Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


jarayoni; • Globallashuv – milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə177/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

jarayoni;
Globallashuv – milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.2
Globallashuv - bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. (I.Karimov. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»)
Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informasion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman. (I.Karimov. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»)
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integrasiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investisiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unlashuvi, sivilizasiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining ortishi - tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda. Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.
Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.
Odamzod nasli XX asrning ikkinchi yarmida shunday muammolar domiga tortildi-ki, endilikda ularning iskanjasidan qutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umubashariy muammo — yadro halokatining oldini olish ko‘ndalang bo‘lib turgan bo‘lsa, II jahon urushidan keyin ahvol o‘zgardi. Aholi tabiiy o‘sishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, fan va texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yo‘lida foydlanishga ro‘ju qilinishi va bir qator mintaqalarda murakkab ekologik vaziyatning vujutga kelishi masalani chigallashtirib yubordi. Oqibatda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida turli tipdagi bashoratlar kelib chiqdi. Ana shunday sharoitda har bir aql zakovatli odam «Bunday yo‘lda qanday muammolar, qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini yetarli darajada aniq tasavvur qilmayapmizmi» — degan savolni o‘z oldiga ko‘ndalang qo‘yishi va unga javob topishi zarur bo‘lib qoldi. Bu savollarni butun jahon xalqlarining ishtirokisiz xal etib bo‘lmaydi.
Tabiatga kishilarning zug‘umi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, sog‘lig‘i, ijtimoiy muhitga bo‘lgan aks ta’siri tobora halokatli tus ola boshladi. Insoniyat bunday tahlikali holatdan faqatgina, har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa manfaatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashish, zudlik bilan ta’sirli choralar qo‘llash orqaligina qutulishi mumkin. «Butun dunyo yagona va o‘zaro bog‘liqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yuzini bolalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir»35.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin