Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Strukturalizm va poststrukturalizm



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə34/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Strukturalizm va poststrukturalizm. Strukturalizm (lot. structuma – tuzilish, joylashish, tartib) - g‘arb falsafasining yangi yo‘nalishlaridan biri. Strukturalizm, umumiy falsafiy-epistemologik tasavvurlar, metodologik mo‘ljallar va ayrim fanlar (lingvistika, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix, estetika, san’atshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, falsafa)dagi yo‘nalishlar majmui sifatida, XX asr boshidan 40-yillargacha shakllandi.
Strukturalizmning ko‘pgina g‘oyalari yuzaga kelishiga turtki bergan mutafakkirlar qatoriga V.Gumboldt (inson ongi dunyosini modellashtirishda tilning dinamik roli), CH.Pirs (semiotika asoschisi), E.Kassirer (inson xulq-atvori va ongining shakllanishida til, mifologiya va san’at simvolik tizimlarining roli)ni kiritish mumkin.
Strukturalizmning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning tarafdorlari inson hissiy idrok etishi mumkin bo‘lgan barcha hodisalarga «fenomenlar», ya’ni ichki, teran va shu sababli «noaniq» strukturalarning sirtda namoyon bo‘lishi (manifestatsiya) sifatida qaraganlar va ularni yoritishni o‘z vazifasi deb hisoblaganlar.
Bu vazifani hal qilishda strukturalizm pafosi ijtimoiy fanlarga aniq fanlar maqomini berishga qaratildi.
Struktura tushunchasi strukturalizmning bosh tushunchasi hisoblanadi. Struktura deganda turli ichki va tashqi o‘zgarishlarda har xil, ko‘p variantli tushunchalar majmui yoki, strukturalistlar ta’biri bilan aytganda, har qanday diaxronik rivojlanuvchi tizimning sinxron qayd etilishi tushuniladi. Strukturalizmda ko‘pincha model sifatida belgilanuvchi har qanday struktura uch zaruriy shart: elementlar mustaqil butunga yaxlit bo‘ysunishi; transformatsiya – bir kichik struktura boshqa kichik strukturaga yuzaga kelish qoidalariga muvofiq tartibli o‘tishi; o‘zini o‘zi tartibga solish – mazkur tizim doirasida qoidalarning ichki tartibga solinishini qanoatlantirishi lozim. SHunday qilib, struktura nafaqat ob’ektning barqaror skeleti tarzida, balki rioya qilish, bir ob’ektdan ikkinchi, uchinchi va hokazo ob’ektlarni olish imkonini beruvchi qoidalar majmui sifatida amal qiladi. Bunda ayrim ob’ektlar to‘plamining yagona strukturaviy qonuniyatlarini aniqlashga bu ob’ektlarning farqlarini e’tibordan soqit etish hisobiga emas, balki yagona mavhum invariantning muayyan variantlari sifatida qayd etilgan bir-biriga o‘tishlar dinamikasi va mexanikasini tahlil qilish yo‘li bilan erishiladi.
SHuni ta’kidlash lozimki, strukturalistlar foydalanuvchi asosiy tushunchalar ulardan tadqiqotchilik maqsadlarida foydalanilgan maxsus fanlar doirasida ishlab chiqilgan. SHu sababli asosiy kategoriyalar va g‘oyalar bu yo‘nalishning bosh shakllari bilan maqsadga muvofiqdir.
Poststrukturalistlar (Derrida, Delez, M.Fuko va h.k.) strukturani va bilimdagi barcha nostrukturaviy narsalarni ularning genezisi va tarixiy rivojlanishi nuqtai nazaridan anglab etishga harakat qildilar.
Ko‘rsatilgan yondashuvlarning ikkalasi ham ijtimoiy bilim xususiyatlari va metodlarini, uning faoliyati umumiy mexanizmlarini, tabiiy ilmiy bilimdan farqlarini, u yoki bu ijtimoiy-madaniy shakllar (til, san’at, adabiyot, moda va h.k.) yuzaga kelishini bilishda sinxron va diaxron narsalarning birligini o‘rgangan.
Strukturalistlar bunday hodisalarni o‘rganishda struktura tarixdan ob’ektivroq, muhimroq va birlamchiroq deb hisoblagan bo‘lsalar, poststrukturalistlar bunga zid xulosani ilgari surganlar. Ular o‘z hamkasblarining agnostitsizmi (notarixiyligi)ni engish, inson va jamiyatni til strukturalari yordamida ob’ektiv bilishga urinishda yuzaga keluvchi jumboqlarni aniqlash va o‘rganishga harakat qildilar.
Poststrukturalizmda hamma narsa teng huquqli, bir xilda muhim va qimmatlidir. Bu erda dialektik oppozitsiya tamoyiliga ko‘ra tuzilgan odatdagi kategoriyalar apparati: mohiyat – hodisa, shakl – mazmun, sabab – oqibat va hokazolar o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Hodisa – mohiyatni aniqlash emas, u faqat o‘zini va hayot rang-barangligi qirralaridan biri sifatida ifoda etadi. Hayotning rang-barangligini esa faqat birortasi ham imtiyozli holatda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan bilish sub’ektlari pozitsiyalarining ko‘p sonliligi bilan anglab etiladi.
Poststrukturalizm o‘ziga azaldan xos bo‘lgan omillarning tabiiy davomi hisoblanib, nazariy harakat sifatida strukturalizm tanqidi tarzida to‘rt asosiy yo‘nalishda rivojlanadi:
- strukturaviylik muammosi;
- belgililik muammosi;
- kommunikativlik muammosi;
- sub’ektning yaxlitligi muammosi.
Ayni vaqtda, poststrukturalizm namoyandalari ob’ektivlik, metod va ilmiylik ahamiyatga ega emas va bilish jarayonining izlanuvchi maqsadlari sifatida amal qilmaydi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, bilish jarayoni sub’ekt, istak, tasavvur va bilishda muhim rol o‘ynovchi boshqa shaxsiy fazilatlarsiz amalga oshishi mumkin emas. SHu sababli poststrukturalistik sub’ekt – bu bilim egasi va bilim himoyachisi emas, balki vazifasi qanday yo‘l bilan bo‘lmasin borliqqa kirishdan iborat bo‘lgan afsungar, san’atkor, bola, inqilobchi va shu kabilardir.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin