Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Arabiyning fikriga qaraganda tangri taolo ilohiy nurdan ahli avvalni yaratdi va uning suvratu shaklini «Komil inson» qiyofasida zuxur etdi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə126/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Arabiyning fikriga qaraganda tangri taolo ilohiy nurdan ahli avvalni yaratdi va uning suvratu shaklini «Komil inson» qiyofasida zuxur etdi. Shu ma’noda Alloh odamni raxmon suratida yaratdi, degan hadis mavjud. (qarang Komilov N. Tasavvuf. T. 1996 1—kitob 145 —bet).
Ibn Arabiyning Ta’kidlashiga ko‘ra, komil insonning yerdagi timsoli hazrati payg‘amarimiz Muxammad Salloloxu Vasallamdir. Ul zot vujudida aqliy, ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi. Alisher Navoiy «Hayratul abror»idan olingan quyidagi baytda Muxammad Alayxissalomning Odam atodan burun borligi aytilgan: «Ulki odamdin burun ul bor edi, ham Noibi, ham sohibi asror edi». Bu hikmat zamirida Allohning odamga bo‘lgan buyuk muxabbati yotadi.
Ketma-ketligi jihatdan olam birinchi, odam ikkinchi barpo bo‘ldi, lekin olamni yaratishdan mantiqan ko‘zlangan maqsad odam edi. Odam — maqsad, olam — vositadir. Buni Aziziddin Nasafiyning «Komil Inson» risolasida ham ko‘rish mumkin. U aytadiki «inson olami sag‘ir (kichik olam), ilohiy va moddiy olam birgalikda olami kabir» (ulug‘ olam)dir. Ulug‘ olamdagi jamiki narsa va hususiyatlar kichik olamda mavjuddir, inson katta olamning kichraytirilgan nusxasidir.
Nasafiy komil insonga ta’rif berib, «komil inson, deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo‘lgan odamga aytadilar», deydi. Boshqacha ayttanda komil inson shundayki, unda to‘rtta narsa kamolga yetgan bo‘ladi:
Yaxshi so‘z. Yaxshi fe’l. Yaxshi axloq va maorif.
Komillik – insonning kamolotga erishuv jarayonidagi barkamolligi darajasini ifodalovchi tushuncha. Komillikning har bir davrga xos mezonlari mavjud. Inson kamolotida jismoniy go‘zallik muhim ahamiyat kasb etadi. Jismonan baquvvat, sog‘lom bo‘lish nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyatdir. Sog‘ tanda sog‘lom aql xammaga xam nasib etavermaydi. (Qadimgi Afina). Komil inson - tom ma’nodagi ziyolidir. Ziyoli, ya’ni o‘zligini anglab yetgan insonda imon, ilm va amal birligi vujudga keladi. Bunday inson o‘zidan atrofga ziyo tarata boshlaydi, o‘zga insonlar ruhini ham ma’rifatli etadi, ko‘ngillarni nurlantiradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin