Manba: Osnovnыe pokazateli razvitiya turizma v 2015 godu. WTO.
8
Hozirgi vaqtda xalqaro turizmning mintaqalar bo‘yicha rivojlanishini quyidagi
15.1-jadvalda kuzatishimiz mumkin.
Dunyo turizmida Fransiya, Ispaniya, AQSH, Italiya, Buyuk Britaniya, Xitoy
mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. CHet eldan mehmonlarni qabul qilish soni
bo‘yicha yetakchilik bir necha yillardan buyon Fransiya tomonidan saqlab
kelinmoqda. Hozirda Fransiyaga dunyo bo‘yicha xalqaro turizmga chiqqan
sayohatchilarning 10 %idan ortiqrog‘i kelmoqda! Fransiya turistlarni qabul qilish
bo‘yicha yetakchilikka erishgan bo‘lsa-da, turizmdan daromad olishda yetakchilik
AQSHga tegishliligicha qolmoqda. Hozirda AQSH dunyo bo‘yicha xalqaro
turizmdan olingan daromadning 10 %idan ortig‘ini oladi. Shuningdek, AQSH ichki
turizmning o‘zidan har yili 300 mlrd. dollarga Yaqin daromad olmoqda.
8
Jadval mualliflar tomonidan World Tourism Organization ko‘rsatkichlari asosida tuzildi.
124
Tayanch iboralar
Tinch Okeani turizmi, mamlakatlari, sotuvlar sohasi, , turmahsulot
iste’molchilari, turistik eksport, import,iqtisodiyoti, xalqaro aloqalari, iqtisodiy
aloqalari.
Nazorat savollari
1. Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi turistik mamlakatlar.
2. Mamlakatga turistlarning tashqi oqimi.
3. Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik.
4.Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi turizmining rivojlanish dinamikasi.
125
16-bob. JANUBIY OSIYO MINTAQASI TURIZMI GEOGRAFIYASI
16.1.Janubiy Osiyo mintaqasining gografik joylaShuvi
16.2. Janubiy Osiyo mintaqasi xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qilishi
Dostları ilə paylaş: |