Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə148/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Biologik axloq. Mazkur hodisa so‘nggi bir necha o‘n yillik ichida sof tabobat muammosidan axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a’zosini boshqa bemorga jarrohlik operatsiyasi yo‘li bilan o‘tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtai nazardan qanday baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo‘lib turibdi.
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida ham asosan tibbiy axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar tushuniladi, xolos. Bu unchalik to‘g‘ri emas. Bizningcha, biologik axloq muammolari ikki yo‘nalishdan iborat: biri - insonlarning kichik biologik olam sifatidagi katta biologik olamga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq «tashqi», ikkinchisi - insonlarning «o‘z-o‘ziga va o‘zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bog‘liq ichki» axloqiy masalalar.
Biz odatda «ekologik Etika» deganimizda aynan birinchi hodisani nazarda tutamiz. Ikki biologik olamning munosabatlarini, ya’ni ekologik axloqiy muammolarni biologik axloq doirasida o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Biologik axloqning ikkinchi yo‘nalishi tibbiyot ilmi va amaliyotining tobora taraqqiy topib borishi bilan bog‘liq.
Shuningdek, totli o‘lim - evtonaziya ham biotibbiy axloqning global muammolaridan. Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan kechirilmaydi. Chunki sabrli, bardoshli bo‘lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan kechirish insonning vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, muayyan inson, bemor o‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar ichida o‘tishini biladi. Shu bois u o‘zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa bir odam - shifokordan azoblariga chek qo‘yishni so‘raydi. Uning iltimosi va shu iltimosni bajarish uchun shifokor tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday, baholash mumkin? Bu xatti - harakatlarni insoniylik va insonparvarlikning ko‘rinishi sifatida qabul qilish to‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya axloqiylikmi, axloqsizlikmi? Bu muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z yechimini kutmoqda.
Chunki tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to‘xtaganda ham, miya o‘lmasa insonni o‘ldi deyish mumkin emasligini isbotlab berdi. Dastlab miya qobig‘i, undan keyin miya tanasi halok bo‘ladi. Shundan keyingina insonni o‘lgan deb hisoblash mumkin. Zero, hozirgi kunda toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning ko‘chirib o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol qilishdir. Buning ustiga, amerikalik neyroxirurg Pol Pirson o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o‘tkazilganda ruh ham ko‘chib o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka o‘tkazilganida, yigitning fe’l-atvorida juda katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Yoki 20 yashar qizning yuragi va o‘pkasi 36 yashar ayolga o‘tkazilganda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuzaga kelgan: ayolning kulishigacha o‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash mumkin?
Biologik axloq Etikaning anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi, bu – abort. Ma’lumki, to‘rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo‘ladi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak, har qanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan huquqdan mahrum etishdir. Xo‘sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi? Yoki AQSh olimlari tomonidan «inson zotini yaxshilashga» qaratilgan tadqiqotlarni olib ko‘raylik. Ularda «yaxshilangan» - sog‘lom, kuchli intellekt egasi bo‘lgan odamlar hujayrasini ayol organizmidagi endi rivojlanishga kirishgan nisbatan «oddiy odam» hujayrasi o‘rniga ko‘chirib o‘tkazish tajribalarini olib borish mo‘ljallangan. Ular amalda tatbiq etilsa, asta-sekinlik bilan insoniyat irsiyat jamg‘armasining (genofondining) bir yoqlama o‘zgarishiga olib kelishi shubhasiz. Rumo papasi buni inson zotiga, insoniy tabiatga aralashuv, uni zo‘rlik yo‘li bilan o‘zgartirish, nafaqat katta gunoh, balki o‘ta axloqsizlik deb atadi. Xo‘sh, bunday tajribalarni qanday baholash kerak? Bu savollarga ham Etika javob topmog‘i lozim.
O‘lim jazosi. O‘lim, ma’lumki, axloqiy nuqtai nazardan eng ulkan yovuzlik hisoblanadi. Ayniqsa majburiy o‘lim. Shunga ko‘ra, o‘lim jazosining huquqiy jihatdan qo‘llanilishi mohiyatan jamiyat tomonidan yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob berishdir.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom islom dinining uch asosi borligini aytib, ularning birinchisi odam o‘ldirmaslik ekanini ta’kidlaydilar. Buni imom G‘azzoliy «Mukoshafaat ul – qulub»da shunday keltiradi:
«Termiziy va boshqa hadischilar rivoyat qiladilar:
Rasulluloh buyurdilarki:
Islomning uch dasturi bor. Dinning tamoyili shular ustiga qurilgan. Kim shu asoslardan tashqari chiqsa, bu bilan u kofirlikka qarab ketgan bo‘ladi:
1 – Qonni (odam o‘ldirishni) halol hisoblasa;
2 – Ollohdan boshqa iloh yo‘qligiga guvohlik (shahodat) bermasa;
3 – Farz bo‘lgan namozni va ro‘zani inkor etsa».34
Demak inson hayoti eng oliy qadriyat ekani diniy nuqtai nazardan ham nafaqat tan olinadi, balki birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
O‘lim jazosini kimlar qanchalik oqlashga harakat qilmasin, u - jinoyatchini jazolashdan ko‘ra, undan o‘ch olishga qaratilgan, qadim-qadimlardan kelayotgan xun olish tamoyilining «demokratlashgan», yangilangan shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Aslida esa insonning muayyan jinoyatni sodir etgan hatti-harakatlari qoralanishi kerak, uning o‘zi emas, u qilgan yovuzlik o‘limga mahkum etilishi lozim - odamni emas, yovuzlikni o‘ldirish oqilona ish emasmi?! Yovuzlikni o‘ldirish, yovuzlik sodir etgan kishining uzzoq muddatli yoki bir umrlik qamoqdagi vijdon azobi va tazarrusi bilan amalga oshirilgani durustmasmi?!
Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni shundaki, nodemokratik tuzumlarda belgilangan o‘lim jazosi kamdan-kam hollarda adolatli hukm bo‘lib chiqadi. Chunonchi, Lenin, Stalin, Hitler, Pol Potlar hukmronligida millionlab odamlarning qatl etilishi yoki shu yaqin-yaqinlarda, sho‘rolar tuzumi davrida O‘zbekistonda o‘tkazilgan «Paxta ishi» deb nomlangan qatag‘on paytida otishga hukm qilinganlarning taqdiri bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ana shu davrlarda o‘limga hukm qilinganlarning juda ko‘pchiligi ke-yinchalik oqlandi, ular gunohsiz deb topildi. Lekin hukm ijro qilib bo‘lingan: nohaq jazolangan - qatl etilgan insonlar adolat tantanasini ko‘rolmaydilar.
Uchinchidan, hatto demokratik jamiyatlarda sudlarning hamma vaqt ham yuz foiz to‘g‘ri va adolatli hukm chiqarishiga kim kafolat beradi - hakamlar ham inson, hamma qatori xato qilishi mumkin. Jamiyatning keyingi pushaymonidan qatl etilgan odamga nima foyda?
Bu misollarning hammasida o‘lim - tor huquqiy jazo doirasidan chiqib ketadi hamda tarixda aldangan, adashgan insoniyatning, jamiyatning va shaxsning axloqsizligi sifatida baholanadi. Shu jihatdan qaraganda, hozirgi paytdagi ko‘pgina demokratik mamlakatlarda o‘lim jazosining bekor qilinishini o‘sha jamiyatlar axloqiy darajasi bilan bog‘liq ijobiy hodisa deyish mumkin. Bizning mamlakatimizda ham bu borada dadil qadamlar qo‘yilganligi - avval yosh nuqtai nazaridan o‘lim jazosini qo‘llashning chegaralanganligi (60 yoshgacha), keyinroq esa uni butunlay bekor qilishga qaratilgan insonparvarlik harakatlari quvonarli voqea. Bu nafaqat bizga, balki Yer yuzidagi barcha mamlakatlarga taalluqli muhim, umumjahoniy muammo. Etika oldida ana shunday, tobora globallashib borayotgan axloqiy muammolarni hal etishda yetakchilik qilish vazifasi turibdi. Zero mazkur global muammolarni bugungi kunda Etikaning ahamiyatini belgilab beruvchi barometrlar, deyishimiz mumkin.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin