0 ‘z navbatida ana shu regionning iqlim sharoitiga, yon atrofdagi
shahar va qishloqlarda xalq xo‘jaligining ko‘pgina
tarmoqlariga
salbiy ta’sir o‘tkazishi (masalan, ekin maydonlarining qisqari-
shi, mavjud maydonlarning sho‘rlanishi va ishdan chiqishiga olib
kelishi) mumkin. Atom elektrostansiyalarining chiqindilarini
bartaraf etishning ekologik xavfsizlik masalalari hozirgi davrning
yechilishi murakkab muammolariga aylandi. Ayniqsa, 1986-yil
26-aprel kuni Chernobil AES IV blokining ishdan chiqishi nati-
jasida juda katta miqdordagi radiatsiyaning
havoga tarqalishi
mazkur regionning yashashga mutlaqo yaroqsiz bo‘lib qolishiga
sababchi bo‘ldi.
Insoniyat oldida jahon iqtisodini o‘stirish uchun energiyaga
bolgan ehtiyojni qondirishdan o‘zga chora yo‘q.
Biroq bugungi
kunda elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida mavjud tabi
iy muhitga ta’sir darajasini kamaytirgan holda energiyani ko‘proq
ishlab chiqarish masalasi ko‘ndalang bolib turibdi. Shuning
uchun ham bu muammoni ijtimoiy taraqqiyotning kelajagini bel-
gilab beradigan eng muhim omillardan biri sifatida jahonshumul
ahamiyatga molik muammolar sirasiga kiritilishini hayotning o‘zi
taqozo etmoqda.
Dostları ilə paylaş: