Bunday ruhdagi falsafiy g‘oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donish-
mandi Konfutsiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hik~
matlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta’limotida
umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o‘ziga
xos tarzda namoyon bolishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks
etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda mil-
liy g‘oyalar majmuyi, millatning mafkurasi sifatida odamlarning
ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. U hozir
gi Xitoyda ham o'zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi
— taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukm-
dori tomonidan yuborilgan. Jamiyat
hayotidagi tartibga qattiq
amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtayi nazariga ko‘ra,
ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgi
laydi. U, ya’ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binoba-
rin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi
lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyat-
laridan biridir. Konfutsiyning ta’kidlashicha, shaxs faqat o‘zi
uchun emas, balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfutsiy
ta’limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o‘rni nihoyatda ulug‘, u
o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko'rmasligi.
o‘ziga ravo ko‘rgan narsani boshqalariga ham ravo ko'rishi lozim.
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axlo
qiy
tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik g‘oyalari ta~
komilida muhim o‘rin tutgan. Bu ta’limot Xitoyda ikki ming
yil davomida davlat dini darajasiga ko‘tarilgan va xalq hayotida
muhim ahamiyat kasb etgan.
Qadimgi Xitoyning ko'zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-
Szidir (VI—V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra, olam, jamiyat va in
son hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta ’limoti
ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash
qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg‘unligi
abadiy-
ligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko‘ra, olamning asosini
tashkil etuvchi «Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, yer
va yog‘och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil
etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining
33
ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va o‘zgarmas, hara-
katsiz holda bo‘lishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ik
kinchi holatga o‘tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi
kurash, ya’ni In va Yan orasidagi munosabat — bizni o‘rab tur
gan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbayidir.
In va Yan
o‘rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayo
nida doimo yaxshilik tomonida turishi, o‘zini qurshab turgan ta
biat va atrofdagi olamga mehr ko‘rsatishi lozim. Bolmasa, Dao
qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-
Szi bu o‘rinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao
qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta
o‘ch oladi», degan edi Lao-Szi. Buni ekologik falokatlar avj olib
borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi.
Umuman, tabiat, jamiyat va insonga nisbatan ehtiyotkor mu-
nosabatda bolish, Ona zamin va
Vatanni asrab-avaylash, odamlar
o‘rtasidagi munosabatlarda yaxshilik tomonida turish — qadimgi
xalqlarga xos bolgan falsafaning bosh g‘oyalaridir. 0 ‘sha, hamma
narsa oddiy tushunilgan qadim zamonlardayoq buyuk aql egalari
odamlarni
tabiatni asrashga, insonni qadrlashga chaqirgani bejiz
emas. Ular'insoniyat hayotigaxavfsoladigan darajagayetmay turib,
u boradagi muammolarning oldini olish to‘g£risida juda ibratli
o‘gitlar bergan. Qadimgi dunyo falsafasini chuqurroq o‘rgangan
odam o‘sha davr mutafakkirlari hozirgi zamon sivilizatsiyasi qar-
shisida turgan barcha umumbashariy muammolardan odamlarni
ogohlantirganligining guvohi bolishi mumkin.
Gap bu ogohlan-
tirishni eshitish, ularni o‘zlashtirish va hayotning qonuniga aylan-
tirishda edi, xolos. Afsuski, odamzod nasli o‘zi yaratgan buyuk
daholarning barcha o‘gitlariga hamma vaqt ham quloq solaver-
magan. Ilm va fanda necha-necha kashfiyotlar qilingan, ammo
ulardan o‘z vaqtida kerakli tarzda foydalanilmaganiga ko‘hna tarix
guvoh. Bugun ham ajdodlarimizning Vatan, tabiat, jamiyatni as
rash, undagi tartib va qoidalarni buzmaslik to‘g‘risidagi da’vatlari
eskirgani yo‘q. Yillar, asrlar o‘tishi ularning qadrini tushirmaydi.
Zero, bu ta’limotlar insoniyatning o‘tda yonmas va suvda cho‘kmas
umuminsoniy qadriyatlari to‘g‘risidadir.
34