119. Axloqiy ong qachon paydo bo‘lgan? a) kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida;
b) aqliy va jismoniy mehnat ajralib chiqqandan so‘ng;
v) dunyoviy dinlar vujudga kelgandan so‘ng;
g) ibtidoiy davrning o‘rta va so‘nggi bosqichlarida.
120. Axloq nima? a) ijtimoiy muhit talabi va ehtiyojlari asosida shakllangan kishilarning xatti-xarakatlari va o‘zaro munosabat normalari;
b) mifologik dunyoqarash asosida vujudga kelgan urf-odat va rasm-rusmlar;
v) jahon dinlarining vujudga kelishi bilan shakllangan e’tiqod va ibodat qilish usullari, qoidalari;
g) diniy tasavvurlar orqali shakllangan kishilarning iloxiy qudrat va o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan qonun qoidalar, rasm-rusm, ibodat qilish uslublariga asoslanib kechilgan hayot tarzi.
121. «Falsafiy ong» ijtimoiy ongning alohida shakli sifatida nimalarni o‘zida aks ettiradi? a) kishilar ongida ijtimoiy munosabatlarning in’ikos etilish shakllarini;
b) mavjud siyosiy munosabatlarning kishilarning kundalik ong darajasida aks etilishini;
v) insonning tashqi olam predmet va hodisalarga bo‘lgan munosabatlarning kishilar ongida yaxlit xolda aks ettirilishini;
g) «a» va «b» hollarda;
122. «Madaniyat» tushunchasi nimani anglatadi? a) kishilar tomonidan yaratilgan ma’naviy qadriyatlar;
b) kishilar tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indicini;
v) kishilar tomonidan shakllantirilgan axloq normalari, xatti-harakatlar, xulk-atvorlar majmuasini;
g) kishilar tomonidan ishlab chiqilgan, yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni.
123. Kishilarning ma’lum hudud va davrdagi moddiy hamda ma’naviy madaniyatini to‘laroq aks etdiruvchi falsafiy tushunchani toping. a) tarixiy davr; b) kishilarning tarixiy birliklari; v) sivilizatsiya; g) etnik birlik.
124. «Madaniyat» tushunchasining eng muhim belgilaridan birini toping? a) uning ikkiyoqlamaligi, ikki xil sifatga ega bo‘lishi;
b) uning ijtimoiy ongning alohida shakli ekanligi;
v) uning konservativ xarakterga egaligi;
g) uning diniy tasavvurlar bilan chambarchas bog‘liqligi.