turadi, lekin bu o‘zgarishlar shu jismning tashqi sifatiga jiddiy
ta’sir ko‘rsatmaydi.
Atrofimizni qurshab turgan har bir jism molekulalardan,
molekulalar esa atomlar va elementar zarrachalardan tashkil top-
gan ekan, bu jismlarning molekulyar va atom tuzilish darajasida
ham beto‘xtov o‘zgarishlar ro‘y berib turadi.
Shuningdek, har
bir jism o‘zining atrofidagi boshqa jismlarning va ulardan tar-
qalayotgan nurlanishlarning ta’siriga ham uchrab turadi. Bunday
tashqi ta’sirlarni o‘zida in’ikos ettirish jarayonida ro‘y beradigan
o‘zgarishlar ham bu jismning sifatiy o‘zgarib ketishiga olib kel-
masligi, uning turg‘unligi va asosiy sifati
saqlanib qolishi mum-
kinligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Biz yuqorida qayd etgan ichki va tashqi ta’sirlar oqibati-
da ro‘y beruvchi o‘zgarishlar asta-sekin to‘planib, keyinchalik
jismda keskin sifatiy o‘zgarishning vujudga kelishiga ham sabab
bo‘lishi mumkin. Mana shunday o‘zgarish, ya’ni jismning sifa-
tini o‘zgartiruvchi harakat ikkinchi turdagi harakatga kiradi va u
rivojlanish deb ataladi.
Rivojlanish jarayoni ham ikki turda boladi.
Birinchi turdagi
rivojlanish bo‘yicha, jismda har qanday sifatiy o‘zgarish ro‘y beri-
shiga qaram^sdan, uni tashkil etgan materiyaning sifatiy tuzilish
darajasi o‘zgarmasdan qolaveradi.
Masalan, notirik tabiatga mansub bolgan quyoshdagi rivoj-
lanishni olib qaraylik. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, hozir
sirtida 6 ming, ichida esa bir necha mln. darajali haroratga ega
bolgan quyosh borib-borib soviydi
va qizil gigantga aylanadi,
ya’ni quyoshning markazidagi termoyadro energiyasi so‘ngach,
ichki zichligi pasayadi va markazdagi tortishish quvvati susayadi.
Oqibatda quyosh shisha boshlaydi va Yer orbitasini ham o‘z ichiga
olgan ulkan qizil yulduz vujudga keladi, u asta-sekin sovib, qizil
karlikka, so‘ngra esa «qora karlikka», keyin bolsa neytron yul-
duzga aylanadi. Bunday o‘zgarishlar natijasida borliqning tash
kiliy struktura darajasi o‘zgarmaydi, ya’ni jonsiz tabiat shaklidagi
darajasi saqlanadi.
Jonli
tabiatning vujudga kelishi, o‘simliklar va hayvonot ola-
mining paydo bolishi, odamning shakllanishi, jamiyatning vu-
104
judga kelishi singari sifatiy o‘zgarishlar esa, rivojlanishning ik
kinchi turiga kiradi.
Falsafa fanida harakatning bir-biridan
sifatiy farq qiluvchi bir
qancha boshqa shakllari ham o‘rganiladi.
Materialist bo‘lgan faylasuflar harakat shakllarini turkumla-
ganida, quyidagi mulohazalarga tayanib ish yuritadilar:
1) harakat shakllari bir-birlari bilan sifat jihatidan farq qilib,
ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilishi darajalarinmg
muayyan bosqichida namoyon boladi;
2) materiyaning harakat shakllari bir-biri bilan genetik jihati
dan, kelib chiqishi jihatdan ketma-ket bog‘langan, ya’ni harakat
ning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllari-
dan kelib chiqqandir;
3) harakatning yuqori shakllari
tarkibidagi quyi shakllari
uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning
yuqori shakli o‘zidan quyi shakldagi harakatga mansub emasdir.
Shu mulohazalarga tayangan holda, harakatning beshta shaklini
ajratib olish mumkin. Ular — mexanik, fizik,
kimyoviy, biologik
va ijtimoiy harakatlardir.
Dostları ilə paylaş: