«Falsafa» umumiy va keng tushuncha bo‘lib, olam, unda odam va uning uyushmalari (jamoalari, ijtimoiy harakatlari, partiyalari,va davlatlari )ning o‘rni, qisqasi inson omili qanday? degan savollarga xar bir tarixiy davrda, mintaqa va mamlakat xalqlari tafakkur va turmush tarzlaridan kelib chiqib, turlicha qarashlar mavjud bo‘lib kelgan va xozir xam shunday.
«Falsafa» lotincha «filosofiya» so‘zining o‘zbekchalashgan shakli bo‘lib, u «donishmandlikni sevish» ma’nosini anglatadi. Nemis filosofi Gegelning fikricha, falsafa donishmandlikning o‘zidir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, qo‘shiqlardan tortib, barcha dinlarning muqaddas kitoblaridagi olam, unda odamning o‘rni qanday bo‘lishi kerak, degan savolga o‘ziga xos javoblar bor. SHuning uchun qadimgi greklar barcha fanlarni falsafa, ya’ni donolik, donishmandlik ifodasi xisoblaganlar.
Falsafa fan sifatida mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonunlarini, odam-olam munosabatlarining tub mohiyatini bilishga imkon yaratadi. Bu haqda o’rta asrning mashhur faylasufi, «Ikkinchi muallim» nomi bilan jahonga tanilgan olim Abu Nasr Forobiy bunday deydi: «Mavjudot haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, shu haqda ta’lim berilsa, mavjudotdan bo‘lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo‘lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz.
Natijada odatiy (kundalik) ongda tarixan «falsafa – fanlar fani», «falsafa – fanlar onasi» degan fikr keng tarqalgan.
Falsafa fanining qonunlari, kategoriyalari, tushunchalari, tamoyillari va falsafiy bilish metodlari shakllanishi uzoq tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Ana shular orqali olamni, unda odamning o‘rnini falsafiy anglash imkoniyati vujudga keladi. Biz yashayotgan tarixiy davrda barcha kadrlar o‘zlarida falsafiy (donishmandlarcha) fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari ijtimoiy taraqqiyotda inson omilining o‘rni va rolini ilmiy anglab olishlari uchun kafolat bo‘ladi.
Falsafa bilimi ochiq-oydin ishonchli dalil-hujjatlarga ega bo‘ladi.Odamlar falsafa yo‘li bilan isbot etilgan mavjud narsa haqida to‘la ishonch va qanoatga ega bo‘ladilar».
G‘arb mamlakatlarida esa endilikda falsafaga extiyoj qolmadi, chunki u parchalanib, barcha fanlarga, ayniqsa ijtimoiy va gumanitar fanlarga tarqab ketdi, degan nuqtai nazardan kelib chiqib munosabat belgilash mayli kuchlidir.