1.QO’SHMA GAP QISMLARINI BOG’LOVCHI VOSITALAR
1.Qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo’shma gap qismlari deb nomlanadi. 2.Qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladigan vositalar bog’lovchi vositalar deyiladi. 3.Qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun quyidagi vositalar xizmat qiladi: a) bog’lovchilar – teng bog’lovchilar va ergashtiruvchi bog’lovchilar; b) bog’lovchi vazifasidagi vositalar: -bog’lovchi vazifasidagi yuklamalar -bog’lovchi vazifasidagi bo’lsa, esa, deb so’zlari -nisbiy so’zlar -ko’makchili qurilmalar: shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois -fe’lning -sa shart mayli qo’shimchasi c) ohang 4.Qismlarining qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra qo’shma gaplar 3 guruhga bo’linadi: a) bog’langan qo’shma gaplar b) ergashgan qo’shma gaplar c) bog’lovchisiz qo’shma gaplar
Bog‘langan qo‘shma gapning ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan mazmun, odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi., biri ikkinchisini izohlamaydi. Ammo qo‘shma gap qismlari mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan yoki bir turdagi tushunchalarni ifodalaydi. Qo‘shma gap qismlari umumiy bir fikrni, tushunchani, niyatni ifodalash uchun xizmat qiladi, shu bir tushunaning, niyatning elementlari sanaladi. Bunday semantik aloqa ayiruv munosabati deyiladi. Katta hovuzlardagi suvlarda ko‘lankalar va shu’lalar jim-jim o‘ynashadi, goh ko‘lankalar yonib ketadi, goh shu’lalarni ko‘lankalar yutadi. (O.) Ayiruv munosabatini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro ayiruv bog‘lovchisi va ba’zan, hali, bir kabi ayrim leksik elementlar yordami bilan bog‘lanadi.
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining biri ma’lum voqea, hodisa, holatning ro‘y berishiga sabab bo‘lgan voqea, holatini ikkinchi qism esa shu sabab asosida ro‘y bergan voqea, hodisa. Holatini ifodalaydi. Sabab-natija munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar o‘zaro biriktiruv bog‘lovchisi yoki –u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi. Bundan tashqari, intonatsiya, mantiqiy urg‘u va modal so‘zlar orqali ham sabab-natija munosabati ifodalanadi. Qiz yalt etib Jamolga qaradi-yu, yuragi hovliqib ketdi. (O.) Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan gaplarning so‘nggisi oldingi aytilgan gaplarning mazmuniga qo‘shimcha umumiy izoh bo‘ladi, ular oldingi gaplarning mazmuniga aloqador bo‘lgan yoki shu mazmundan kelib chiqadigan biror qo‘shimcha xabarni ifodalaydilar. Tarkibiy qismlarining o‘zaro semantik munosabatiga ko‘ra, bog‘langan qo‘shma qo‘shma gapning bu tipii ikki turga bo‘linadi: 1. Izohlash munosabatini ifodalaydi. 2. Qo‘shimcha ma’lumot berish uchun xizmat qiladi. Bog‘langan qo‘shma gapning izohlash munosabatini ifodalovchi guruhida qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan umumiy mazmunni izohlaydi yoki so‘zlovchining birinchi qismning mazmuni haqidagi fikri, bahosi, munosabatini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |