Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə14/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Abu Rayhon Beruniy ( 973-1048) deyarli barcha fan sohalarida samarali ijod etgan SHarqning buyuk qomusiy olimidir. U yaratgan 152 asaridan 28 tasi bizgacha etib kelgan. Beruniyning tabiatni o‘rganish sohasida xizmatlari katta. U birinchi bo‘lib Er shari globusini yasagan, Erning o‘z meridiani bo‘yicha harakat tezligini, Er shari hajmining o‘lchamlarini hisoblab chiqqan. U koinotdagi sayyoralar o‘zaro tortishish kuchiga ega bo‘lib, og‘irroqlari markazga ko‘proq tortiladi, degan g‘oyani ham birinchi bo‘lib aytgan. Beruniy Erdan tashqari olamda yana boshqa dunyolar borligi to‘g‘risidagi fikrni ham ilgari surgan.
Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari uning falsafiy dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Beruniy ta’limotiga ko‘ra, olam xudo tomonidan yaratilgan va unga azaldan mavjud qonunlar berilgan. SHu qonunlar tufayli tabiat harakat qiladi. Materiya, ya’ni havo, tuproq, olov, suv - atomlaridan tashkil topgan va u ababdiy mavjud. Beruniy bo‘shliqning mavjudligini inkor etgan. Dunyodagi barcha narsalar harakatda bo‘ladi. Sababi - materiya o‘zining tabiiy ichki qarama-qarshilik kuchiga ega. Masalan, issiqlik va sovuqlik, namlik va quruqlik va h.k.
Beruniy asrlarida olamni bilish masalalariga ham katta e’tibor berilgan. Uning ta’limotiga ko‘ra, inson bilishi sezgilardan boshlanadi va tafakkurgacha ko‘tariladi. Tafakkur ma’lum narsalardan noma’lum narsalarni bilishga qarab rivojlanib boradi. Biroq, bir avlodning hayotida hamma narsani bilish mumkin emas. Haqiqiy bilimlarning mezoni - tajribadir. Eng oliy baxt esa - bilishdir.
Kishilar o‘rtasidagi tafovutlar, alloma fikricha, faqat tashqi farqlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ichki tuzilishlari umumiydir. Beruniy insonlar qiyofasidagi farqlarni ular yashaydigan tabiiy muhit xususiyatlari , uning ta’siri bilan bog‘lagan.
Jamiyatning shakllanishida kishilaring moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida birgalikda yashashga intilishlari, birgalikda mehnat qilishlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, deb hisoblagan Beruniy. Insonning qadr-qimmati, uning fikricha, insonning jamiyatda o‘z vazifalari, burchlarini a’lo darajada bajarishlari, binobarin mehnati bilan belgilanadi. Insonning yuksak fazilatlari ularning boshqalar to‘g‘risida, ayniqsa, beva-bechoralar, nochorlar haqida g‘amxo‘rlik qilishlarida namoyon bo‘ladi. Odil hokimning asosiy vazifasi - yuqori va quyi tabaqalar, kuchli va kuchsiz kishilar o‘rtasida adolatni o‘rnatishdan iborat. Hukmdorining yana bir vazifasi, deydi u, - fan taraqqiyotiga va olimlarga g‘amho‘rlik qilishdan iborat.
O‘rta asrlarda Musulmon SHarqida ratsional dunyoviy falsafa bilan deyarli bir vaqtda diniy falsafiy fikrlar ham rivojlandi. Kalom ta’limoti arab falsafiy fikrining o‘ziga xos birinchi shakli bo‘lib, u mantiqiy usullar va vositalardan foydalanib, diniy aqidalarining haqiqat ekanligini isbotlab berishga harakat qilgan. Uning yirik nazariyotchilaridan biri Abu Mansur Moturidiy as-Samarqandiy ( milodiy 944 yilda vafot etgan) hisoblanadi. Uning Qur’onning tavsiriga bag‘ishlangan “Kitob at-tavhid” va “Kitob ta’vilot al-Qur’on” asarlari islom olamida ma’lum va mashhur. Ularda Olloh, inson, imon, olam, ilm va aql masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Aql yaratganning qudrati, odilligi va donishmandligini bilib olishga imkon beradigan buyuk quvvat ekanligi, lekin, ba’zi hollarda uning etarli emasligi shubhaning paydo bo‘lishiga olib kelishi, bu esa imonga putur etkazishi mumkinligi, shunday hollarda inson ilohiy bilimlarga tayanishi kerakligi ko‘rsatilgan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin