F. R. Abduraxmonov



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə19/52
tarix26.12.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#197293
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
enbbb

Psixologik jarayonlar - psixologik faoliyatning murakkab ko‘rinishini tashkil etuvchi psixik hodisalaming elementlari hisob­lanadi. Ular juda qisqa vaqt davom etadi. Insondagi psixologik ja- rayonlarga sezgi, idrok, hissiyot iroda,diqqat, xotira, tafakkur va boshqalar kiradi.
Psixologik holatlar - bu murakkab va uzoq davom etadigan ja­rayondir, ular bir qancha kun yoki bir qancha hafta davomida davom etishi, ya’ni shu jarayonni davomiylikda sodir bo‘lishi mumkin. Bu- larga insondagi tetiklik, so‘lg‘inlik, ishga layoqatlilik yoki charchoq holati, tez jahli chiqishi, parishonxotirlik, yaxshi yoki yomon kayfi- yatni bo‘lishi kabilar kiradi.
Shaxsning psixologik xususiyatlariga - insonga xos indi­vidual - psixologik jarayonlar kiradi. Bunga shaxsning indivi­dual - psixologik jarayonlari, qiziqish va ishonchlari, bilimlari, malakalari,odatlari, temperamentlari, qobiliyatlari, xarakterlari va shu kabilar. Bu insonga butun umrga beriladi yoki ma’lum bir davr davomida yuz berishiga olib keladigan hodisa hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati davomida mana shu yuqorida ko‘rsatilgan psixologik holatlarda bo‘ladi. Inson nimaiki ishni bajarmasin undagi psixik jarayonlar uni maqsadi sari yetaklaydi. Xuddi shunday kasb tan­lashda ham shunday jarayonlarni inson o‘z boshidan kechirib boradi.
Kasb tanlashda ta’lim muhitining o‘rni va ahamiyati. Kasbiy layoqat va psixologik xavfsizlik. Kasb tanlash (проф.отбор)
Kasb tanlash jarayonida yoshlarda sodir bo‘ladigan o‘ziga xos jarayonlar bu undagi jismoniy va ruhiy o‘zgarishlarda, o‘zidagi o‘zgarishlar asosida o‘zini katta inson bo‘lib borayotganini bilib borishi, atrofdagilami unga nisbatan kattalardek munosabati va shu kabi jarayonlar insonni endi o‘z hayotini qurish uchun kasb tanlashiga olib keladi. Kasb tanlash uchun esa unga bilim va ma- lakalar juda zarurdir. Kasb tanlayotgan inson o‘zining psixologik jarayonlarini va psixologik xususiyatlarini boshqarishi va ulardan foydalanishi zarur bo‘ladi. Deylik, tikuvchilik yoki to‘quvchilik kasbini o‘zlashtirib borayotgan yosh inson o‘zida shu kasb talab qi- ladigan psixologik jarayonlarni rivojlantirishi va unga tayyor turishi kerak bo‘ladi. Tikuvchilikda psixologik jarayon sifatida dizaynga mos keladigan muhim psixologik jarayonlar talab qilinadi. Bu sez- girlik, didlik, diqqatini o‘sganligi, hayolini rivojlanganligi, ya’ni tasavvurlari chuqur va kengligi kabi ko‘plab psixologik jarayonlar kerak bo‘ladi.
Shaxsning o‘zi tanlagan kasbiga layoqatligi uni kelajagini ta’minlanganligini ko‘rsatadi. 0‘z ishiga layoqatli inson umiri bo‘yichao‘zigakerakbo‘lgan ko‘pginanarsalargaegabo‘ladi. Layo- qatsiz inson esa o‘zini hayotini qurishga imkoniyati bo‘lmaganidan ko‘pgina hollarda qiyinchiliklarga yo‘liqadi.
Kasbga layoqatlikni shaxsda ikki yo‘nalish bo‘yicha muhokama qilish mumkin; biri kasbni muvaffaqiyatli egallash orqali, ikkin- chisi insonni o‘zini mehnatidan qoniqishi orqali. Bu ko‘rsatilgan ikki tomon ham nisbiy bo‘lib, u subyektivlikni ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan shu ikkala yo‘nalish kasbiy layoqatlikni psixologik xarakteristikasini beradi.
Insonni tabiiy xususiyatlari juda katta, shuningdek cheksiz egi- luvchanlik imkoniyatlarini beradi. Inson kasbning juda ko‘p ko‘rinishlariga moslashishi mumkin, va uni subyekt sifatida qondiri- shi ham mumkin. Inson egallay olmaydigan kasb juda kamdir. Kasb­ga tayyorgarlik va keyingi faoliyat har xil tarzda kechishi mum­kin, bular undagi xususiyatlardan kelib chiqib davom etadi. Eng muhimi va zaruriy tomoni bu kasbiy yo‘nalganlik bo‘lib, unda ijobiy kasbiy motivatsiyalar muhim rol o‘ynaydi.
Takrorlash uchun savollar

  1. Kasbga yo‘naltirishda ta’lim muhiti va va shaxs imkoniyatlari.

  2. Psixologik jarayonlar va psixologik xususiyatlar.

  3. Kasb tanlashda ulaming о‘mi va ahamiyati. Kasbiy layoqat va psixologik xavfsizlik. Kasb tanlash (проф.отбор)

  1. Kasbga yo‘naltirish va ta’lim jarayoni ishtirokchilarining psixologik, fiziologik salomatligi

Kasbga yo‘naltirish va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tushun- chasi va uning sharxi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga kasbiy maslahat, kasbiy saralash, kasb tanlash masalalari bo‘yicha yo‘nalishlar berish
0‘qituvchi o‘z tarbiyalayotgan o‘quvchilarga ta’lim berib borar ekan, shu bilan birga ulami kasb tanlashlariga ham yordam beradi. Biz- ga ma’lumki, maktabning kelajakda kasb tanlashga imkoniyati bo‘lgan yoshlarga ta’lim berishdan iborat asosiy vazifasi - bu o‘quvchilaming fan asoslarini faol, ongli, mustahkam va tizimli ravishda egallashini ta’minlashdir. Bular asosida o‘qituvchi o‘quvchilarga ma’lum bir kasblami tanlashlari uchun tavsiyalar berib boradi.
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari - bu o‘qituvchi va o‘quvchi hisob­lanadi. Bu yerda ta’lim bemvchi pedagogni va ta’lim oluvchi o‘quvchi nazarda tutiladi. Bular birgalikda ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisob­lanadi. Shuni ta’kidlash kerakki ta’lim olayotgan o‘quvchi va ta’lim bemvchi o‘qituvchining o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlari va jismoniy imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Bular esa o‘z navbatida ta’lim olishga o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi. Bular haqida biz oldingi ma’mzamizda ham to‘xtab o‘tgan edik.
0‘qituvchi ta’lim berish davomida bolalaming iqtidoridan va qobi- liyati, qiziqishidan kelib chiqib, maktabdan keyingi uzuluksiz ta’limni qaysi yo‘nalishiga ta’lim olish uchun kirishlariga yordam beradi. Bu yerdan kasbiy maslahat bersh uchun o‘qituvchi o‘zi ham kasbiy masla­hat to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi kerakligi kelib chiqadi.
Kasbiy maslahat (профессиональная консультация) - bu lotin- cha so‘z bo‘lib, kasb turi, ko‘rinishi, konsultatsiya - bu maslahat degan ma’no kelib chiqadi. Kasbiy maslahat bu asosan yoshlarga kasblar haqida ilmiy asoslangan maslahat berish bo‘lib, u asosan yoshlarni qobiliyati, manfaatlari, qiziqishlari, intilishlari asosida kasb tanlashlariga yordam beruvchi sohadir. Kasbiy maslahat har bir kasb haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi, shuningdek kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar, mehnat faoliyati, kasbning ijtimoiy - iqtisodiy va sanitar - gigienik statusi, kasbga o‘qitish va insonga kasb qo‘yadigan talablar haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Bunda inson psixik xususiyatlariga, meditsina va jismoniy ko‘rsatgichlariga va kasbga mos kelmaslik to‘g‘risida ham ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Kasbiy maslahat - yosh davrlarga qarab, ma’lumot darajasiga qarab va unda ishtirok etayotgan o‘qituvchilariga, ota - onalaming ishtirokiga qarab muvafFaqiyatli chiqadi.
Ta’lim jarayoni va kasb tanlovchilarning psixologik, fiziologik salomatligi. Yosh davrlar psixologiyasi va kasb tanlash masa- lalari. Bolalarning fiziologik tuzilishi va ularning evoliyutsion davrlari. Kasb tanlashda bolalar taraqqiyot davrlari va ularning ehtiyojlari. Yetuk insonni tayyorlashda meditsina, psixologiya va falsafiy bilimlarning o‘rni.
0‘qituvchi o'quvchilarga ta’lim berish davomida ulami kasb tanlashlariga yo‘llanmalar berar ekan shuning bilan birga ulami psi­xologik va jismoniy salomatligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak bo'ladi. Kasb tanlovchi hisoblangan o‘quvchilar o‘zlarini ru- han va jismonan sog‘lom ekanliklarini meditsina ko‘rigidan o‘tib tasdiqlashlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari maktab psixologlari va shifokorlari har doim ulami kuzatib boradilar. Psixik xususi­yatlari yoshiga qarab rivojlanib borayotgan o‘quvchi o‘zidagi psixologik xususiyatlami kuzatish orqali o‘zgarib borishini bilib boradi. Boladagi diqqat,sezgi, fahm - farosat, xarakter, tafakkur qilish, qobiliyat va boshqa psixologik xususiyatlar o‘quvchining rivojlanib borishi bilan o‘zgarib, takomillashib boradi. Ayniqsa bu o‘smirlik davrida juda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
0‘sib borayotgan bolada jismonan o‘zgarishlar ham sodir bo‘lib boradi. 0‘quvchining jismonan imkoniyatlari ko‘payadi. 0‘zini va jismoniy kuchini boshqarish, tanasidagi o‘zgarishlami kuzatish orqa­

  1. o‘zida kattalarga o‘xshash tomonlar paydo bo‘lishini ko‘radi. Bu­lar esa uni psixologik jihatidan kattalardek tutishga, o‘zini ma’lum bir kasbda ko‘rishga intiltiradi. Umuman olganda o‘quvchidagi psixologik va jismoniy tomonlar asosan uning nerv - fiziologik to- monlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Insondagi yuz berayotgan psixologik va jismoniy o‘zgarishlar uning miyasi bilan, psixofiziologik jarayon­lar va nerv - fiziologik jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bular- ni o‘rgangan olimlar insonni kasbiga xos tomonlami ham ko‘rsatib berganlar. Insonni jismoniy va mhiy sog‘lig‘ini o‘rgangan olimlar qatoriga I.M. Sechenovni, I.P.Pavlovni va boshqa qator olimlami ko‘rsatish mumkin. Kasb bilan bog‘liq masalalar ko‘proq keyincha­lik K.M.Gurevich nomi bilan bog‘liqdir. K.M.Gurevich kasb ma­salasi bilan shug‘ullanar ekan insondagi individual - psixologik xu- susiyatlaming asosida psixofiziologik jarayonlar yotishini ko‘rsatib, I.P.Pavlov, B.M. Teplov olib borgan ishlarga suyangan holda tushun­tirib berishga intiladi.

0‘quvchini yoshi katta bo‘lib borgan sari undagi xarakter, odat­lar o‘zgarib boradi. Bu uning jismoniy va psixologik taraqiyoti bi­lan bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi vaqtda individual - psixologik farqlan- ishlar fundamental nazariy va amaliy eksperimentlarga asoslanadi. I.P. Pavlov tomonidan tashkil etilgan va В. M. Teplov tomonidan o‘rganilgan nerv tizimining xususiyatlari nazariyasi insondagi psixofiziologik tomonlarini asoslab beradi. Bu nazariya bir qancha kollektivlami ishi bo‘lib, B.M. Teplov va uning xodimlari bu ishni boshlagan bo‘lsa, uni V.S.Merlin kollektivi davom etdirdi, E.A. Kli­mov va boshqalar bu nazariyani har xil shaharlarda va chet elda o‘rganishni davom ettirdilar.
В. M. Tanlov ko‘rsatib o‘tganidek kasb tanlashdagi insonni har xil xatti - harakati, uning o‘ziga xosligi, uning ishonchi, qiziqi­shi, bilmi, layoqati, odati, o‘ziga xosligi shaxs psixologik hayoti bilan bog‘liq bo‘ladi. Insonda yuz berayotgan jarayonlaming psixologik va fiziologik tomonlarining asosi bu u yoki bu darajada sodir bo‘layotgan shartli bog‘lanishlar hisoblanadi. B.M. Teplov bir xil sharoitlarda ham insonlar bir - biridan ajralib turishini, ulami bilim olishida, ish bajarish- dagi psixo fiziologik imkoniyatlari har xil bo‘lishini ko‘rsatib o‘tdi. Bu jarayon I.P.Pavlov tomonidan nomlagan nerv tizimiga yoki oliy nerv faoliyatigabog‘liq bo‘ladi.

  1. P. Pavlov tasawuricha nerv tizimini uchta xususiyati mavjud. Bu uning kuchi, harakatchanligi va muvozanatligidir. Bular nerv tizimining xususiyatlari o‘zaro munosabatda insonga xos bo‘lgan 4 ta temperamentni shakllantiriadi. Bular sangvinik, xolerik, flegmatik va melanxolik tiplardir. Bular esa insodagi jismoniy va psixologik ja- rayonlarda, ulaming holalarini tushuntirib berishda katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Bu kabi ko‘plab tadqiqotlarda kasb tanlovchining psixologik va jismoniy sog‘lomligi masalasi ko‘rilgandir.O‘qituvchi o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lganida uning psixologik va fiziologik holatla- rini ham o‘rganib boradi. Tanasi sog‘ va mhi sog‘lom bo‘lgan o‘quvchi o‘zi tanlayotgan kasbni aniq va irodasiga asoslanib tanlab oladi.
Yosh davrlari o‘ziga xos bo‘lgan psixologik va jismoniy tu-zil- ishni olib keladi. Kasb tanlashda bolalami yoshiga asosan o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kasbga bo‘lgan munosabati shakllanadi. Bu sohada avvaldan ham inson­lami ma’lum bir yoshiga qarab ajratishlar bo‘lgan. Deylik Qadimgi Xitoyda shunday klassifikatsiya qilingan:

  • Yoshlik davri (20 yosh)

*Nikohga kirishish davri (30 yoshgacha)
*Ijtimoiy vazifalami bajarish yoshi (40 yoshgacha) *Yanglishganligini bilish yoshi (50 yoshgacha)
*Ijodiy hayotning oxirgi davri (60 yoshgacha)
*Istagan yoshi (70 yoshgacha)
*Qarilik davri (70 yoshdan katta)
Inson bilimining har xil yo‘nalishlarida: pediatriyada, antropologi- yada, psixologiyada yoshiga qarab klassifikatsiya qilishning har xil ko‘rinishlari mavjud. Inson hayotini differensiatsiyalashga qarab asosan uning har xil ko‘rinishlaridan foydalanamiz.
Eramizdan awal VI asr - Pifagor klassifikatsiyasi:

  • Shakllanish davri (0 - 20 yosh)

  • Yoshlik davri (20 - 40 yosh)

  • Kuchga kirgan davri (40 - 60 yosh)

  • Qarilik davri (60 - 80 yosh)

Xuddi shuningdek kasb tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab klassifikatsiyalar mavjuddir. Deylik, D.Syuper klassifikatsiyasi.

  1. 0‘sish davri (tug‘ilgandan to 14 yoshgacha)

  2. Izlanish davri (15 yoshdan 24 yoshgacha)

  3. Egallagan martabasini mustahkamlash (25 dan 44 yoshgacha)

  4. Egallaganlarini saqlab qolish (45 dan 64 yoshgacha)

  5. Inqiroz davri (65 dan keyingi davri)

Kasb tanlash bilan bog‘liq davrlarga suyangan E. A. Klimov bo‘yicha kasb klassifikatsiyasi. Bunda E.A. Klimov to‘qqizta fazani ko‘rsatadi. Bular:
Shakllanmagan kasb tanlash - bunda bolalarda ma’lum bir kasb­ga nisbatan qiziqish va havas ortadi.
Tanlash fazasi-bunda inson kasb tanlashga tegishli masalalar bilan bevosita shug‘ullana boshlaydi yoki bu majburish tarzda yuz beradi. Muxlislik fazasi - bunda inson kasb tanlash yo‘liga o‘tadi va
uni egallaydi (bunda kasb - hunar kollejlari, litseylar, maktablarda o‘qiyotgan talabalar va oliygohlarda kasbni egallab diplomga ega bo‘Igan mutaxassislar kiradi).
Moslashish fazasi - yosh mutaxassis kollektiv me’yorlariga mosla- shadi va har xil kasbiy vazifalami bajaradi.
Internal faza - bu endi malakaga ega bo‘lgan o‘z kasbini sevuvchi, mustaqil ravishda kasb bilan bog‘liq masalani yecha oladigan shaxs.
Usta bo‘lganlik fazasi - bunda ishchi oddiy va eng murakkab kasb­ga xos bo‘lgan masalalarni yecha oladi. U o‘ziga xos individual, qay- tarilmas faoliyat turini egallagan bo‘ladi.
Avtoritarlik fazasi - Avtoritet - bu o‘z kasbini ustasi, nomi chiqqan mutaxassis hisoblanadi.Kasbiy vazifalami bajarishda malakaga, bi- limga, uddalay olishga, ishni tashkil eta olish bilan bog‘liq bo‘lgan yordamchilarga ega bo‘lgan shaxsdir.
Shogirdlar yaratuvchi faza- o‘z kasbida usta bo‘lgan bu inson sho- girdlar ottira oladi va hamfikrlarga ega bo‘la oladi.
Kasb tanlashda yana shuni bilish kerakki bolalami jismoniy tuzili- shi va o‘sib borishining evolyutsion davrlari mavjud. Shulardan kelib chiqqan holda bolalar o‘zlari yoqtirgan kasblami tanlab boradilar.
Takrorlash uchun savollar
Kasbga yo‘naltirish va ta’lim jarayoni ishtirokchilari tushunchasi va uning sharhi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga kasbiy maslahat, kasbiy saralash, kasb tanlash masalalari bo‘yicha yo‘nalishlar berish.
Yosh davrlar psixologiyasi va kasb tanlash masalalari. Bolalaming fiziologik tuzilishi va ulaming evolyutsion davrlari.
Kasb tanlashda bolalar taraqqiyot davrlari va ulaming ehtiyoj lari.
Yetuk insonni tayyorlashda meditsina, psixologiya va falsafiy bilim- laming o‘mi.

  1. Kasb psixologiyasi fani va ta’lim muhitida psixodiagnostik faoliyat Kasb psixologiyasi fani, ta’lim muhiti va psixodiagnostik faoliyat

Insonni kasb tanlashida, uni shu kasbni egallashida va keyincha- lik nafaqaga ketishida kasb psixologiyasini o‘mi va ahamiyati kat- tadir. Ayniqsa yoshlami o‘zlari yoqtirgan kasblarini egallashlarida, shu kasbga xos bo‘lgan layoqatlari borliklarini bilib olishlarida, shu kasbga tayyorgarlik ko‘rishlarida kasb psixologiyasining o‘mi juda kattadir. Kasb psixologiyasi inson va kasb o‘rtasidagi yuz beradigan psixologik jarayonlarni, psixologik sharoitlami va insonga tegishli bo‘lgan psixologik xususiyatlami o‘rganib borib yoshlarga o‘z tavsi- yalarini beradi. Shuning uchun ham kasb psixologiyasining inson hayot faoliyatidagi o‘mi juda kattadir.
Kasbga tayyorlashda ta’lim tizimining va jamiyat yaratayotgan muhitning o‘mi ham juda katta hisoblanadi. Ta’lim muhiti bu yosh­lami yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishlariga sharoitlar yaratadi. Ta’lim muhitini yaratilishi ko‘plab yaxshi kadrlami, ya’ni bilimli, malakali, odamlar va texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarishga o‘z ulushi- ni qo‘sha oladigan, intizomli, halol ishlaydigan, jamiyat manfaatlarini o‘zining manfaatlari bilan qo‘shib olib bora oladigan, keng dunyoqa- rashga ega bo‘lgan, insonlami, zamondoshlarini o‘ylaydigan, ahloqli va estetik bilimlami o‘zida mujassamlantirgan shaxsni shakllantiradi. Bunday insonni shakllantirish juda ko‘p vaqtni talab qiladi. Jamiyatda har bir shakllanayotgan shaxsni qanday kasbni egallashga va unga bo‘lgan layoqati inson uchun bilishi zamr bo‘lgan manfaatlardan biri hisoblanadi. Bunday imkoniyatni esa kasbiy psixodiagnostika beradi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin