Islom dinida iymonning nechta aqidasi mavjud? # 7 ta
Imom A’zam yoki Abu Xanifiya kim? # Xanafiya mazxabi asoschisi
Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni necha moddadan iborat? # 34 modda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qachon qabul qilingan? #2017 yil 3 yanvar.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonunining maqsadi.... #Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni nechta bobdan iborat? #6
Mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishi jinoyatchilikning qaysi turiga kiradi? #Korrupsiya
Ko’p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Gap qaysi atama haqida bormoqda? #Korrupsiya
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov o’zining qaysi asarida korrupsiyaning O’zbekistonning o’z taraqqiyoti yo’lida rivojlanishiga ulkan to’siq bo’lishi mumkinligini bayon qilgan edi. # “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”
“Sovg’alarni qabul qilma, chunki sovg’a ko’rni ko’radigan qiladi va haqiqatni o’zgartiradi”. Yuqoridagi jumlalar quyidagi qaysi muqaddas kitobda mavjud? #Injil
1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida quyidagi qaysi jinoyat AQSH prezidentini impechmentga tortish mumkin bo’lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko’rsatib o’tilgan? # pora olish
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarni ko’rsating. # Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya
BMT tomonidan 2003 yil 9 dekabrda qaerda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o’rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davomida konferensiya tashkil etilgan? # Meksikaning Merida shahrida