O’ta charchash hosqichi - organizmda kuzatilayotgan yutuqlarga ko’ra bosqich xavotirli bosqichga yaqin. Bunda odatda organizm kasallanadi.
Chet el mualliflari asosan ijtimoiy, psixik va fiziologik stress shakllarini ajratadilar. Ulaming fikricha, ijtimoiy stress asosida shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy yashash sharoiti yotadi. Ijtimoiy ziddiyatlar doimiy o’ziga ishonmaslik va keskinlikni yuzaga keltiradi.
Yuksak hislar
Hissiy jarayonlaming har xil shakllari normal odamda alohida, yakka holda mavjud bo’lmaydi. Yuzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. Yuksak hislar o’z tarkibiga birinchi soddaroq ko’rinishdagi turli hislami oladi.
Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislami qaysi birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislaming muhim turlari: praksik , axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi.
Praksik hislar. Inson amaliy bayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo’lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e’tirof etadigan yoki inkor qiladigan maqsadlarga erishish yo’llarini baholaydigan ta'sir qilish usullari va ko’lamlarini ma'qullaydigan va ma'qullamaydigan, ulami to’g’ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Mehnat inson hayotining asosi bo’lib, insonning mehnatga bo’lgan hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o’rinni egallaydi,