Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Meva–sabzavotchilik va texnologiya fakulteti “Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish “ ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Bobomurodov Sardor Sodiq o’g’lini “Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiyasiga tavsiya etish yuzasidan
F A K U L T E T T A Q D I M N O M A S I Bobomurodov Sardor Sodiq o’g’li 2000-yil 11-aprel Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanida tug’ilgan, millati o’zbek.
2007-2016 yillarda Jarqo’rg’on tumanidagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida tahsil olgan, maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan.
2016-2019 yilllarda Jarqo’rg’on Sanoat kasb-hunar kollejini ‘Transport vositalarni boshqarish va yuritish’ yo’nalishini qizil diplom bilan tamomlagan.
2020-yil Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining “5430100– Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish” ta’lim yo’nalishiga davlat grandi asosida o’qishga qabul qilingan. Hozirda Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakultetining mazkur ta’lim yo’nalishida 4-bosqich talabasi hisoblanadi.
Bobomurodov Sardor Sodiq o’g’li o’zining tengdoshlari orasida odob axloqi, mehnatsevarligi, tirishqoqligi, tashkilotchiligi va ilmga bo’lgan ishtiyoqi bilan ajralib turadi. U nafaqat institut miqyosida balki Respublika va viloyat miqyosida o’tkaziladigan tadbirlar va tanlovlarda ham muntazam ishtirok etib kelmoqda.
1. 2020-yilda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tomonidan “14-yanvar Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan o`tkazilgan bayram tadbirida filialning jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan;
2. 2020-yil Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti talaba yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtiroki uchun Faxriy yorliq bilan taqdirlangan;
3. 2021-yil Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institute fakultetlar o’rtasida o’tkazilgan “Milliy o’yinlar va Osh chempionati” ko’rik-tanlovida guruhimiz bilan birgalikda munosib qatnashganligi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan;
4. 2021-yil Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o’tqazilgan institut onlayn fan olimpiadasida ‘Fizika’ fanidan munosib qatnashib faxrli o’rin bilan taqdirlangan;
5. 2021-yilda Mental Arifmetika maxsus trenerlik kursini muvafaqqiyatli tamomlagani bo’yicha 5-darajali Sertifikat bilan taqdirlangan;
6. 2021-yilda “Ezgulikda birlashaylik 2021” respublika festivalida kreativ fikrlar bilan o’rtoqlashgan va o’zini faolligini ko’rsatgani uchun Sertifikat bilan taqdirlangan;
7. 2021-yilda “Respublika volontyorlar yoshlari” online konferensiyasida eng yaxshi delegat sifatida Sertifikat bilan taqdirlangan;
8. 2021-yil Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti “Quvnoqlar va zukkolar” direktor kubogi munosabati bilan fakultetlar o’rtasida bo’lib o’tgan o’yinda faxrli 2-o’rin bilan taqdirlangan;
9. 2021-yil dekabr oyida barcha fanlarni “a’lo” baholarga o’zlashtirganligi, institutimizning ma’naviy-ma’rifiy va jamoat tadbirlarida faol ishtirok etganligi, o`zining namunali xulqi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’la olgani uchun Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rahbariyati tomonidan otasi Baratov Sodiq Bobomurodovich Tashakkurnoma bilan taqdirlangan;
10. Iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash maqsadida Registon ta’lim loyihasi tomonidan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi hamkorligida Respublika miqyosida tashkil etilgan REGISTON STIPENDIYASI tanlovida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan;
11. 2022-yil Samarqand shaxrida bo’lib o’tgan Mental Arifmetika respublika ochiq olimpiadasida faxrli 1-o’rin diplom bilan taqdirlangan;
12. 2022-yil yanvar oyida ‘Hindiston E-ISSN” GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ). OAK tan oladigan bazalarda indekslanadigan xalqaro Impact factorli in Hindiston jurnalida chop etilgan;
13. 2022-yil aprel oyida “ISSUES OF INNOVATIVE DEVOLOPMENT OF SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY” International scientific and practical online conference Respublika OAK tasarrufidagi jurnalda chop etilgan;
14. 2022-yil dekabr oyida JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABLILITY (JARS) ( “Kombinatsiyalashtirilgan ichki qism bilan tuproqning deformatsiyalanish” maqolasi chop etilgan,
15. 2022-yil avgust oyida 9 ta viloyat ichida Termiz shaxrida bo’lib o’tgam Mental Arifmetika Xalqaro olimpiadasida trenerlar o’rtasida faxrli 1-o’rin va “Yilning eng kuchli treneri” Sertifikati bolan taqdirlangan
16. 2023-yil 3-4 iyul kunlari Turkiya davlati Antaliya shahrida 18ta davlat o`rtasida bo`lib o`tgan Mental Arifmetika jahon olimpiadasida 3 nafar shogirdi va o`zi olimpiadaga qatnashib, shogirdlari chempion va treneri “Eng yaxshi trener” sertifikati va ko`krak nishoni bilan taqdirlangan.