3
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Ta’kidlash joizki, jismoniy tarbiya va ommaviy
sport turlarini rivojlantirish
bilan bir qatorda, sportimizni xalqaro mavqeini
ko`tarishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Yildan
yilga Respublikamizda
xalqaro va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarni o`tkazish an’anaviy tadbirlar
tarkibidan joy olmoqda. O`zbek sportchilari Osiyo,
Jahon va Olimpiya
musobaqalarida yuksak natijalarga erishib, yurtimiz shuhratini
jahon hamjamiyati
oldida namoyish etib kelmoqda.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk,
komil inson qilib
tarbiyalash doimo jamiyatimiz oldida turgan dolzarb va asosiy masalalardan biri
bo‘lib kelmoqda. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab hukumatimiz rahbariyati
diqqat- e’tiborini muntazam ravishda yosh avlod tarbiyasiga qaratib kelmoqda. Shu
boisdan ham “Ta’lim to‘g‘risida”gi
1
, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi
2
qonunlar qabul qilinishi, “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini
tuzish to‘g‘risida”gi farmoni fikrimizning yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotining barcha sohalarida: iqtisodiyot,
ijtimoiy-siyosiy fan va texnika, ma'naviyat va ma'rifat, jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishda erishgan ulkan g‘alabalari bilan jahon xamjamiyatida o‘zining
munosib o‘rnini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 13-fevraldagi
PQ-3031-son “2019-2023-yillar davrida, “jismoniy
tarbiya va sportni yanada
takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston
Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 118-son qarori xamda boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarda
belgilangan strategik vazifalarini amalga oshirishda
ushbu dissertatsiya muayyan
darajada xizmat qiladi.
O‘quvchi yoshlarni tarbiyalashda uzluksiz ta'lim tizimi, maktab, maktabdan
tashqari muassasalar muhim ahamiyatga ega.
1
“Ta’lim to’g’risidagi qonunning yangi tahririr 2020 yil T
2
Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri 2015 T
4
Yoshlar tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportga jalb etish jismoniy tarbiya
darslarida, darsdan tashqari mashg‘ultlarda, maktabdan
tashqari muassasalarda
bolalar va o‘smirlar sport maktablarida olib borilayotgan trenirovka mashg‘ulotlari
asosiy o‘rinni egallaydi.