Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. Bu gipotezadan kelib
chiqadigan natijalarning mavjud faktlarga nomuvoflqligini
ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, bu gipotezaning mav-
qeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning
chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bolgan holatlar
aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning
Yerning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi
Kopernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid
kelganidan keyin rad etildi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, o‘rganilayotgan
hodisa
haqida bir vaqtning o‘zida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi
mumkin. Gipoteza tasdiqlanmaguncha o‘zining bilishdagi aha-
miyatini yo‘qotmaydi. Rad etilsa, o‘rniga
boshqa gipoteza qu-
riladi va bu hoi to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha,
ya’ni muammoning yechimi topilmaguncha davom etadi.
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan
bolishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juziy
gipotezalarni ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: