Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə121/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Inson XIX-XX asrlar falsafasida. XIX asr falsafiy fikrning inson haqidagi ta’limotni rivojlantirishdagi eng muhim yutuqlaridan biri - bu Lyudvig Feyerbaxning (1804-1872) falsafiy antropologizmidir. U inson mohiyati muammosini falsafasining «birdan-bir, universal va eng oliy» muammosi sifatida qaradi va birinchi planga olib chiqdi. Biroq Feyerbax, aslida, insonga biologik nuqtai nazardan qaraydi, uning ijtimoiy mohiyatini izohlamaydi.
Antropologik tamoyil (ya’ni, obyektiv olamni inson mohiyatining hosilasidan iborat bir narsa sifatida qarash) ekzistensializm, hayot falsafasi, falsafiy antropologiya, antroposotsiologiya, freydizm va boshqa ko‘plab falsafiy va ijtimoiy oqimlarning asosida yotadi.
Ekzisensialistlar (J.P.Sartr, A.Kamyu va hokazo) falsafaning asosiy muammosi deb insonning mavjud bo‘lishi masalalarini hisoblaydilar (Ekzistensiya). Inson faqat o‘zini anglashi mumkin. K.Yaspers yozganidek: «Mavjud bo‘lish bilish demakdir va men ong sifatida mavjudman». Ekzistensializmning asosiy tamoyili - erkinlik tamoyilidir. Inson «ozod bo‘lishga mahkum etilgan» (J.P.Sartr). Ijtimoiy hayotning tangliklaridan chiqishning yo‘li - shaxsning individualistik borlig‘ida. Insonning o‘z diqqat markaziga qo‘yuvchi yana bir oqim – «falsafiy antropologiya». Bu oqimning asoschisi - Maks Sheler (1874-1928) falsafaning asosiy masalasi «Inson nima?:» degan savoldan iborat deb hisobladi.
Freydizmga avstriyalik psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) asos solgan. U shaxs tuzilmasida uchta asosiy qatlamni ajratib ko‘rsatdi «U» ongosti, «Men» yoki «EGO» (ong), Yuksak «Men» (yuksak ong).
Inson, individ, shaxs
Individ, individuallik. Falsafa va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarda «individ», «individuallik», «shaxs» singari tushunchalar ko‘p qo‘llaniladi. Ularning o‘xshashligi va farqlari nimada? Bu tushunchalarning har birining mohiyati nimadan iborat?
Yuqoridagi tushunchalar qatorida «individ» tushunchasi birinchida turadi. U eng avvalo, muayyan insonning boshqa odamlardan alohi­da­li­gi­ki, «chegaralanib» olganligini ifoda etadi. Individ - bu Homo sapiens biologik turining ayrim olingan, yakka vakili. Individning asosiy xususiyati - bu uning boshqalardan ajralganligi, alohida­ligidir. Individ - bu insonning eng oddiy va abstrak tavsifi.
Shunisi qiziqki, turli fanlar «individ» tushunchasini turlicha talqin etadilar. Masalan, psixologiya ushbu tushunchani ikki aspektda ko‘radi: a) individ ayrim olingan tabiiy mavjudot, tug‘ma va orttirilgan xususiyatlarning mahsuli, individual, o‘ziga xos xususiyatlarning sohibi sifatida; b) insonlar jamoasining alohida olingan vakili; o‘zining biologik cheklanganlik doirasidan chiquvchi qurollardan, belgilardan foydalanuvchi va ular vositasida o‘z xulqi hamda psixik jarayonlarini kasb etuvchi ijtimoiy mavjudot.20
Psixologiya individning asosiy qirralari deb quyidagilarni hisoblaydi: 1) psixofiziologik tashkillashuvning yaxlitligi; 2) atrof dunyo bilan o‘zaro ta’sirdagi barqarorlik; 3) faollik21.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin