorlash.
6. Shixta qorishmasining namligini qochirish yoki namlantirish. Ayrim
jarayonlarga namli yoki o‘ta namli shixta talab qilinadi.
7. O‘ta mayda shixta birikmalarini yiriklashtirish.
Mexanik tayyorlash mobaynida xomashyolar
yoki shixtaning elementar
mineralogik tarkibi o‘zgarmaydi. Faqat uning tarkibidagi ajra -tib olinishi kerak
bo‘lgan ma’danlar bilan nokerak tog‘ jinslari orasidagi nisbat yoki uning qumoqligi,
mayda-yirikligi hamda namligi o‘zgarishi mumkin. Kimyoviy usul esa ashyolarning
kimyoviy va fazali tarkibining o‘zgarishi bilan boradi. Kimyoviy usul bilan
tayyorlash deyilganda, ko‘proq pirometallurgiya jarayoni, ya’ni sulfidli ashyolarni
oksidlovchi kuydirish yo‘li bilan pechlarda eritish yoki gidrometallurgiya usuli bilan
tanlab eritishga tayyorlash tushuniladi. Mis ashyolarini tayyorlash, ulardan vaqtida
o‘rtacha namuna olib, zaxirada ma’lum miqdorda
ushlab turish shixta
tayyorlashning asosiy omillaridan biridir. Zaxirada xomashyoning hech
bo‘lmaganda 20–30 kunga yetadigan miqdorda bo‘lishi, nafaqat korxona eritish
agregatlarining bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi, balki rejadagi misni va
qimmatbaho metallarni olishga sarf qilingan xarajatlarni qoplashga olib keladi va
ishlab chiqarishning unumdorligini oshiradi. Shixta qorishmasini tayyorlash ombori
bir qancha zovurlardan hamda shixta uchun mo‘ljallangan bo‘linmalardan iborat
bo‘lib, ularga shixta qorishmasi alohida yuklanadi. Kerak bo‘lganda osma yuk
ko‘targich mashinalar yordamida ashyo olinib, xampalar (bunker) orqali shixta
uzatkich tasmaga, undan so‘ng shixta qorishmasi uchun mo‘ljallangan xampaga
yuklanadi. Shixta qorishmasining sifatli tayyorlanishi
va yaxshi aralashtirilishi
metallurgik jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Umuman, jarayonning borishi
davomida misning kam yo‘qolishi, unumdorlikning ortishi, jarayonning bir tekisda
bo‘lishi shixta qorishmasining tayyorlanishiga bog‘liq. Shixta qorishmasini
tayyorlash, saqlash hamda jarayonga uzatish mexa-nizatsiyalashgan qatlamli shtabel
orqali xomashyo omboriga olib boriladi. Mexanizatsiyalashgan shixta saqlanadigan
va jihozlangan joy yopiq omborxonadan iborat bo‘lib, shixta qorishmasini uzatish,
saqlash va jarayonga yetkazib berishga mo‘ljallangan uskunalar bilan jihozlangan
bo‘ladi. Har bir bo‘limga ashyolar qatlam holida, uloqtiruvchi aravachalar orqali