esa, ana shu cheksizlikning bir lahzasi, jismimiz va jonimiz ham
azaliy va abadiy o‘zgarishlar jarayonidagi olamning mo‘jizasidir.
Bu olamda aynan siz va bizning dunyoga kelganimiz ham Yarat
ganning ana shunday mo‘jizasi va biz esa mana shu yorug‘ olam
da o‘tganlarning kelajakdagi avlodlar bilan bog‘lanishida bir
halqamiz, xolos. Va aynan ana shunday
bolganligi uchun ham
tabiat, jamiyat, rivojlanish va taraqqiyot qarshisida doimiy qarz-
dormiz. Bu qarzdorlik dunyoga bizgacha kelganlar va ketganlar,
keladiganlar va kelmaydiganlar, kela olganlar va kela olmaganlar
ruhi qarshisidagi chuqur mas’uliyat hissidir.
Inson tomonidan nom qo‘yilgan dunyolar hech qachon bir-
biridan ajralib, alohida holda mavjud bo‘lmagan. Ular ham bir-
biri bilan uzviy aloqadorliklarda boladi va ularning biri ikkinchi-
sidan kelib chiqadi. Odatda, kamroq aloqadorliklarga ega bo‘lgan
sistema unga nisbatan ko‘proq aloqadorliklarga ega bolgan siste-
maga qaraganda murakkabroq va tashkiliy jihatdan uyushganroq
boladi. Bu yerda ham ana shu qoida amal qiladi.
Anorganik dunyoda in’ikosning eng sodda va quyi shakli —
mexanik in’ikos faoliyat ko‘rsatsa, organik dunyoda unga nisbatan
murakkabroq ko‘rinishdagi biologik in’ikos namoyon boladi.
Bunday in’ikosning o‘ziga xos bolgan tomoni tanlovchanlik, ses-
kanuvchanlik va maqsadga
muvoflq harakat qilishdir, jamiyatda
esa, in’ikosning eng oliy shakli sotsial in’ikos faoliyat ko‘rsatadi
Bu in’ikos o‘zida in’ikosning boshqa shakllarini ham qamrab ol
gan boladi. Ongli va yuqori doirada uyushgan faol in’ikos, alo
qadorlik, xatti-harakatlar ijtimoiy dunyoga xosdir.
Borliq shakliy struktura darajalarining balki biz hali bil-
maydigan yanada murakkabroq turlari ham bordir, lekin ular hali
bizning tushunchalarimiz doirasiga sig‘maydi. Xullas, borliqning
tashkiliy struktura darajalari bir-biridan aloqadorliklarining soni
va sifati jihatidan, energiya va informatsiya
almashish xususiyati
bilan, faolligi va uyushganligi darajasi bilan farq qiladi.
Tarixdan ma’lumki, faylasuflar borliq haqida turlicha g‘oyalarni
ilgari surishgan. Markaziy Osiyo tuproglda vujudga kelgan zar-
dushtiylik ta’limotida borliq quyosh va olovnmg hosilasidir, alan-
galanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi,
95
deb hisoblangan. Chunki bu g‘oya
Yüklə
Dostları ilə paylaş: