Tishli plankali g‘altakmola 6,0-8,0 km/soat ish tezliklarida dalalar yuzasiga kam energiya sarflangan holda talab darajasida sifatli ishlov berilishini ta’minlashi uchun ular disklarining diametri 39,38-40,06 sm, o‘rnatiladigan plankalar soni 10 dona va unga beriladigan tik yuklanish 0,83-0,86 kN oralig‘larda bo‘lishi lozim. Bunda tuproqning uvalanish darajasi 80,48-82,03 % ni, 10-20 sm qatlamlardagi tuproqning zichligi 1,12-1,18 g/sm3 ni va g‘altakmolaning tortishga solishtirma qarshiligi 214 – 239 N/m ni tashkil etadi.