Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə110/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Qadriyat tasnifi
Falsafiy adabiyotlarda qadriyatlarning turli tiplari ajratib ko‘rsatiladi.
1. Qadriyatlar quyidagi belgi bo‘yicha farqlanishi mumkin: Nima baholanyapti va nimaga asosan baholanyapti? Shu bilan bog‘liq ravishda ular quyidagicha turlarga ajratiladi:
a) predmetli qadriyatlar - qadr-qimmat munosabatlarining obyektlari, ya'ni voqyelikdagi subyekt uchun muayyan qimmatga ega bo‘lgan hodisalar. Ularga quyidagilar kiritiladi:

  • tabiiy obyektlar, jarayonlar va hodisalar;

  • ijtimoiy obyektlar, jarayonlar va hodisalar.

b) subyektli qadriyatlar - u yoki bu hodisalarni baholash tadbirini o‘tkazishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi usullar va mezonlar. Ularga quyidagilar kiradi:
-me'yoriy taqdimnomalar sifatida bayon etilgan ko‘rsatmalar, baholar, imperativlar, maqsadlar, loyihalar.
2. Qadriyatlar sotsiumining qanday sohasi bilan bog‘liq ekanligiga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Shundan kelib chiqib axloqiy, badiiy, utilitar, ilmiy, diniy va boshqa qadriyatlar farqlanadi.
3. Qadriyatlar umumiylik darajasiga qarab, ya'ni, u yoki bu hodisa qancha miqdordagi subyektlar uchun qimmatga ega ekanligiga qarab ham farqlanadi. Shu bilan bog‘liq ravishda quyidagi turlar ajratib ko‘rsatiladi;
- individual qadriyatlar;

  • guruhiy qadriyatlar (milliy, diniy, jinsiy, yosh); ushbu guruhlar doirasida g‘arb va sharq qadriyat tizimlari haqida so‘z yuritish mumkin.

  • umuminsoniy;

4. Qadriyatlar ular subyekt tomonidan qay darajada o‘z xususiy maqsadi yoki tamoyillari sifatida tan olinishi yoki tashqi sharoitdan kelib chiquvchi bir narsa sifatida qabul qilinishiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Shu bilan bog‘liq ravishda tashqi va ichki qadriyatlar ajratiladi.
5. Qadriyatlar inson hayoti va faoliyatining negizlari uchun, uning ehtiyojlari va mo‘ljallarining mohiyatini ifodalash uchun qayo darajada qimmatga ega ekanligiga qarab ham farqlanadi. Shu munosabat bilan ular quyidagi turlarga ajratiladi:
- mutlaq yoki boqiy qadriyatlar (konstantalar);

  • vaziyatli, o‘tkinchi yoki qadriyatlar va qadriyaviy mezonlarining muayyan tarixiy shakllari (empirik o‘zgaruvchan qadriyatlar).

  1. Qadriyatlar ular bajaradigan funksiyaga ko‘ra ham farqlanadi. Shu bilan bog‘liq ravishda qadriyatlar mezon usuli sifatida, qadriyatlar ijtimoiy guruhlarda nazorat usuli sifatida, qadriyatlar ijtimoiy tartibni yaratish va saqlashda funksional zarur bo‘lgan me'yorlar sifatida ajratiladi.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin