va unda davlatning o‘rni hamda kelib chiqishi masalasida Gobbs
ko‘proq xususiy mulkchilikka asoslanadi. Shu bilan birga uning
fikricha, davlatning monarxiya shakli maqsadga muvofiq bo‘lib
hisoblanadi.
Ingliz falsafasida Jon Lokk (1632—1704) qarashlari alohida
o‘rin tutadi. U tajribani bilishning asosiy manbai deb hisoblaydi.
Bunda ichki va tashqi tajriba ajratib ko‘rsatiladi. 1690-yilda Lokk
tomonidan yozilgan «Inson aqli haqida tajriba» nomli asarida
R. Dekartning «tug‘ma g‘oyalar» to‘g‘risidagi qarashlariga qar
shi chiqadi. Lokkning fikricha bilish tabiat va inson o‘rtasidagi
munosabatlardan iborat bo‘lib, haqiqatlar esa kishilarning bu
jarayonda hosil qilgan tushunchalari, g‘oyalari va xulosalarining
olamga mos kelishidan iboratdir.
Ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ko‘ra Lokk davlatning o‘ziga xos
quyidagi tamoyillarini ta’riflaydi: 1. Hokimiyatni qonun chiqa-
ruvchi tizimi. 2. Hokimiyatning ijro etuvchi organlari. 3. Ittifoq
federativ hokimiyati. Ana shu tamoyillar uyg‘un bolganida dav
latning faoliyati samarali amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: