Tasawuf va uning tariqatlari.
Tasaw uf falsafiy oqim va diniy-
ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko‘pgina ichki sa
bablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning
ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neopla-
tonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo boldi. Tasaw uf uchun
vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turi-
shi, fano bolish, orif shaxsining Tangri taolo bilan ruhan bir-
lashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so‘fiylar deb ataganlar
va «so‘fizm» atamasi shundan paydo bolgan. Rasmiyatchilik,
aqidachilikni tasaw u f ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha,
iymon-e’tiqodning mohiyati Ollohdan boshqa narsaga muhtoj
bolm aslik, hech qanday mulkning quliga aylanmaslik, boriga
sabr-qanoat qilib yashashdir. Ollohga yetishish uchun qalbni pok-
lash, nafs balosidan ozod b o lish darkor. Ana shundagina inson
42
dili nur bilan toladi, nuqsonlarni boshqalardan emas, o‘zidan
izlaydigan darajaga ko‘tariladi, Haq sari yaqinlashadi, bema’ni
qarash va tushunchalarning qullik kishanidan o‘zini ozod qiladi,
Chunki inson qalbi hurdir.
Butun islom olamida keng tarqalgan tasavvufning yurtimiz-
dagi eng keng tanilgan yo‘nalishlari kubraviya, yassaviya, naqsh-
bandiya tariqat-suluklaridir.
Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro (1154—1226)
Xevada tugllgan, asarlari orasida «Sharxus-sunna val-masolix»,
«Usuli ashara», «Favoixul-jamol» kabilar mashhurdir. Kubraviya
tariqatining mohiyati o‘nta usulda mujassamlashgan. Bular — Tang-
riga o‘z xohishi bilan yuzlashish, zuxd fi dunyo — har qanday laz-
zatdan o‘zini tiyish, tavakkul — Ollohga e’tiqodi pokligi uchun bar
cha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat — xilvatni ixtiyor qilish,
mulozamat az-zikr — uzluksiz zikr, tavajjux — Haqqa muhabbat
qo‘yish, sabr — nafs balosidan ozod bolish, muroqaba — tafakkurga
g‘arq bolish, rizo — Tangri xushnudligini qozonishdan iborat,
Kubro mo‘g‘ullar bilan bolgan janglarda jasorat ko‘rsatgan va
shahid bolgan. Mo‘g‘ullar Kubroning nomi ulugligi, obro‘si ba-
landligini hisobga olib, unga ozod bolishi, omon qolishi mum-
kinligini, buning uchun esa qamal qilingan qal’adan chiqib ketishi
kifoya ekanini bildirgan. Ammo Kubro bunday jon saqlagandan
k o la , o‘z xalqi bilan birga yurt himoyasi yolida jon berishni afzal
ko‘rgan. Rivoyat qilishlaricha, ul zot qartayib qolganiga qaramay,
jangchilarga faol ko‘mak bergan. Buni ko‘rgan shogirdlaridan biri
«Ustoz, anchadan beri bayroq ko‘tarib charchadingiz, uni menga
bering», deganida, u «Agar kuchim bolganida qilich yoki kamon
olgan b o la r edim. Bayroqni bizga qo‘yingda, siz yo qilich yoki
nayza bilan yoglyga qarshi kurashing», degan ekan. U bayroqni
shunchalik mahkam ushlagan ekanki, halok bolganidan keyin,
qolidan bayroqni olishning iloji bolm aganidan, bir mo'g'ul Kub
roning q o lin i kesib olgan ekan.
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy (П66-
yilda vafot etgan). Turkistonning Sayram n uzofotida tugllgan,
mashhur m utasaw if Yusuf Hamadoniyning (1140-yilda vafot
etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan, orif maqomiga
43
erishgan. Yassaviy ustozining vafotidan keyin muayyan bir mud-
dat uning maqomida turgan, so‘ng esa bu maqomni Abduxoliq
G ‘ijduvoniyga qoldirib, Yassi — Turkiston shahriga qaytadi va o‘z
tariqati, yol-yo‘riqlarini tashviq etish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Yassaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda yozilgan,
tasavvufiy qarashlarini aks ettirgan hikm atlari devonida o‘z ak
sini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga yetishish, uning ishqi-
da parvona b o lish , undan boshqa narsaga ko‘ngil qo‘ymaslik
haqida fikr yuritilgan. Yassaviy riyozat, chilla, zikrga alohida
ahamiyat berib, hayotining aksariyatini chillaxonada o‘tkazgan.
Yassaviy tariqati Turkiston olkasi, Ozarboyjon, Turkiya, Shi-
molda — Qozon shahrigacha, G ‘arbda — Bolqongacha keng
tarqalgan.
Mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140-yilda vafot
etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan yana bir ulug‘ zot -
Bahouddin Naqshband (1318—1389-yillar) naqshbandiya tariqa-
tining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru
dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Unga ko‘ra in
son Olloh inoyati natijasi b olib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi
lozim, uning qalbi doimo Ollohda, q o li esa mehnatda b o lm o g l
lozim. U tasavVufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat,
ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.
Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islom-
ning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi. Tariqat
esa, o‘zidan kechish, fano bolishdir. Haqiqat — behuda ishlar-
dan uzoqlashish, haq ishlarga boglanish. Demak, shariat — qo
nun, tariqat — yo‘1, qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi. Y ol esa
ko‘ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi.
Kubraviya,
yassaviya
va
naqshbandiya
ta’limotlari
ma’naviyatimiz tarixida juda katta o‘rin tutgan va o‘z ta’sirini
haligacha saqlab kelmoqda.
Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati
va islom falsafasi rivojiga ta’siri nihoyatda katta bolgan. Uning
hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan davlat-
larning tashkil topishi, xalqimizning bag‘rikengligi tufayli yangi
marralarga erishildi. Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-
44
m a’naviy yuksalish mazkur uyg‘onish davrining yorqin timsolidir.
«Avesto» an’analari, tabiatni o‘rganishdagi yutuqlar, gumanitar
sohadagi ijobiy siljishlar, Sharq xalqlari, arab madaniyati va is
lom falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. 0 ‘sha davrda ja
hon miqyosida Vatanimizning m a’naviy-intellektual nufuzi ortib
bordi. U jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi.
Afsuski, bu madaniy uyg‘onish mo‘g‘ul bosqini tufayli tanaz-
zulga yuz tutdi. Amir va sultonlar o‘rtasidagi o‘zaro ixtiloflar, no-
ahillik Chingizxon bosqiniga qo‘l keldi. Bu bosqin mo‘g‘ullarning
1218-yilda 0 ‘tror shahrini bosib olishi, uning hokimi, Xorazm-
shohning qaynog‘asi, Inolchiqni bandi qilishi va qulog‘iga
qaynab turgan kumushni quyib yuborishdek xunrezlikdan bosh-
landi. Mo‘g‘ullarning hukmronligi davrida ana shunday qonxo'rlik
tinimsiz davom etdi. Ko‘rkam shahar va qishloqlar vayronaga
aylandi, iqtisodiyot tanazzulga yuz tutdi. Ilm-fan, madaniyat,
jum ladan falsafa ilmi ham inqirozga uchradi.
Garchand uquvsiz hukmdor M uhammad Xorazmshoh salta-
natni saqlab qola olmagan bo‘lsa-da, xalqimizning bosqinchi-
larga qarshi kurashi aslo to‘xtagani yo‘q. Ba’zi tarixiy manbalar-
ga ko‘ra, o‘sha davrda nihoyatda katta hududdan 600 mingga
yaqin qo‘shin to‘plash m um kin edi. Bu qo‘shin to ‘planganida va
tajribali lashkarboshiga topshirilganida Chingizxon saltanatni
bosib olishi gumon edi. Insoniyatning o‘tm ishini yaxshi biladi-
gan ba’zi olim va mutaxassislarning fikricha, agar shoh o‘zining
yovqur o‘g‘li Jaloliddinni avval boshdanoq taxt vorisi etib tayin-
laganida va qo‘shinining ixtiyorini unga topshirganida, nafaqat
Osiyo tarixi, balki jahon tarixi boshqacharoq yo‘ldan ketishi
m um kin edi.
Afsuski, tarix «Agar unday boMmaganida edi...» qabilidagi ta-
moyillarni tan olmaydi. Chingiziylar bosqini Vatanimiz madaniy
taraqqiyotini bir necha asrlar orqaga surib yubordi. 0 ‘sha davr
da bosqinchilarga qarshi kurashning eng atoqli vakili Jaloliddin
Manguberdi esa m illatim L ozodligi uchun olib borgan kurashi-
ning timsoli sifatida tariximiz sahifalarida al adiy qoldi.
Dostları ilə paylaş: |