Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə140/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Vatanparvarlik. Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu - vatanparvarlik. U insonning o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko‘pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa bu tamoyilning qamrovi ancha keng - u insonparvarlikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o‘z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson ozodligi yo‘lidagi xatti-harakatlardir. Vatan himoyasi, bu - inson himoyasi, millat himoyasi. Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Har jabhada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch, muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich yeriga, binosining har bir g‘ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm-fan va san’atdagi yutuqlariga mehr bilan qarash, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash bular hammasi vatanparvarlikdir.
Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoyilarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bog‘liq. Zotan, ma’lum bir mamlakat fuqarosi o‘sha mamlakatdagi asosiy etnik guruh vakili bo‘lmasligi ham mumkin. Turli shart-sharoit taqozosi bilan boshqa bir hududga, mamlakatga kelib qolib ketgan fuqarolar, o‘z tarixiy vatanidan olisda tug‘ilganlar kam emas. Ularning ko‘pchiligida «tarixiy Vatan» tushunchasi xayoliy bir qo‘msash, shirin g‘ussa, o‘tkinchi intilish tarzida ifoda topadi. Aslida esa bu - mazkur Vatanga muhabbat emas, balki o‘z ajdodlariga, olis xotiraga hurmatdan, ekzotik hissiyotlardan kelib chiqadi; haqiqiy muhabbat esa, sharoit har ikki Vatandan birini tanlashni taqozo etganda, hozir yashab turgan Vatani va vatandoshlariga nisbatangina mavjud ekani aniq-ravshan ayon bo‘ladi.
Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu -millatparvarlik. U, ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo‘lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas.
Shu o‘rinda millatparvarlikni millatchilik bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga buyuklik maqomini berishga intilish bo‘lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi uchun kurashish, bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini ham fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi.
Asl millatparvar - milliy o‘zligini anglab yetgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi.
Fidoyilik. Ma’lumki, inson muayyan mamlakat va jamiyatdagi qoidalarni, huquqiy me’yorlarni buzmay yashashi mumkin. Rasmiy-huquqiy idoralar va tuzilmalar tomonidan bunday odam rasmona, jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan shaxs hisoblanadi. Lekin bunday odam axloqsiz bo‘lishi, huquq bilan hisoblashgan holda axloqni tan olmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, u o‘z mamlakatidagi jinoyat kodeksini tan olishi barobarida, qalbidagi vijdon qonunlari bilan hisoblashmaydi, jinoiy jazodan qo‘rqadi-yu, vijdon azobini bilmaydi.
Shu fikrlarni endi misolda ko‘raylik. Deylik, kuz kunlaridan birida O‘rdadagi Anhor bo‘ylab shoshib ketayotgan odam suvga cho‘kayotgan, yordamga muhtoj kishini ko‘rdi. Lekin darhol o‘zini suvga otib, uni qutqarmadi. Chunki birinchidan, cho‘kayotgan u emas, ikkinchidan, egnidagi kostyum-shim suvga tushsa rasvo bo‘ladi, uchinchidan, uning vaqti yo‘q, foydali bir ish yuzasidan uchrashuvga ketyapti, to‘rtinchidan, suv sovuq, shamollab qolishi mumkin, beshinchidan, axir, bu odamning cho‘kishiga u sababchi emas-ku! Shunday qilib, bir odam cho‘kib ketdi, ikkinchi bir odam, buni ko‘ra-bila turib, o‘z yo‘lida davom etaverdi. Buning uchun uni qamamaydilar ham, jarimaga tortmaydilar ham. U haqda faqat, qanday beshafqat, vijdonsiz odam ekan, deb fikr bildiriladi, xolos.
Endi boshqa bir o‘tkinchini tasavvur qiling: u shu zahoti o‘zini suvga otib, cho‘kayotgan odamni qutqardi, dastlabki yordamni ko‘rsatdi va taksiga harajat qilib uyiga qaytdi: kiyim-bosh shalabbo, kattagina foydadan qoldi, besh-olti kun shamollab, dori-darmonga ham mablag‘ sarfladi. Lekin u bunga achinmaydi. Voqeani eslaganida afsuslanmaydi, balki o‘z xatti-harakatidan qoniqish tuyib, jilmayib qo‘yadi, hatto bu xotirlash unga ruh beradi.
Bu hodisada biz ikki xil tamoyil bilan harakat qilgan ikki kishini ko‘rib turibmiz: birinchisi - xudbin, ikkinchisi - fidoyi inson. Garchand, qonun birinchi kishini xudbinligi uchun jazolamagani barobarida ikkinchi kishiga fidoyiligi uchun alohida imtiyoz bermasa-da, jamiyat, mahalla-ko‘y, odamlar ularga ikki xil munosabatda bo‘ladilar: xudbinlikdan ijirg‘anib, nafratlanadilar, fidoyilikdan hayratlanib, minnatdorchilik bildiradilar.
Demak, fidoyi insonga boshqalar tomonidan bu qadar izzat-hurmat ko‘rsatilishiga sabab shuki, u istisnoli holatlarda o‘zining odatiy-kundalik hayotiy majburiyatlarini va munosabatlari darajasini ixtiyoriy ravishda oshira olish qudratiga ega bo‘ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin