Xalq amaliy san’ati va dizayn. Ma’lumki, mavjud barcha san’at asarlari o‘z o‘quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga o‘tkazadigan badiiy, estetik, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi, tarbi- yalaydi. Shu o‘rinda amaliy san’at turlarining xususiyatlari o‘ziga xos bo‘lib, ularni boshqa hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi. Ya’ni bunday san’at asarlari ayni chog‘da ham badiiy, ham amaliy vazifalarini bajara olishi ularning ahamiyatini belgilaydi.
Shuning uchun xalq amaliy san’atiga e’tibor kuchayib bormoq- da. Mustaqillikdan so‘ng kandakorlik, kashtado‘zlik, zardo‘zlik kabi amaliy san’at turlariga e’tibor ortdi. «Xalq amaliy san’ati
352
va hunarmandchiligini kelgusidagi rivojini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon, «0‘zbekiston xalq ustasi» unvonining ta’sis etilishi, sohaga oid xalqaro konfe- rensiyalarning o‘tkazilishi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Vazirlar Mahkamasining 2010—2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish masalasini Davlat dasturi ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Amaliy-bezak san'ati va hunarmandchilik bozor iqtisodiga moslashib, uning tur va janrlari bozor iqtisodi bilan bog‘liq holda rivojlanmoqda. Shaxsiy ustaxona va korxona- lar tashkil etilmoqda. Mustaqillik yillari yog‘och o‘ymakorligi, uning maishiy va monumental turlarining keng rivojlanish davri bo‘ldi. Mahobatli yog‘och o‘ymakorligi keng rivoj topdi. Barpo etilgan me'moriy majmualarda bu san'at o‘zining salmoqli o‘rnini egalladi.
0‘zbekistonda muntazam o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda ham xalq amaliy san’atining bir qancha turlari namoyish etilmoq- da. Misgarlik, kashtado‘zlik, yog‘och kandakorligi buyumlari- da qadim ustalarimiz an’analarining zamonaviy uslublar bi- lan uyg‘unlashtirilgani turmush estetikasining yuksalishida katta ahamiyat kasb etadi. Bu buyumlar xorijliklarning ham e’tiborini tortmoqda. Bugun milliy hunarmandchiligimiz na- faqat 0‘zbekistonda balki jahonga ham mashhur bo‘lib bormoq- da. Hindiston, Xitoy, Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida xalq amaliy san'ati ko‘rgazmalari tashkil qilinayotgani fikrimiz dalil- lidir. Dizayner va ustalarimiz nafaqat respublikamizdagi zamo- naviy inshootlarda, balki chet ellarda masjid va madrasalar, islom san’ati muzeylari interyerlarini bezashda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me'morchilik va xalq amaliy san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bo‘lib, xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining dur- donalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi. Xalq amaliy san’ati kishilarning ma'naviy olamini boyitadi, ba-
353
diiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o‘zbek xalqi amaliy san’ati kishilarning badiiy, axlo- qiy, umuminsoniy jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqa- rashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan hisoblanadi.
Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar-joylarda amaliy san’atning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joylarning turli-tuman badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari, 0‘zbekiston me’morchiligida ham muhim o‘rin tutadi. Interyerlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devo- riy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini beza- tishda muhim jihatlardan hisoblanadi.
Yog‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo‘lib qolmay turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu in- teryer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shak- lining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va ularga berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va yengilligi kishi- ga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar-joy me’morchiligida 0‘rta Osiyo me’morchiligi amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi hamda o‘ymakorligi shular jumlasidandir.
Interyerning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatish- da muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha naqqoshlik ganch o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa, Toshkentda keng tarqalgan o‘simlik naqshlari — majnuntol, anor, xrizantema butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy ma’nosiga egadir. Ma- salan, majnuntol — sevgi sog‘inchi, anor — serhosillik, lola — ba- hor, gulsafsar osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan.
An’anaviy badiiy hunarmandchilik buyumlari patnislar, ko‘zachalar har biri o‘zining betakror xislatlariga ega bo‘lib, ularni xarid qilishgina emas, balki ulardan zavqlanish, ularning donoligini tushunish va ularning badiiy qimmatiga baho berish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yodgorliklar estetik kechin- malar manbayi hamdir. Hech bir o‘zbek xonadoni yo‘qki unda
354
kulolchilik, badiiy kashtachilik, zargarlik buyumlari bilan beza- tilmagan bo‘lsin. 0‘rta asr Sharq miniatyuralari rangtasviridan olingan bezaklar interer dizayniga ham kirib kelishi milliy tur- mush estetikasining yuksalishida muhim ahamiyat kasb etib qol- may, yangi-yangi an’analarni vujudga keltirmoqda.
Dostları ilə paylaş: |