davr talablariga javob bermasligi shubhasiz. Aksincha, ularning bar- chasini xolis talqin etish, falsafa fani, uning mazmun-mohlyati, jami yat va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, xilma-xil falsafiy oqimlar, faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va ilmiy tasavvurni shakllantirish har qanday tadqiqotning asosiy mezoni va bu boradagi yutuqlar omili bo‘lib qolaveradi. Lekin ushbu fan tarixi faqatgina ilmiy yutuqlar, ezgulikning mutlaq g‘alabasi, falsafaning doimiy kamolotidan iborat emas. U jamiyat uchun ni- hoyatda katta ahamiyat kasb etgan g‘oya va ta’limotlar, turli-tuman falsafiy yo‘nalishlar, oqim va maktablaming vujudga kelishi, kamoli yoki zavoliga ko‘p bora guvoh bo‘lgan. Ularning ba’zilari xalqlar va davlatlami taraqqi- yotga yetaklagan, ezgulik va adolatga xizmat qilgan bo‘lsa, boshqalari ta- nazzulga sabab bo‘lgan, odamlami qabohat va jaholat tomon boshlagan. Falsafaning o‘ziga ham barcha zamonlarda bir xil munosabat bo‘lmagan. Ba’zi davrlarda u davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan, ma’naviy hayotda yakka hukmronga aylangan bo‘lsa, boshqa davrlar da unutilishga, ikkinchi darajali fanga aylantirishga mahkum qilin- gan. Muayyan tarixiy burilish davrlarida «Falsafa nima o‘zi?», «Uning qanday foydasi bor?» degan masalalar dolzarb ahamiyat kasb etgan. Tarixda «Falsafa endi yo‘q bo‘ldi, uni o‘rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ham ko‘p bo‘lgan. Ana shunday davriarda kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etishga harakat qilganlar, undan zamonaviy tashbehlar izlaganlar. Qanday bo‘lmasin, zamonlar o‘tishi bilan odamzod baribir falsafaga