Jisman barkamollik – tarixan o‘zgarib turadigan har qanday tarixiy davr uchun o‘zining ideal tasnifiga ega bo‘lgan tushuncha tarzida turlicha talqin qilingan, chunki bu idealda aholining iqtisodiy sharoiti, ijtimoiy hayoti dunyo qarashi ifodalangan. Lekin asrlar davomida jismoniy barkamol avlod tarbiyasi mavjud jamiyatda oboektiv imkoniyatlar va sharoitni yuzaga kelmaganligi sababli, abstrakt g‘oyaligicha qolib real haqiqatga aylanmay qolgan.
Jismonan barkamollik salomatlikning me’yori va har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni darajasi haqidagi tarixan shakllangan tasavvur, ular mehnat, jamoatchilik, harbiy va odamlarning ijodkorlik faoliyatlarini uzoq davom etishi talablariga nisbatan optimal javob beradi.
Jismoniy kamolot shaxsni garmonik rivojlantirishda aniq ma’no va ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Faqat jisman kamolotga erishish uchun bajarilgan faoliyat pedagogik jarayon davomida bir tomonlamalikga olib kelishi amaliyotda isbot-langan. Faqat jismoniy mashq bilan shug‘ullanish, jismonan kamolot sari yo‘l olsada, bir tomonlamalikga etaklaydi, uni garmonik tarbiya elementlari – ma’naviy, maorifiy axloqiy, ruhiy, estetik mehnat tarbiyasini olishdan uzoqlashtiradi.
Maqsadning umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir. Ko‘rsatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug‘ullanuvchilarning yoshi, sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligi, shug‘ullaniladigan kasbi hisobiga olinadi va jismoniy tarbiyada konkret vazifalar hal qilinadi:
a) odam organizmining forma funksiyasini garmonik rivojlantirish, jismoniy qobiliyatini har tomonlama kamolga etkazish, sog‘ligini mustahkamlash va jamiyat aozosini uzoq umr ko‘rishini taominlashga yo‘nalish berish;
b) hayotiy zaruriy harakat malakalarini va ko‘nikma-larini, kundalik turmushda kerak bo‘ladigan jismoniy mada-niyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish;
v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismo-niy sifatlarni tarbiyalash;
Inson jismoniy tarbiyasi maqsad va vazifasi uning boshqa tarbiya jarayonlari bilan bog‘liqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik oboektiv xarakterda bo‘ladi va jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yo‘nalish beradi.