Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Qadimgi dunyoning mumtoz nafosatshunosligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə124/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Qadimgi dunyoning mumtoz nafosatshunosligi
Qadimgi yunon mumtoz falsafasi haqida gap ketganda ko‘pgina adabiyotlarda uni go‘yo YUnonistonda o‘z–o‘zidan paydo bo‘lib qolgan aqliy yuksaklik, ya’ni, yunonlarning (ovro‘paliklarning) boshqa irqlarga nisbatan buyukligidan dalolat beruvchi hodisa sifatida talqin etiladi. Lekin, aslida qadimgi YUnoniston fani va madaniyati Eron, Bobilon, qadimgi Misr va qadimgi Hindiston singari SHarq mamlakatlari erishgan yutuqlardan foydalanib, shu darajaga ko‘tarildi. Qadimgi SHarq yunonlar uchun ulkan maktab vazifasini o‘tadi.
Suqrot (miloddan avvalgi 469–399 yillar). U jahon falsafasida birinchi bo‘lib antropologik yondoshuvga asos solgan mutafakkir, ungacha falsafaga faqat kosmologik yondoshuv hukmron edi. U diqqatni kosmos–fazoga emas, balki insonga qaratdi, insonni amaliy xatti–harakati, axloqiyligi nuqtai nazaridan o‘rganishga kirishdi. Suqrot axloqshunoslik va estetikaning, axloq va go‘zallikning uzviy aloqasini ta’kidlab ko‘rsatadi. Uning ideali–ma’nan va jisman go‘zal inson. U insonni san’atning asosiy
Aflotun (milodgacha 427–347). Uning estetika borasidagi fikr–mulohazalari asosan «Ion», «Fedr», «Bazm», «Qonunlar», «Davlat» singari asarlarida o‘z ifodasini topgan.
Aflotun Suqrotdan farqli o‘laroq, g‘oyalar muammosini o‘rtaga tashlaydi. Uning nazdida asl borliq ana shu g‘oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha bo‘lsa, g‘oyalar ham shuncha. G‘oyalarning o‘rni narsalarga nisbatan birlamchi; avvalo g‘oyalar, undan keyin narsalar. Atrof–tevarakdagi his etiluvchi narsalar hissiyotdan yuksak turuvchi g‘oyalarning in’ikosidir. Aflotunning fikriga ko‘ra, asl go‘zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo‘lmaydi, u g‘oyalar olamiga taalluqli. «Davlat» asarida faylasuf Suqrot va Glaukon suhbati asnosida g‘or haqidagi mashhur masal-afsonani keltirar ekan, bizga ko‘rinib turgan, biz yashayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson ojizlik qiladi. Inson g‘or devoriga kishanband qilingan tutqunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning soyasini kuzata oladi, xolos, haqiqiy borliq esa ana shu soya ortida ko‘rinmay qolaveradi. Go‘zallik ham haqiqiy borliqqa taalluqli. Unga hissiyotlar yordamida etishish mumkin emas, faqat aql orqaligina uni anglash mumkin; u–o‘zgarmas, zamon va makondan tashqarida. Bu o‘rinda Aflotunning haqiqiy go‘zallik sifatida Xudoni nazarda tutayotganini ilg‘ash qiyin emas.
Arastu (milodgacha 384–322). Uning asosan «Xitoba» («Ritorika»), «Siyosat», ayniqsa «SHe’riyat san’ati» («Poetika») asarlarida estetika muammolari o‘rtaga tashlangan.
Arastu go‘zallik masalasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi. Go‘zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa, tirik jonzotlarda, ayniqsa, insonda namoyon bo‘ladi. Go‘zallikning yana bir belgisi, Arastu fikriga ko‘ra, miqdorning cheklanganligi. «Jonsiz narsalar kabi jonli mavjudotlar ham hajman oson ilg‘ab olinadigan bo‘lishlari kerak, deydi faylasuf – SHunga o‘xshash fabula ham oson esda qoladigan cho‘ziqlikka ega bo‘lishi shart». Go‘zallikning eng muhim belgisini esa, Arastu uzviy yaxlitlik deb ataydi. Uning talqiniga ko‘ra, yaxlitlik ibtido, markaz va intihodan iborat bo‘ladi. Arastugacha go‘zallik va ezgulik aynanlashtirilar edi. Arastu esa birinchi bo‘lib ularni farqlaydi; ezgulik faqat harakat orqali, go‘zallik harakatsiz ham voqe bo‘ladi, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.
Ma’lumki, Pifagor birinchi bo‘lib «forig‘lanish»–«katarsis» tushunchasini mohiyatan diniy ma’noda qo‘llagan edi. Arastu esa uni san’atga nisbatan ishlatadi. Forig‘lanish, Arastu talqiniga ko‘ra, san’at o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, xususan, fojea (tragediya)ning maqsadi. U mohiyatan qo‘rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rgiliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tushganlarga o‘zida hamdardlik hissini tuyadi. YA’ni, san’at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega. San’at ana shu forig‘lanish vositasida insonni tarbiyalaydi. Forig‘lanishning estetik mohiyatini ana shunda.
SHunday qilib, antik davr estetika yuksak nuqtasi sifatida Arastu ijodi hanuzgacha kishilik tafakkurida o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin