Namangan Davlat Universiteti 1-sonli Talabalat turar joyida sportning mini-futbol turi bo’yicha tashkil etilgan “Navruz kubogi” starti to’g’risidagi
BAYONNOMASI Joriy yilning 14-mart sanasida Namangan davlat universitetining 1-sonli Talabalar turar joyida professor-o’qituvchilar o’rtasida mini-futbol sport turi bo’yicha “Navruz” kubogi musobaqasiga start berildi.
Dastlab 13 ta fakultet o’rtasida o’tkazilishi rejalashtirilgan jamoalar o’rtasida qur’a tashlandi. Qur’a tashlash marosimi shaffofligini Namangan Davlat Universitetining har bir fakultetidan sardor sifatida qatnashgan 1 kishi, har bir fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari hamda futbolga ishtiyoqi bor bo’lgan aksariyat talabalar va professor-o’qituvchilar bevosita kuzatib borishdi.
Jamoalarga tashkilotchilar tomonidan musobaqani yuqori va ko’tarinki kayfiyatda o’tkazish, o’yinda jamoalar o’zaro bir-biriga hurmat va o’yin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o’ynashi ta’kidlanib, yo’riqnomalar va umumiy mini-futbol qonun-qoidalari tushuntirib o’tildi. Qur’a natijalariga 3-o’yinda Jahon tillari hamda San’atshunoslik fakultetlari o’zaro bellashishdi.
Mazkur uchrashuvda Jahon tillari fakulteti nomidan A.Sobitov, A.Soataliyev, B.G’apporov, Sh.Abdullayev va N.Yusupovlar munosib ishtirok etishdi. Mazkur uchrashuv penaltilar seriyasida San’atshunoslik fakulteti jamoasining qo’li baland kelishi bilan yakunlandi. O’yin juda shiddatli va tomoshabopligi bilan ajralib turdi va yakunda jamoalar bir-birlariga chiroyli o’yin uchun rahmat aytishdi hamda keyingi bosqich oldidan omad tilashdi.