Falsafa fanidan test savollari



Yüklə 39,01 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü39,01 Kb.
#166939
FALSAFA FANIDAN TEST SAVOLLARI


FALSAFA FANIDAN TEST SAVOLLARI
1."Falsafa" so'zining ma'nosini aniqlang
"bilimni sevish"
"ilmni sevish"
"donishmandlikni sevish"
"bahs-munozarani sevish"
2."Falsafa" atamasi qachon paydo bo'lgan?
m.a. VIII-IV asrlarda
m.a. VII-III asrlarda
m.a. VI-II asrlarda
m.a. V-I asrlarda
3."Falsafa" atamasini birinchi bo'lib qaerda va kim ishlatgan?
Qadimgi Hindistonda, Vardxamana
Qadimgi Xitoyda, Lao-szi
Qadimgi Yunonda, Pifagor
Qadimgi Rimda, Lukretsiy Kar
4.Abu Nasr Farobiy "Falsafa" so'zini qanday talqin qilgan?
"hikmatni qadrlash"
"olam sirlarini bilish"
"umr mazmunini idrok qilish"
"hayotni qadrlash"
5. Quyidagi faylasuflardan biri falsafani "predmetlarga fikriy yondoshish" deb talqin qilgan.
U
kim?
Pifagor
Aristotel`
Tomas Gobbs
Gegel`
6."Substantsiya" so'zining ma'nosini aniqlang:
"mohiyat"
"mazmun"
"asos"
"g'oya"
7."Substantsiya" tushunchasining talqiniga daxldor quyidagi javoblardan biri noto'g'ri. Uni
toping:
Pifagor: "Hamma narsa sonlardan tashkil topgan"
Platon: "Substantsiya - bu g'oyalardir"
Demokrit: "Olamning asosida atomlar yotadi"
Aristotel`: "Substantsiya dunyoni bilishdan iborat"
8."Plyuralizm" tushunchasining mazmuniga doir to'g'ri javobni toping:
a) olamning asosi yakkayu yagona sababga ega
b) olamning asosida ikkita asos - ham modda va ham ruh, g'oya yotadi
c) olamning asosida ko'p narsa va g'oyalar yotadi
d) olam faqat moddiy narsalardan iborat
9."Dialektika" atamasining asl ma'nosini aniqlang:
"bilish nazariyasi"
"bahs va suhbatlashish san'ati"
"tabiatdan keyin"
"ataylab chalg'itish"
10.Falsafaning gnoseologik vazifasi nimadan iborat?
dunyoni bilishdan
inson va dunyoqarashni shakllantirishdan
biron narsani kashf etishdan
inson faoliyatida biron usul va uslubdan foydalanishdan
11."Veda"ning falsafiy qismini aniqlang?
"Upanishadalar"
"Tripitaka"
"Vinayya-pitaka"
"Sutta-pitaka"
12. Konfutsiy fikricha, jamiyat hayotidagi tartib ilohiy mazmunga ega. Uning mohiyati qaysi
so'z
bilan ifodalangan?
"jen`"
"li"
"si"
"dao"
13. Daosizm ta'limotida "dao" nimani anglatadi?
narsalarning doimiyligi va o'zgarmasligini
olamning beshta unsurdan tashkil topganini
tabiatning yashash qonuni va undagi qarama-qarshi kuchlarning kurashini
barcha javoblar to'g'ri
14. Milet falsafiy maktabining uchta buyuk vakilini aniqlang:
Fales, Geraklit, Demokrit
Anaksimandr, Suqrot, Aristotel`
Anaksimen, Pifagor, Platon
Fales, Anaksimandr, Anaksimen
15.Tabiatdagi jism va hodisalar dastlabki ibtido-suvdan paydo bo'lgan va yana suvga
aylanadi,
bu moddiy birlik doimo o'zgarishda, - bu aqida qaysi faylasufga mansubdir?
Fales
Anaksimandr
Anaksimen
Geraklit
16."Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir", - bu so'zlarni kim
aytgan?
Pifagor
Geraklit
Demokrit
Epikur
17."G'oyalar dunyosi va soyalar dunyosi" ta'limotining asoschisini aniqlang:
Suqrot
Platon
Aristotel`
Lukretsiy Kar
18.Aristotel` fanlarni nazariy, amaliy va ijodiy fanlarga bo'lgan. Nazariy fanlar guruhiga u
qaysi fanlarni kiritgan?
a) filosofiya, matematika, fizika
b) axloq va siyosat
c) san'at va hunarmandchilik
d) mantiq, axloqshunoslik va nafosatshunoslik
19.Quyidagi Qadimgi Rim faylasuflari o'rtasida atomistik ta'limot tarafdorini aniqlang:
Lukretsiy Kar
Seneka
Sitseron
Platon
20.Buddaviylik diniy-falsafiy ta'limoti qachon vujudga kelgan?
m.a. VI asrda
m.a. V asrda
m.a. VI asr oxiri va V asr boshida
m.a. V asr oxirida
21.Markaziy Osiyoda tarqalgan tasavvufning tariqatlarini aniqlang:
kubroviya, yassaviya, ahmadiya
kubroviya, naqshbandiya, ahmadiya
kubroviya, yassaviya, naqshbandiya
yassaviya, naqshbandiya, ahmadiya
22.«Al-Hidoya» asari kimga mansubdir?
a)Imom al-Buxoriyga
b) Imom at-Termiziyga
c) Imom al-Motrudiyga
d) Burhoniddin al-Marg'inoniyga
23. Sharq Uyg'onish davrida mashhur bo'lgan «Bayt-ul-hikma» akademiyasi qaerda
joylashgan edi?
a) Damishqda
b) Bag'dodda
c) Samarqandda
d) Buxoroda
24. «Vujudi vojib» va «vujudi mumkin» falsafiy kategoriyalari qaysi allomaga taaluqli?
a) Farobiyga
b) Beruniyga
c) Ibn Sinoga
d) Zakariyoi Roziyga
25. Abu Ali ibn Sinoning falsafiy asarini aniqlang:
a) «Al-Xidoya»
b) «Kitob at-tavhid»
c) «Kitob al-Burhon»
d) «Donishnoma»
26. Buyuk faylasuf Sa'diddin Taftazoniy qaysi mintaqada va qaysi zamonda yashab, ijod
qilgan?
a) Xorazmda, 13 asrda
b) Movarounnahrda 14 asrda
c) Xurosonda, 15 asrda
d) Movarounnahrda, 16 asrda
27. Alisher Navoiyning falsafiy-ma'naviy ideali (orzusi)ni aniqlang:
a) fozil inson
b) fozil jamiyat
c) insof va adolat
d) hamma teng va zulm-istibdoddan xoli davlat tuzumi
28. Jadidchilik harakati mohiyatini ifodalovchi markaziy g'oyani aniqlang:
a) milliy tarbiya g'oyasi
b) zamonaviy ta'lim g'oyasi
c) milliy taraqqiyot g'oyasi
d) milliy teatr g'oyasi
29. O'rta asrlar G'arb falsafasida reallik (universaliy)ga bo'lgan munosabatda ikki qaramaqarshi oqimlarni aniqlang:
a) gnostika va agnostika
b) monizm va dualizm
c) apologetika va patristika
d) nominalizm va realizm
30. G'arb Uyg'onish davri falsafasida «xudo hamma narsalarda mavjud, hamma narsalar
xudoda
mavjud» va ayni vaqtda «haqiqatni bilish tajriba asosida amalga oshadi» kabi qaramaqarshi
qarashlar qaysi faylasufga xos edi?
a) Nikolay Kuzanskiyga
b) Yakob Byomega
c) Nikolay Kopernikga
d) Jordano Brunoga
31. Yangi davr ingliz falsafasida qaysi faylasuf «davlatning monarxiya shakli maqsadga
muvofiqdir» degan?
a) Frensis Bekon
b) Tomas Gobbs
c) Jan Lokk
d) Benedikt Spinoza
32. Rene Dekartning dualistik ta'limotini aniqlang:
a) borliqning asosida modda va ruh yotdai va u xudoga bo'ysunadi
b) borliqning asosida modda va ruh yotadi va u xudoga bo'ysunmaydi
c) borliqning asosida modda va ruh yotadi va u azaliy va abadiy kuch orqali idora
qilinadi
d) barcha javoblar to'g'ri
33. «Zardusht tavallosi» nomli kitobning mualifini aniqlang:
a) Artur Shopengauer
b) Fridrix Nitsshe
c) Syoren K`erkegor
d) Zigmund Freyd
34. Foydali faoliyatga undovchi, foydaga qanday qilib erishish yo'llari va usullari haqidagi
ta'limotni aniqlang:
a) strukturalizm
b) germenevtika
c) pragmatizm
d) ekzistentsializm
35. Olamning hozirgi zamon va kelajak shakllarini aniqlang:
a) moddiy olam va ma'naviy olam
b) tabiiy olam va sun'iy olam
c) konkret olam va abstrakt olam
d) aktual olam va potentsial olam
36. Olamning quyidagi namoyon bo'lish shakllari ichida mavjudligi ehtimol olam shaklini
toping:
a) fizik olam
b) aktual olam
c) potentsional olam
d) virtual olam
37. Borliq to'g'risidagi falsafiy fanni aniqlang:
a) gnoseologiya
b) ontologiya
c) aksiologiya
d) praksiologiya
38. "Ikkinchi tabiat" borlig'ini qanday tavsif qilish mumkin?
a) tabiiy tabiatda mavjud bo'lgan narsalar borlig'i
b) tabiiy tabiatda mavjud bo'lmagan narsalar borlig'i
c) odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig'i
d) to'g'ri javob yo'q
39. Borliqning eng asosiy atributini aniqlang:
a) harakat
b) harakatsizlik
c) o'zgarish
d) o'zgarmaslik
40. Tabiat borlig'ining darajalari qaysi tushunchalar qatorida ifodalangan?
a) tabiat, jamiyat, ong
b) makrodunyo, mikrodunyo, megadunyo
c) organik dunyo, anorganik dunyo, ijtimoiy dunyo
d) biosfera, noosfera, ekosfera
41. Olamdagi narsa, voqea va jarayonlarga xos bo'lgan aniq, yagona, takrorlanmaydigan
belgilar hamda xususiyatlarni ifodalaydigan falsafiy kategoriyani aniqlang:
a) alohidalik kategoriyasi
b) umumiylik kategoriyasi
c) xususiylik kategoriyasi
d) to'g'ri javob yo'q
42. Olamdagi narsa va hodisalar doimo o'zgarib, rivojlanib boradi, bu jarayonlarda narsalar
doimo paydo bo'ladi, o'zgarib turadi. Bu holat falsafaning qaysi kategoriyalarida
o'rganiladi?
a) zaruriyat va tasodif
b) imkoniyat va voqelik
c) miqdor va sifat
d) mohiyat va hodisa
43. Voqelikdagi sababiy bog'lanishlar bilan aloqador ikki falsafiy oqimni aniqlang:
a) dialektika va metafizika
b) sofistika va ekletika
c) sinergetika va struktualizm
d) determinizm va indeterminizm
44. «O'zingni bilsang, olamni bilasan», - o'z-o'zini anglash mavzusiga tegishli bu hikmatni
qaysi faylasuf aytgan?
a) Pifagor
b) Suqrot
c) Demokrit
d) Epikur
45. Falsafaning bilish masalalari bilan shug'ullanuvchi sohasini aniqlang:
a) gnoseologiya
b) aksiologiya
c) ontologiya
d) praksiologiya
46. Bilish ob'ektini aniqlang:
a) insonning bilim hosil qilish uchun ilmiy faoliyatiga qaratilgan barcha narsa, hodisa,
jarayon, munosabatlar
b) faqat tabiat hodisalari
c) faqat jamiyat (ijtimoiy) munosabatlar
d) faqat insonning o'zi
47. Bilish sub'ektini aniqlang:
a) bilish bilan shug'ullanuvchi kishilar
b) bilish bilan shug'ullanuvchi butun insoniyat
c) bilish bilan shug'ulanuvchi kishilar va butun insoniyat
d) to'g'ri javob yo'q
48. Quyidagi haqiqat tasnifida bahs talab qilmaydigan haqiqatni ko'rsating:
a) mutlaq haqiqat
b) nisbiy haqiqat
c) ilmiy haqiqat
d) sarob haqiqat
49. Falsafiy fanlar tizimidagi insonni o'rganadigan fanni belgilang:
a) arxeologiya
b) antropologiya
c) ontologiya
d) aksiologiya
50. Quyidagi qaysi javobda jamiyat tushunchasining mohiyati to'g'ri tavsiflanga?
a) tabiatning bir qismidir
b) ijtimoiy borliq hisoblanadi
c) odamlar uyushmasining maxsus shaklidir
d) odamlar uyushmasining maxsus shakli bo'lib, kishilar o'rtasida amal qiladigan ko'plab
munosabatlar yig'indisidir
51. Hozirgi zamon nazariyalarda berilgan jamiyat evolyutsion taraqqiyoti bosqichlarni to'g'ri
belgilang:
a) agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyat
b) industrial jamiyat, postindustrial jamiyat, agrar jamiyat
c) postindustrial jamiyat, industrial jamiyat, agrar jamiyat
d) agrar jamiyat, postindustrial jamiyat, industrial jamiyat
52. G'oya shakllarining quyidagi tasnifida bir-birini inkor qilmaydigan g'oyalar qatorini
ko'rsating:
a) diniy va dunyoviy g'oyalar
b) diniy va tabiiy-ilmiy g'oyalar
c) ilmiy va g'ayri ilmiy g'oyalar
d) milliy va umuminsoniy g'oyalar
53. Falsafaning qadriyatlarni o'rganuvchi tarkibiy qismini aniqlang:
a) ontologiya
b) aksiologiya
c) mifologiya
d) teologiya
54. Ijtimoiy ongning shakllari bilan bog'liq qadriyatlar qaysi javobda ifodalangan?
a) milliy, sinfiy, irqiy va b. qadriyatlar
b) siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va b. qadriyatlar
c) iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'naviy va b. qadriyatlar
d) "global", "zonal" va "lokal" qadriyatlar
55. Inson omili bilan bog'liq qadriyatlar qaysi javobda nomlangan?
a) inson hayoti, inson salomatligi, inson bilimi, inson axloqi va b.
b) adolat va adolatsizlik, haq va haqsizlik, taraqqiyot va tanazzul va b.
c) ozodlik, istiqlol, tinchlik, erkinlik va b.
d) tarbiya, axloq-odob qadriyatlari
56. Tadqiqot predmetini chuqur o'rganish jarayonida fanning yangi soha va tarmoqlari
vujudga
keladi. Quyidagi javoblarda tabiatshunoslik sohalarini belgilang:
a) botanika, zoologiya, kimyo, matematika, fizika
b) arxeologiya, antropologiya, etnografiya
c) ontologiya, gnoseologiya, aksiologiya
d) algebra, geometriya, trigonometriya
57. Global muammolar tasnifida "inson va jamiyat" munosabatlariga tegishli muammolarni
belgilang:
a) xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, insoniyat kelajagi, kishilar salomatligi
b) aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta'minlash, tabiatni muhofaza qilish
c) xalqaro energetika inqirozi, moliyaviy inqiroz
d) to'g'ri javob yo'q
58. Yevropa madaniyatiga "filosofiya" atamasi qaysi faylasuf asarlari orqali kirgan?
a) Ksenofan asarlari orqali
b) Arastu asarlari orqali
c) Aflotun asarlari orqali
d) Farobiy asarlari orqali
59. Falsafiy dunyoqarash tarkibidagi eng muhim qismlarni aniqlang:
a) bilim, tasavvur, fikr
b) e'tiqod, hissiyot, aql
c) g'oya, maqsad, ishonch
d) sezgi, hissiyot, bilim
60. Falsafiy dunyoqarashning kommunikativ vazifasi qaysi javobda ko'rsatilgan?
a) baholash
b) boshqarish
c) nazorat qilish
d) birlashtirish
61. Falsafiy fanlar tizimida keltirilgan "estetika" tushunchasi mohiyatini qanday tavsiflash
mumkin?
a) jamiyat va inson hayotida go'zallikning o'rni, qonun-qoidalari haqidagi fan
b) insonning axloqiy faoliyati, uning talab va tartib-qoidalari to'g'risidagi fan
c) insonning o'zgartiruvchan, amaliy faoliyati to'g'risidagi falsafiy ta'limot
d) bilish, uning shakllari, usullari va imkoniyatlari to'g'risidagi falsafiy ta'limot
62. Falsafaning tarbiyaviy funktsiyasi qaysi javobda ifodalangan?
a) olam va odamni bilish
b) olam va odam xossalarini kashf etish
c) inson dunyoqarashini tarbiyalash va shakllantirish
d) borliqning foydali tomonlarini o'rganish
63. "Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada
yangilanib
turadi". Bu falsafiy hikmat kimga mansub?
a) Geraklitga
b) Ksenofanga
c) Aflotunga
d) Arastuga
64. Demokrit, Epikur va Lukretsiy Kar o'z falsafiy ta'limotlarida qaysi yagona fikrni ilgari
surganlar?
a) olam moddalardan iborat
b) olam g'oyalardan iborat
c) olam atomlardan iborat va ular-bo'linmas va o'zgarmas
d) olamdagi hamma narsa harakatda
65. Tasavvuf ta'limotida "vahdoniyat" tushunchasi nimani anglatadi?
a) Ollohning birligini
b) Olloh va olamning porlab turishini
c) fano bo'lishni
d) orif shaxsning Olloh bilan ruhan birlashib ketishini
66. "Vujudi vojib" (Olloh) tufayli "vujudi mumkin" (barcha narsalar) yashash huquqiga ega.
Bu
fikr qaysi alloma falsafasiga xos?
a) Abu Mansur Moturudiyga
b) Farobiyga
c) Beruniyga
d) Ibn Sinoga
67. Estetik tarbiya nima?
A. guzallikni tatbik etish
V. ijodiy faol bo'lgan inson shaxsni shakllantirish
S. insonparvarlik
D. ta'lim tarbiya vositasi
68. San'atda go'zallikning ifodasini ko'rsating?
A. ijtimoiy xayot
V. inson mexnati
S. san'at tabiatini anglash
D. tabiatdagi go'zallik
69. «Estetika» fanining o'rganish doirasi nima?
A. borliqni estetik o'zlashtirish doirasi va qonuniyatlari
V. moddiy va ma'naviy boyliklar doirasi va qonuniyatlari
S. voqelik olami
D. go'zallik olami
70. Farobiyning estetikaga doir asarini ko'rsating.
A. Musiqa haqida katta kitob
V. Fozil odamlar shahri
S. Musiqa haqida so'z
D. Xattotlik haqida kitob
71. San'atda badiiy haqiqat qanday namoyon bo'ladi?
A. san'at asarlarida
V. badiiy qiyofalar tizimi orqali
S. obrazlarda
D. amaliyotda
72. Badiiy adabiyot nima?
A. xalq madaniy merosi
V. badiiy madaniyat turi
S. milliy tafakkur turi
D. so'z san'ati
73. Quyidagilardan qaysi biri estetiga kategoriyasi hisoblanmaydi.
A. go'zallik
V. ulug'vorlik
S. Axloq
D. kulgililik
74. Materializm bu...
borliqdagi barcha narsalarning birlamchi asosi moddiy ibtidodir, deb e'tirof qiladigan
falsafiy ta'limot
moddiy olamdagi barcha narsalarni ikkilamchi ekanligini e'tirof qiladigan ta'limot
g'oya barcha mavjud narsalarning majmuasidir, deb hisoblaydigan kontseptsiya
olamdagi barcha nomoddiy narsalarni keltirib chikaradigan birlamchi substantsiya
haqidagi
qarashdir
75. Idealizm bu...
barcha narsalarning birlamchi asosini tashkil qiladigan moxiyat ruxdir, deb e'tirof qiladigan
ta'limot
moddiy va ma'naviy narsalarni keltirib chiqaradigan ruxiy substantsiyalar majmuasi
xaqidagi
qarash
ideal olam haqidagi qarashlar tizimi
«men uchun mendan yukori bo'lgan narsa yo'qdir», deb hisoblaydigan ta'limot
76. Ratsionalizm bu...
bilimimizning shakl va mazmunini, faoliyatimiz tartibi va yunalishini akl belgilaydi deb
hisoblaydigan ta'limot
barcha narsa va xodisalar, axborot va bilimlar manbai ongdir deb hisoblaydigan ta'limot
butun moddiy va ma'naviy faoliyatimizni, uning yunalishi va istikbolini akl boshkaradi deb
hisoblaydigan ta'limot
barcha javoblar to'g'ridir
77. Panteizm bu...
xudo shaxssiz ibtido bo'lib, tabiat bilan aynanligini e'tirof etadi
olam yagona sifatdan tashkil topgan deb tushuntiruvchi ta'limotdir
borlik haqidagi ta'limotdir
tabiat haqidagi ta'limotdir
barcha javoblar tugri
78. Xarakat va o'zgarishlarni inkor kiladigan aporiyalarni muallifi kim?
Zenon
Aristotel`
Sukrot
Platon
79. O'zgarish, xarakat va rivojlanish manbai ziddiyat ekanligini kim aytgan?
Gegel`
Leybnits
Ko'zanskiy
Kant
80. Bilish nima?
vokelikni inson ongida in'ikos etishga karatilgan faoliyatidir
vokelikda moda, energiya va axborotni miyada ifodalanishi
vokelikdan olingan tasavvurlarni ongda bir tizimga keltirilishi
barcha javoblar tugri
81. Mavjudlik tushunchasi
borlikdagi barcha narsa va xodisalarni vokeligi, bor bo'lishi
borlikni mavjudmasligi
borlik va yuklikni mavjudligidir
imkoniyatni mavjudligidir
82.Ruxiy borliq...
ong, e'tikod, akl – zakovat va xis – tuygulardan tashkil topgan ma'naviy mavjudlikdir
odamni ichki dunyosini ifodalaydi va faqat tafakkur bilan bog'liq bo'lgan mavjudlik shakli
ma'anviy olamni belgilaydigan xosila
ichki dunyoni tashkariga chikaradigan ongdir
83. Inson borlig'i
insonning bio – tabiiy, ijtimoiy, shaxsiyatli va ma'anviy jihatlari birligi
barcha yer yuzida yashovchi kishilarni hayoti
individning iqtisodiy va ma'naviy, siyosiy va huquqiy xossalarini majmuasi
xis kiluvchi va fikrlovchi odam hayoti
84. «Dialektike texne» (baxslashuv san'ati) tushunchasini kim ishlab chikkan?
Sukrot
Zenon
Parmenid
Platon
85. «Transtsendental dialektika» tushunchasini kim ishlab chikkan?
Kant
Vol`f
Leybnits
Gegel
86. Idealistik dialektika ta'limoti va usulini kim ishlab chikkan?
Gegel
Vol`f
Kant
Leybnits
87. Materialistik dialektikani kim ishlab chikkan?
Marks
Kant
Shelling
Gegel
88. Til va ma'no, tushunish dialektikasini kimlar ishlab chikishgan?
germenevtiklar
yangikantchilar
dialektik iloxiyotchilar
ekzistentsialistlar
89. Xayot, o'lim va mavjudlik dialektikasini kimlar ishlab chikkan?
ekzistentsialistlar
Germenevtiklar
Yangikantchilar
dialektik iloxiyotchilar
90. Materiya tushunchasi ...
ob'ektiv borlikni ifodalaydigan falsafiy katigoriya
olamdagi narsalarning moxiyatini belgilovchi xodisa
moddiy olamdagi barcha xodisalarni ifodalaydigan tushuncha
barcha javoblar tug'ri
91. Xarakatning asosiy shakllari ...
issiklik, yoruglik, magnetizm, o'zgarish va kimyoviy birikish
mexanik, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy xarakatlar
mexanik o'zgarish, issiklik, parchalanish, birikish, ijtimoiy xayot
urin olmashish, issiklik, yorug'lik, birikish, organik xayot
92. Fazoni me'yoriy ulchovlari ...
fazo uch ulchovli xislatga ega
fazo turt ulchovli substantsiyadir
fazo kup ulchovli moddiy asosdir
fazo aprior, ulchovsiz tushuncha
93. Vaqtning me'yoriy ulchovlari
vaqt bir ulchovli xislatga ega
vaqt kup ulchovli xislatga ega
vaqt uch ulchovli davomiylikdir
vaqt me'yoriy ulchovga ega emas
94. Dastlab vujudga kelgan kadimiy ijtimoiy ong
axlokiy ong
huquqiy ong
falsafiy ong
siyosiy ong
95. Ekologiya bu...
organizmlar uyushmasi va tashki muxit urtasidagi munosabat haqidagi fan
tabiat haqidagi fan
flora va fauna haqidagi fan
Tabiiy muxit omillari haqidagi fan
96. Dialektika qanday qonuniyatlarni o'rganadi?
umumiy aloqadorlik va rivojlanish qonuniyatlarini
bir xolatdan ikkinchi xolatga o'tish qonuniyatlarini
bir sifatli ob'ektdan ko'p sifatli ob'ektga o'tish qonuniyatlarini
bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tish qonuniyatlarini
97. Taraqqiyot tushunchasi
tizimdagi xossa va sifatni takomillashishi, yuksalishi
har qanday usish va kupayish jarayoni
narsa va xodsalarda sodir buladigan tarixiy o'zgarish
barcha javoblar tug'ri
98. Anaksimandr ta'limotida borliqning asosi nima?
apeyron
suv
olov
xavo
99. Qadimgi zamon falsafasida «Xamma narsa xarakatlanadi va o'zgaradi» degan fikrni
ilgari
surgan mutafakkir?
Geraklit.
Anaksimen.
Pifagor.
Parmenid.
100. Qadimgi Xitoy falsafiy oqimi?
Daosizm okimi.
N`yaya okimi.
Lokayata okimi.
Sank`xya okimi.
101. «Veda» kaerda paydo bulgan?
Xindiston
Misr
Bobil
Xitoy
102. Kadimgi yunon falsafasida olamning asosiga to'rt elementni ko'yib tushuntirgan
faylasuf.
Empedokl
Fales
Anaksagar
Brixispata
103. «Kurash», «Urush» barcha narsaning «otasi», «podshosi» degan faylasuf
Zenon
Parmenid
Fales
Geraklit
104. Kadimgi falsafada metafizikaning asoschisi.
Geraklit
Zenon
Parmened
Fales
105. Dunyoqarashning ilk shakli
Materializm
Idealizm
Din
Mifologiya
106. «Karma» qonuni haqidagi ta'limot qaysi mamlakat falsafasida uchraydi.
Qadimgi Xitoy
Qadimgi Xindiston
Qadimgi Yunoniston
Qadimgi Misr
107. Qadimgi Yunonistonda qaysi mutafakkir olamning asosiga olovni qo'ygan?
Anaksimen
Anaksimandr
Fales
Geraklit
108. Zenon o'z dalillarida qaysi tezisni ximoya kilgan?
Xarakat yuq
Xarakatnifikrlash mumkin emas
Xarakat tugri chiziqli
Aylanma Xarakat
109. «Avesto»dagi asosiy falsafiy g'oya
Materializm va idealizm kurashi g'oyasi
Yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash g'oyasi
Gumanizm g'oyasi
Yangi jamiyat kurish g'oyasi
110. Buyuk baxschi faylasuf
Fales
Geraklit
Demokrit
Sokrat
111. Mayevtika nima?
Iloxiy fan
Doyalik
Falsafiy yunalish
Matematikaning kismi
112. Og'zaki suxbat, savol-javob va baxslashishni yozma asardan ustun deb bilgan
faylasufni
aniklang
Platon
Sokrat
Demokrit
Fales
113. Yunon falsafasida atom tug'risidagi ta'limotning asoschisi kim?
Aristotel`
Platon
Levkipp
Empedokl
114. «O'zligingni bil» tezisi qaysi faylasufga tegishli?
Falesga
Sokratga
Aristotel`ga
Platonga
115. «Metafizika» asarining muallifi kim?
Aristotel`
Platon
Sokrat
Demokrit
116. Falsafaga gumanistik yunalish bergan mutafakkir
Fales
Geraklit
Parmenet
Sokrat
117. «Bilmasligimni bildim» xikmati qaysi faylasufga ta'lluqli?
Sokratga
Platonga
Falesga
Aristotelga
118. Qadimgi Xindistonda kasta tizimini nazariy asoslagan diniy g'oyaviy okim
Braxmanizm
Buddizm
Iudaizm
Daosizm
119. Qadimgi Xitoy falsafasida «Dao» nimani anglatadi?
Dao-materiya, borlik
Dao - xarakat, tezlik
Dao – qonun yul
Dao - jon, rux
120. Daosizm maktabining asoschisi kim?
Konfutsiy
Lao – szi
Mo - szi
Kalila
121. Qadimgi zamonda «Geotsentrik» farazni aytgan olimning nomini aniklang
Ptolemey
Porfiriy
Aristarx Samosskiy
Aleksandr Afrodiskiy
122. Kadimgi Xindistonning ilk madaniy yodgorliklari
Arfist kushiklari
Iliada
Vedalar
Lun` Yuy
123. Irratsional bilishning asosi
intuitsiya
akl
idrok
sezgi
124. Naosfera bu...
planetaning oqilona inson faoliyati bilan qamrab olgan soxasi
insonning tabiat ustunidan erishgan galabasi
texnokratiyaning yukori boskichi
tabiat tanazuli
125. Ziddiyat tushunchasi bu...
qarama-qarshi tomonlar o'rtasidagi o'zaro munosabat
konfliktli xolatlar vujudga kelishi disgarmoniyasi, yemirilishi
karama-karshi tomonlar o'rtasidagi tashki munosabatlarni aks ettiradi
mos kelishlik, uygunlikning karama-karshi tomoni
126. Sakrash bu...
mikdor o'zgarishlari natijasida predmet yoki xodisaning tub, sifat o'zgarishi, eski
sifatiningyangi sifatga aylanishi
mikdor o'zgarishlarining tabiati, bir narsaning ikkinchi bir narsaga aylanishi ,
barkarorlikning bo'zilishi
barkarorlikning bo'zilishi
bir narsaning ikkinchi bir narsaga aylanishi
127. Ziddiyatlar ta'limoti
konfliktologiya
kosmologiya
ontologiya
kataloniya
128. Ekologik ongning aks ettirish ob'ekti
tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro bog'lanish
moddiy va ma'naviy borliq
ijtimoiy borliq
jamiyat va shaxs o'rtasidagi o'zaro bog'lanish
129. Xaqiqatning namoyon bo'lishi:
konkret, abstrakt, muammoli, nisbiy
kundalik, ilmiy, tarixiy
prgressiv, reaktsion
mifologik, diniy
130. Dunyokarash asosida nima yotadi?
bilim
xissiyot
akl
e'tikod
131. Diniy dunyokarash nimaga asoslanadi?
iloxiy qudratga, e'tikod ishonchga
afsonaviy kuchlarga
bilish nazariyasiga
materializmga
132. Falsafada iloxiyot, diniy e'tikod tushunchalari bilan bog'lik fan
teologiya
idealogiya
ontologiya
dialektika
133. Postindustrial jamiyat bu...
axborot jamiyati
agrar jamiyat
sanoat jamiyati
industrial jamiyati.
134. «Moziyga kaytib ish kurmok xayrlidir» – kimning so'zlari
A.Qodiriy
A.Jomiy
A.Navoiy
A.Avloniy
135. Yerning xayot tarkalgan kismi:
biosfera
litosfera
ionosfera
naosfera
136. Inson aql idrokining olamga ta'sir kursatish chegarasi
naosfera
nonosfera
biosfera
litosfera
137. Tabiat borlig'ining tarkibiy qismi
organik, anorganik va ijtimoiy dunyo
ijtimoiy borlik
elementlar majmui
narsalar borlig'i
138. Atom tushunchasining ma'nosi
bo'linmas
ajratilgan
bulinuvchi
bir bulak, yaxlit
139. Narsa va xodisalar o'rtasidagi o'xshash tomonlarni ifodalovchi tushuncha:
ayniyat
ziddiyat
tasoddif
zaruriyat
140. Yunonchada ta'limot degani bu...
logos
ideya
sofiya
eydos
141. Jismning barcha tashki xossalarini, yaxlit va umumiyligini, nisbiy barkarorligini
ifodalovchi kategoriya.
sifat
moxiyat va xodisa
ayniyat
ziddiyat
142. Sinergetikada tartibsizlik bu...
xaos
logos
kosmos
bifurkatsiya
143. Inkorni inkor konuniyatining moxiyati:
eskining inkori, yangilikning shakllanishi va shu jarayonning doimiy takrorlanishi
tafovut va ziddiyatlarning paydo bulishi va rivojlanishi
narsa va xodisalarning mavjudligi
tafovut va ziddiyatlarning paydo bulishi va rivojlanishi, narsa va xodisalarning mavjudligi
144. Falsafani fan sifatida aniq sistema tarzida ifoda etgan buyuk yunon faylasufi
Aristotel`
Platon
Sokrat
Pifagor
145. Umumiy qonuniyatlar tarkibida, elementlarning individual rivojlanish jarayonini
belgilovchi kategoriya
aloxidalik
xususiylik
umumiylik
me'yor
146. Narsa va xodisalarning bog'lanishlari aloqadorligi va munosabatininng tartibli,
tadrijiy rivojlanishini, o'zida elementlar va ularning strukturasini ifodalagan kategoriya
sistema
mikdor va sifat
me'yor
sintez
147. Sistemaning mavjudlik xolatini belgilovchi kategoriya:
struktura
me'yor
umumiylik
ziddiyat
148. Sistemaning tarkibiy kismi:
elementlar
atomlar
g'oyalar
ziddiyatlar
149. Sistemani tashkil qilgan strukturaning o'zaro bog'lanish, aloqadorlik, munosabat
jihatlarini ta'minlaydigan nisbtan mustaqil narsa
element
ayniyat
ziddiyat
struktura
150. Ibtidoiy ongda voqe'likning fantastik in'ikosi:
mifologiya
teologiya
ideologiya
logika
151. Biror narsa va xodisaning rivojlanish jarayonining oqibatini keltirib chiqaruvchi
kategoriya:
sabab
tasodif
zaruriyat
imkoniyat
152. Narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta'minlaydigan
shart-sharoitlar, munosabatlar majmuini ifodalovchi kategoriya:
zaruriyat
sabab va okibat
tasodif
moxiyat
153. Zaruriyatning namoyon bulish shakli:
tasodif
sabab va okibat
moxiyat
ayniyat
154. Taraqqiyotning mavjud hodisalarda jo bo'lgan ob'ektiv tendentsiyasini, ob'ektning
(narsa
va xodisaning) paydo bulishi uchun shart-sharoit borligi yoki yo'qligini ifolalovchi
kategoriya:
imkoniyat va voqe'lik
zaruriyat va tasodif
sabab va okibat
moxiyat va xodisa
155. Lug'aviy ma'nosi-ko'rsatma, guvoxlik bo'lib falsafada asosiy tushunchalarni o'zida aks
ettirgan tushuncha:
kategoriya
allegoriya
teoriya
logika
156. Ilmiy bilish metodlarini o'rganadigan maxsus soxa
metodologiya
gnoseologiya
gneseologiya
metodika
157. Bilishning yuqori boskichi:
akliy bilish
noratsional bilish
irratsional bilish
xissiy bilish
158. Inson bilimining vok'elikka to'g'ri kelishi:
xaqiqat
ob'ekt
sub'ekt
abstrakt
159. Shaxs o'zida qanday sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifodalaydi?
ijtimoiy
ijobiy
ob'ektiv
sub'ektiv
160. Inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o'rnini, o'ziga xos xususiyatlarini
o'rganuvchi fan:
antropologiya
anatomiya
antropogenezis
andronomiya
161. Quyidagi keltirilgan shartlarning qaysi biri to'g'ri xulosa chiqarish uchun zaruriy talab
hisoblanadi?
A. keltirilgan asoslar umumiy tasdiklovchi xukmlar bo'lishi kerak
V. asoslar yetarli mikdorda keltirilishi zarur
S. asos-xukmlar shaklan to'g'ri bo'lmog'i va o'zaro bog'lanishda bir-birini istisno yetmasligi
shart
D. asos-xukmlar chin bo'lishi va ular tafakkur qonunlari talablariga ko'ra bog'lanishi kerak
162. Quyidagi murakkab hukmlarning qaysi biri shartli hukm hisoblanadi?
A.Shartnoma yozma, og'zaki tarzda bo'lishi mumkin
V. Agar kimki yaramas odamlarga xayrihoh bo'lib qarasa, unda jamiyatga ziyon yetkazadi
S. O'zbek madaniyat va san'atning ildizlari tarixiy zamonlarga
borib taqaladi
D. Bu jinoyatda yoki bir kishi yoki undan ortiq kishi ishtirok etgan
163. Tafakkurning shakllarini ko'rsating.
A.tushuncha, tafakkur, aql
V.g'oya, nazariya, ta'limot
S.aql, hukm, xulosa
D.tushuncha, hukm, xulosa
164. Tafakkurning qonunlarini ko'rsating.
A.ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchisini istisni qonuni
V.uchinchisini istisno, dialektika qonuni, yetarli asos qonuni
S.ayniyat qonuni,ziddiyat qonuni,inkorni-inkor qonuni
D.uchinchisini istisno, inkorni-inkor qonuni, yetarli asos qonuni
165. Ziddiyatsizlik qonuni talabiga ko'ra quyidagi hukmlarning qaysi biri bir paytda xato
bo'lishi mumkin?
A. Hamma guvohlar to'g'ri ko'rsatma berishi kerak. Hech bir guvoh to'g'ri ko'rsatma
bermaydi.
V. Hamma tabiat qonunlari obektivdir. Ba'zi tabiat qonunlari obektiv yemas.
S. Hamma suveren davlatlar o'z bayrog'i va gerbiga yega. Ba'zi suveren davlatlar o'z
bayrog'i
va gerbiga yega yemas.
D. Hamma sudyalar oliy ma'lumotlidir. Ba'zi sudyalar oliy ma'lumotli yemas.
166. Uchinchisini istisno qonunining talabini ko'rsating.
A. ikki zid fikrdan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchisiga o'rin bo'lmaydi
V. ikki qarama-qarshi hukm bir vaqtda xato bo'ladi
S. ikki qarama-qarshi hukm bir vaqtda chin bo'ladi
D. agar fikrning yetarli asosi bo'lsa, u albatta chin bo'ladi
167. Dunyoqarashning tarixiy turlarini ko'rsating.
A. materalistik va idealistik
V progressiv va reaktsion
S. ilmiy, sinfiy, milliy
D. mifologik, diniy, falsafiy
168. Falsafaning asosiy funktsiyalari qaysilar?
A. boshqarish, yo'naltira olish
V. birlashtira olish, oldindan ko'ra bilish
S. narsa va hodisalarga to'g'ri baho bera olish va tarbiyalash
D. metodologik, gnoseologik, praksiologik, evristik, aksiologik, didaktik
169. Sharq falsafasida "insoni komil" nazariyasiga kim asos solgan?
A. Forobiy
V. Ibn Sino
S. Ibn Al – Arabiy
D. G'azzoliy
170. Ekzistentsializmning dastlab qaerda vujudga kelgan?
A. Rossiyada
V. Frantsiyada
S. Hindistonda
D. AQShda
171. «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deb e'tirof etilgan mutafakkir kim?
A. Forobiy
S.Ibn Sino
V. Beruniy
D. al-Farg'oniy
172. Ontologiya qanday ta'limot?
A. borliq to'g'risidagi ta'limot
V. insonning amaliy faoliyati haqidagi ta'limot
S. axloq to'g'risidagi bilimlar, qarashlar
D. Qadriyatlar to'g'risidagi ta'limot
173. Gnoseologiya qanday ta'limot?
A. bilishning shakl, usullari to'g'risidagi ta'limot
V.tafakkur shakllarini o'rganadi
S. qadriyatlar to'g'risidagi fan
D. go'zallik haqidagi qarashlar
174. Hindistondagi dastlabki diniy-falsafiy qarashlar qaysi yozma manbaada keltirilgan?
A. Vedalarda
V. Konfutsiyning «Hikmatlar» kitobida
S. Buddizimning muqaddas kitobi «Tripitaka» da
D. Tavrotda
175. Moddiy dunyo bo'shliq va atomlardan tashkil topgan degan qarash muallifi kim?
A. Demokrit
V. Geraklit
S. Fales
D. Arastu
176. Borliqning shakllarini ko'rsating.
A. moddiy, ijtimoiy, ma'naviy
V. moddiy va ijtimoiy borliq
S. moddiy va inson borlig'i
D. materiya va moda
177. Borliqning asosiy atributlari (ajralmas xususiyatlari) qaysilar?
A. harakat, fazo va vaqt
V. harakatt va uning shakllari
S. fazo va vaqt
D. harakat va vaqt
178. Harakatning eng oddiy shakli qanday harakat?
A. mexanik
V. Fizik
S. Ximik
D. biologik
179. Harakatning eng yuqori shakli qanday harakat?
A. ijtimoiy harakat
V. biologik harakat
S. mexanik harakat
D. fizik harakat
180. Ijtimoiy harakat qaerda sodir bo'ladi?
A. jamiyatda bo'ladi
V. jonli tabiatda ro'y beradi
S. jonsiz tabiatda ro'y beradi
D. butun borliqda ro'y beradi
181. Harakat bu...
A. butun borliqdagi barcha o'zgarishlar
V. faqat jamiyatda ro'y beradi
S. faqat jonsiz tabiatda bo'ladi
D. Jonsiz tabiatdagi o'zgarishlar
182. ... materiyaning tuzilish tartibi, ko'lamini, olamdagi narsalarning o'zaro joylashish
vaziyatini ifodalaydi. (nuqtalar o'rniga to'g'ri keladigan tushunchani qo'ying)
A. vaqt
V. fazo
S. harakat
D. substantsiya
183. ... hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi. (nuqtalar
o'rniga to'g'ri keladigan tushunchani qo'ying)
A. vaqt
V. Fazo
S. borliq
D. materiya
184. Borliqning sifatiy rivojlanish darajalarini ko'rsating.
A. anorganik, organik, ijtimoiy dunyo
V. jonli va jonsiz tabiat
S. materiya va moda
D. organik va anorganik dunyo
185. Dastlabki vaqtlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va bir butun dunyodagi barcha narsa
hamda hodisalarning asosini tashkil etadigan moddiy yoki ruhiy birlamchi asosni oxtarish
falsafada qanday tushuncha bilan ifodalanadi?
A. materiya
V. substantsiya
S. ratsionallik
D. plyuralizm
186. ….umumiy tushuncha sifatida bir butun dunyo va undagi narsa va hodisalardan tortib,
inson hayoti, ongi, kishilar faoliyatining barcha ob'ektiv va sub'ektiv sharoitlari, hatto
jamiyatda sodir bo'ladigan butun jarayonlardan iborat hamma realliklarni o'z ichiga oladi.
(nuqtalar o'rniga to'g'ri keladigan tushunchani qo'ying)
A. materiya
V. Fazo
S. tabiat
D. borliq
187. Dialektikani baxslashuv san'ati sifatida kim ishlab chiqgan?
A. Suqrot
V. Geraklit
S. Parmenid
D. Pifagor
188. Sofistika bu...
A. ongli ravishda mantik qonun-qoidalarini bo'zmasdan fikrlaydi
V. ongli ravishda mantik qonun-qoidalarini bo'zib fikrlaydi
S. bilishni ziddiyatli ekanligini inkor qiladi
D. falsafada mantiqqa tayangan yo'nalish
189. Dogmatizm bu...
A. hamma narsani o'zgarishda rivojlanishda deb o'rganuvchi ta'limot
V. dogma haqidagi ta'limot
S. hamma narsani o'zgarishsiz qotib qolgan holda o'rganuvchi ta'limot
D. dogmaga asoslangan faoliyat turi
190. Dialektika ta'limotida qonun tushunchasi
A. olamdagi ob'ektlarning xarakatini yo'naltiradigan xislat
V. qonun jamiyatda amal qiladigan qonunlarni ifodalaydigan tushuncha
S. insonlar va narsa va xodisalarning harakatini belgilaydigan bog'lanishdir
D. narsa va xodisalar o'rtasidagi ichki, zaruriy, takrorlanadigan aloqa va bog'lanishdir
191. Narsa-hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushuncha-bu …
A. tafovut
V. Ziddiyat
S. qarama-qarshilik
D. qarama-qarshiliklar o'rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
192. Ziddiyat nima?
A. qarama-qarshiliklar o'rtasidagi munosabatni ifodalaydigan tushuncha
V. narsa-hodisalar o'rtasidagi o'xshashliklarni ifodalaydigan tushuncha
S. narsa-hodisalardagi farqlarni ifodalaydigan tushuncha
D. jamiyat va inson munosabatlarini ifodalaydigan tushuncha
193. Narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo'lib, uning xossa, xususiyatlari birligini
ifodalaydi
A. sifat
V. Me'yor
S. miqdor
D. tafovut
194. Miqdor va sifat o'rtasidagi birligini ifodalaydigan tushuncha
A. Me'yor
V. sakrash
S. Ayniyat
D. tafovut
195. Tabiat va jamiyatda sodir bo'ladigan mikdor o'zgarishlari natijasida predmet yoki
xodisaning tub, sifat o'zgarishi bu...
A. Sakrash
V. qarama-qarshiliklar
S. Ziddiyat
D. me'yor
196. Eskini yangi bilan almashinuvi…
A. inkor deb aytiladi
V. miqdor deyiladi
S. me'yor deyiladi
D. qarama-qarshilik deyiladi
197. Inkorni-inkor qonuni bo'yicha taraqqiyot …
A. spiralsimon shaklga ega bo'ladi
V. to'g'ri chiziqli bo'ladi
S. chiziqlar tutashgan aylana shaklda bo'ladi
D. vorissiz bo'ladi
198. Narsa, hodisalar, jarayonlarga xos doimiy, takrorlanadigan belgilar, xususiyatlar
yig'indisini aks ettiruvchi falsafiy tushunchani ko'rsating?
A. Umumiylik
V. sabab
S. oqibat
D. alohidalik
199. Ma'lum sharoit mavjud bo'lgan taqdirda albatta yuz beradigan voqea yoki hodisa
qaysi?
A. zaruriyat
V. tasodif
S. butun
D. imkoniyat
200. Olamdagi narsa va hodisalar doimo o'zgarishda, o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikda,
rivojlanish va taraqqiyotda deb hisoblovchi ta'limotni ko'rsating?
A. dialektika
V. metafizika
S. eklektika
D. sofistika
201. In'ikosning oliy shakli, inson miyasining xossasi, ijtimoiy (jamiyat) taraqqiyotining
mahsuli degan ta'rif qaysi ma'naviy hodisaga taalluqli?
A. Ongga
V. Ma'naviyatga
S. Ruhiyatga
D. Sezgiga
202. Ijtimoiy ong shakllaridan qaysi biri voqelikni badiiy obrazlar orqali aks ettiradi?
A. axloqiy ong
V. diniy ong
S. estetik ong
D. huquqiy ong
203. Olamni, voqelikdagi moddiy va ma'naviy sistemalar mohiyatini, tabiat va insoniyat
qonuniyatlarini ishonarli bilish mumkinligini inkor etuvchi ta'limot nima deyiladi?
A. gnostitsizm
V. agnostitsizm
S. gnoseologiya
D. aksiologiya
204. Inson bilish jarayonining umumiy natijasi bu…
A. idrokdir
V. tushunchadir
S. bilimdir
D. sezgidir
205. Inson bilishining bosqichlarini ko'rsating.
A. sezgi, idrok, tasavvur
V. hissiy va aqliy (mantiqiy) bilish
S. tushuncha va xulosa
D. hukm va xulosa
206. Hissiy bilish shakllarini aniqlang.
A. sezgi, idrok, tasavvur
V. tushuncha, hukm, xulosa
S. til, belgi, ma'no
D. kuzatish, analiz, sintez
207. Aqliy (mantiqiy) bilish shakllari qaysilar?
A. tushuncha, hukm, xulosa
V. sezgi, idrok, tasavvur
S. kuzatish, analiz, sintez
D. induktsiya, deduktsiya, analogiya
208. Nazariy bilishning usullari qaysilar?
A. kuzatish, analiz, sintez, eksperiment
V. abstraktlashtirish, konkretlashtirish, eksperiment
S. induktsiya, deduktsiya, modellashtirish
D. kuzatish, abstraktlashtirish, analiz, sintez
209. Bilishning sub'ektini ko'rsating.
A. barcha tirik mavjudotlar
V. tadqiqot olib boruvchi inson
S. reallikning o'zi
D. borliqning barcha ko'rinishlari
210. Bilishning ob'ektini ko'rsating.
A. faqat tabiat va jamiyatdagi narsalar va hodisalar
V. faqat inson faoliyati
S. tadqiqot doirasiga tortilgan har qanday narsa-hodisa
D. faqat jonli tabiat
211. Ilmiy bilish qanday bilish?
A. fan yordamida bilish
V. axloqiy normalar yordamida bilish
S. diniy qadriyatlar yordamida bilish
D. faqat san'at vositalari orqali bilish
212. Ob'ektni qismlarga bo'lib, tahlil qilib, shu qismlarni fikran bir butunga birlashtirishni
qaysi metod o'rganadi?
A. kuzatish va eksperiment
V. analiz va sintez
S. modellashtirish
D. analogiya
213. Insonni faoliyatga undovchi sabablardan birini toping?
A. Ehtiyojlar
V. Maqsadlar
S. Orzular
D. Xayollar
214. Globallashuvning vujudga kelishiga asos bo'lgan yirik sabablarni toping?
A. hayotning barcha sohasidagi integratsiyalashuv
V. fan va texnika kashfiyotlari
S. falsafada yangi ta'limotlarning vujudga kelishi
D. odam sonining keskin o'sishi
215. O'zbekistonda fuqarolik jamiyat qurish kontseptsiyasi qanday nomlanadi?
A. «Nodavlat, notijorat tashkilotlari»
V. «Iqtisodiy munosabatlar takomillashgan jamiyat»
S. «Kuch – bilim va tafakkurda»
D. «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari»
216. Moddiy va ma'naviy boyliklar yig'indisi, jamiyat, insonning sifat ko'rsatkichi – bu...
A. madaniyat
V. qadriyat
S. ma'naviyat
D. ong
217. «Sivilizatsiya» qanday ma'noni bildiradi.
A. «jamiyatga tegishli»
V. «fuqarolikka oid»
S. «din rivoji»
D. «axloqqa taalluqli»
218. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
A. milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo'linadi
B. siyosiy, madaniy ma'naviy, axloqiy turlarga bo'linadi
S. moddiy va ma'naviy tarlarga bo'linadi
D. siyosiy, ijtimoiy, madaniy ma'naviy, axloqiy turlarga bo'linadi
219. Siyosiy hodisalar va munosabatlar (siyosiy ong, siyosiy faoliyat) o'zaro bog'liqlikda
o'rganiladigan falsafaning tarkibiy qismi qanday ataladi?
A. madaniyat falsafasi
V. qadriyatlar falsafasi
S. borliq falsafasi
D. siyosat falsafasi
220. Ko'zga ko'rinmas lekin ulkan va mutloq aybsiz ahloqiy mezoniy tushuncha nima deb
ataladi?
A. vijdon
V. burch
S. ezgulik
D. yovuzlik
221. Mohiyatan davlat jamiyat shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular
oldidagi
majburiyat qanday ataladi?
A. or – nomus
V. burch
S. vijdon
D. yaxshilik
222. Ahloq tuzilmasini ko'rsating.
A. ahloqiy anglash
V. ahloqiy xis etish
S. ahloqiy munosabat
D. barcha javoblar tug'ri
223. Etika atamasini birinchi bo'lib kim muomalaga kiritgan?
A. Fales
V. Demokrit
S. Sokrot
D. Aristotel`
224. «Axloq » so'zi arabchadan olingan bo'lib u ...
A. «Madaniyat» so'zining xususiy shaklidir
V. «Xulq» so'zining ko'plik shaklidir
S. «Yashxi» so'zining ko'plik shaklidir
D. «Odob» so'zining juz'iy shaklidir
225. Jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo'la oladigan ijobiy xatti –
xarakatlar yig'indisi – bu...
A. ahloq
V. huquq
S. san'at
D. din
226. Insonparvarlik tuyg'usini qanday tushunasiz?
A. kishining o'zi uchun, o'z urug'-aymog'i uchun qayg'urishi
V. nogiron va ojiz kishilarga qilgan g'amxo'rligi
S. insonlarni sevish, yordamga muxtoj kishiga mehr-shavqat qilib yordam bera olishi,
rostgo'y,
adolatparvar, axloqan barkamol insonparvar degan nomga sazovor bo'la olishi
D. insonparvar bo'lish qiyin, chunki bunday tushuncha chiroyli ibora xolos, odamlar birbirlarini ko'ra olmaydi, bir-biriga dushman
227. Axloq deganda nimani tushuniladi?
A. axloq xudoning insonga bergan in'omi
V. axloq kishining turli xil kayfiyatlari
S. axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, insonning yurish-turish qoidalari va xulq-atvori
me'yorlari
D. axloq yaxshilik va yomonlikning o'lchov mezoni
228. Axloqning ijtimoiy hayotdagi roli nimadan iborat?
A. odamga omad va baxt-saodat keltiradi
V. kishini xato qilmaslikka undaydi
S. insonni ma'naviy kamolotga yetkazadi, jamiyatni ma'lum muvozanatda saqlab turishga
imkon
beradi
D. kishining o'z nafsini tiya bilishini va insofli bo'lishini ta'minlaydi
229. Axloqning ma'naviy manbalari nimadan iborat?
A. axloq xudoning irodasiga bog'liq
V. axloq hayotiy tajribalar davomida takomillashadi
S. axloq ilm-ma'rifat orqali shakllanadi, kishining hayotiy mazmuni va hayotiy maqsadini
qanday tushunishiga bog'liq
D. axloq kishining ijtimoiy faolligi, intilishlari va epchilligining mahsulidir
230. Oddiy axloq me'yorlarini aniqlang.
A. o'z burchiga sadoqatligi
V. hayot mazmunini to'g'ri tushunishni bilish
S. halollik, haqiqatgo'ylik, sahiylik, mehmondo'stlik, xushmuomalalik, kamtarlik
D. o'z hayotida adashmaslik, hayot maqsadini to'g'ri tanlash
231. Axloq qanday kuchga tayanadi?
A. muayyan siyosiy tuzum tomonidan himoya qilinadi
V. jamoatchilik fikriga
S. zo'rlik kuchiga tayanadi
D. tarbiyalash, o'qitish va o'rgatishga
232. Axloqiy me'yorlarni buzgan shaxslarga qarshi qanday chora va tadbirlar ko'riladi?
A. jismoniy qiynash zarur, tayoq tarbiyasini qo'llash ma'qul
V. jismoniy javobgarlikka tortmoq lozim
S. jamoatchilik hukmi asosiy vosita bo'lmog'i lozim
D. ota-ona tegishli tanbeh bermog'i lozim
233. Axloqiy tarbiya qaerdan boshlanadi?
A. eng avvalo oiladan, so'ngra bog'cha va maktabda davom qilmog'i lozim.
V. hayotning o'zi katta tarbiya maktabidir, uni tarbiyalab o'tirish kerak emas
S. avvalo bog'cha va maktabda
D. ishlab chiqarish jamoasi muhim tarbiya rolini o'ynashi mumkin
234. «Estetika» terminining ilmiy muamalaga kim kiritgan?
A. Gegel`
V. Baumgarten
S. Aflotun
D. Kant
235. Estetik faoliyat asosini nima tashkil etadi?
A. san'at
V. insonning muayyan talab va extiyojlari
S. estetik extiyojlar
D. badiy faoliyat
236. Estetikaning asosiy tushunchasini ko'rsating?
A. go'zallik
V. Fojiaviylik
S. Kulgililik
D. ulug'vorlik
237. San'at asarlarining umrboqiyligi nimaga bog'liq?
A. badiiy shakliga
V. G'oyasiga
S. uslubiga
D. obrazlariga
238. «Teatr» so'zi qaysi tildan olingan?
A. lotincha
V. Yunon
S. Ingliz
D. frantso'z
239. Teatr san'ati qanday san'at?
A. ichki harakat
V. drammatik harakat
S. tomosha san'ati
D. saxna harakati san'ati
240. Estetik tarbiya nima?
A. guzallikni tatbik etish
V. ijodiy faol bulgan inson shaxsini shakllantirish
S. insonparvarlik
D. ta'lim tarbiya vositasi

Yüklə 39,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin