Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə33/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Stiven Tulmin (1922-1997) butunlay boshqacha metodologik mo‘ljal – evolyusion epistemologiya asoschisi. Mazkur yo‘nalishning umumiy ma’nosi shundan iboratki, u bilishni jonli tabiat evolyusiyasining lahzasi sifatida o‘rganadi va bilish mexanizmlarini evolyusiya nuqtai nazaridan yoritadi. Evolyusion epistemologiya sof evolyusiya va bilish jarayoni biologiyasining o‘xshashligi g‘oyasiga asoslangan va insonning bilish apparati bu biologik evolyusiya jarayonida rivojlangan moslashuvlar mexanizmidir, degan tasavvurga tayangan. Evolyusion epistemologlar fikriga ko‘ra, ayni shu sababli bilish mexanizmi evolyusion tip bo‘yicha rivojlanadi va tegishli ravishda hozirgi zamon evolyusiya nazariyasiga muvofiq tushunilishi mumkin.
Evolyusion epistemologiya insonning biologik evolyusiya mahsuli sifatidagi talqinidan kelib chiquvchi bilish nazariyasidir.
SHunday qilib, evolyusion epistemologiyaning asosiy nazariy manbasi sifatida organik evolyusiya konsepsiyasi amal qiladi. Evolyusion epistemologiyaning ikki xil ma’nosini farqlash lozim:

  • bilish vositalari, shakllari va metodlarining (bilish organlarining) rivojlanishini evolyusion sxema yordamida tushuntirishga urinish;

  • bilim mazmunini (axborotning paydo bo‘lishini) evolyusion tushuntirishga harakat qilish. Bu erda o‘zgaruvchanlik, tanlash va mustahkamlash tushunchalari ma’lum ahamiyat kasb etadi.

Karl Popper (1902-1994). Eng muhim asarlari: «Ilmiy tadqiqot mantiqi» (1935), «Ochiq jamiyat va uning dushmanlari» (1945), «Tarixiylikning qashshoqligi» (1963), «Ob’ektiv bilim. Evolyusion yondashuv» (1972), «Realizm va fan maqsadi» (1983).
Popper falsafaning bosh maqsadi ilmiy bilimning o‘sishini, ayniqsa – ilmiy kosmologiyani o‘rganishdan iborat deb bilgan. Ilmiy kosmologiya dunyoni, shu jumladan insonni (va uning bilimini) bu dunyoning qismlari sifatida bilishni nazarda tutadi. Popper fikriga ko‘ra, falsafaning alohida metodi mavjud emas – masalalar aniq qo‘yiluvchi va taklif etilgan echimlar tanqidiy tahlil qilinuvchi har qanday oqilona munozara metodi mavjud. U verifikatsiya tamoyiliga zid o‘laroq falsifikatsiya metodini (har qanday fikrni rad etish mumkinligi tamoyilini) taklif qildi, bilimni tashkil etish nazariy va empirik darajalarining uyg‘un birligini, shuningdek gipotetik xususiyati va xato qilishi mumkinligini (har qanday fanning fallibilizmi prinsipini) qayd etdi. Falsifikatsiya tamoyili fan uchun muayyan ahamiyatga egadir. Salbiy tekshirish u yoki bu qoidaning haqiqiyligini isbotlamasa, uni uzil-kesil rad etadi. Biroq falsifikatsiya tamoyili faqat rad etishga qarab mo‘ljal oladi: u bilimlarni o‘stirish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini bermaydi, agar u yoki bu nazariyani rad etuvchi ma’lumotlar topilsa, bu nazariyadan butunlay voz kechiladi.
Nazariyalar o‘rtasida vorisiylik mavjud bo‘lib, u Nils Borning muvofiqlik tamoyilida o‘z ifodasini topgan.
Ilmiy bilimni noilmiy bilimdan, fanni metafizikadan ajratishni (yoki demarkatsiya muammosini) Popper muhimlik mezonlarini yaratish mo‘ljallariga qarshi o‘laroq dolzarb ahamiyatga ega deb belgilaydi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin