Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli



Yüklə 6,56 Mb.
səhifə3/5
tarix24.10.2023
ölçüsü6,56 Mb.
#160879
1   2   3   4   5
Maxmudova Samira

Kategoriyalar
G.Gegel falsafasining eng kuchli tomoni dialektika hisoblanadi. U dialektikani mantiq va bilish nazariyasi bilan tenglashtiradi. Gegel falsafasida dunyo mutlaq ruhning o‘z-o‘zini rivojlantirishi sifatida namoyon bo‘ladi. Mutlaq ruh bir vaqtning o‘zida ham substansiya (borliq asosi), ham sub'ekt, ya'ni o‘z rivojlanishi va bilishining manbaidir.
Inkorni-inkor Gegel falsafasining asosiy tamoyili hisoblanadi. Ikki tomonlama inkor etish g‘oyasiga muvofiq mutlaq g‘oyaning rivojlanishi quyidagi uch bosqichdan o‘tadi: sof borliq (tezis), yo‘qlik (antitezis); mavjud borliq vujudga kelish va yo‘q bo‘lish sifatida, shakllanish (sintez). Bilishning uch bosqichi (triada) g‘oyasi Gegel falsafasini to‘la qamrab oladi. Nafaqat Gegelning butun falsafasi, balki u ilgari surgan fikrlarning har bir kichik hujayrasi ham uch qismga bo‘linadi («Mantiq fani», «Naturfalsafa», «Ruh falsafasi»).
Mantiqni Gegel ilohiy aqlga mos keladigan sof aql sohasi sifatida ta'riflaydi. U uch qismdan iborat:
- borliq
- mohiyat;
- tushuncha.
Tushuncha haqidagi ta'limotda Gegel ob'ektiv tushunchani farqlaydi u narsalarning o‘zida yashaydi, uning mavjudligi tufayli narsalar mohiyat kasb etadi, narsani anglash uning tushunchasini anglash demakdir. Sub'ektiv tushuncha bizning borliqni bilish usulimiz sifatida ta'riflanadi. Umuman olganda Gegel mantig‘ida tushunchalar (kategoriyalar)ning rivojlanuvchi tizimi o‘z ifodasini topadi. Uning fikricha, tushunchalar dialektikasi narsalar dialektikasini belgilaydi. Har bir kategoriya muayyan mazmunga ega bo‘ladi va inkorni-inkor tamoyiliga ko‘ra hal qilinadigan o‘z qarama-qarshiligining mavjudligini nazarda tutadi. Natijada yanada umumiyroq tushunchalar tizimi vujudga keladi.
Gegel naturfalsafasida o‘zi yashagan davrning ma'lum bo‘lgan ilmiy tasavvurlarini bayon etadi. U tabiatni mutlaq ruhning o‘zgacha borlig‘i sifatida tavsiflaydi va uning vazifasi o‘z falsafasining uchinchi qismi – ruh falsafasida amalga oshadigan sintezga zamin yaratishdan iborat ekanligini qayd etadi. Gegel ta'riflab bergan tabiatni o‘rganishning asosiy tamoyillari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bular: antireduksionizm, tabiatni o‘rganishga nisbatan yaxlit yondashuv, tabiatning asosiy sohalari: mexanika, fizika, organikaning o‘ziga xos xususiyati kabilardir.

Yüklə 6,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin