Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.04.2023
ölçüsü281,28 Kb.
#102165
1   2   3   4
Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli

 
 
6. Falsafaning ilmiyligi muammosi 
Biz tanishib chiqayotgan masalaradan yana biri-bu falsafiy dunyoqarashning 
ilmiyligi muammosidir. Bu muammo falsafaning fan bilan munosabatini o’z ichiga 
oladi. Falsafaning fanga munosabati, uning konkret fanlar bilan bog’liqligi bu yangi 
masala emas. Falsafa fan bilan egizak, ular bir paytda birga dunyoga kelgan. Dastlab 
paydo bo’lgan falsafa dunyo to’g’risidagi inson bilimlarining jamlan-masidan iborat 


bo’lib, u o’z ichiga falsafiy qarash-lar birga birga, aniq fan soha-lariga oid dastlabki 
bilim-larni ham olgan. Shu tufayli falsafa o’z o’rinda fanning vazifasini ham 
bajargan. Jamiyat ishlab chiqarishi va kishilar amaliy faoliyatining rivojlanib borishi 
bilan falsafa ham rivojlanib borgan. Natijada falsafadan asta-sekin bir qator fanlar 
ajralib chiqa boradi. Falsafa tarkibida vujudga kelgan va undan keyinchalik ajralib 
chiqqan mustaqil fanlar va falsafaning inson bilishidagi imkoniyatlarini taqqoslab 
ko’rsak, falsafa bilan fan butun bilish tarixida cham-barchas bog’liq va 
aloqadorlikda bo’lgani-ning guvohi bo’lamiz.
Falsafiy dunyoqarashning ilmiylik muammosi antik davr falsafasidayoq 
boshlangan edi. Bu narsa falsafaning o’ziga xos tub muammolarini aniqlashga borib 
taqaladi.
Falsafa tarixida falsafaning o’ziga xos tub muammo-larini birinchi bo’lib 
aniqlashga kirishgan mutafakkir Aristoteldir. Borliqning alohida konkret soha-lariga 
oid bilimlardan farqli ravishda, u falsafani tub ma‘nodagi bor-liqning umu-miy 
boshlang’ich sabablari va printsiplari to’g’risidagi ta‘limot, deb ta‘riflaydi. 
Uningcha, borliqni bilishda falsafaning nazariy qudrati xususiy konkret bilimlar 
imkoniyatiga nisbatan o’lchab bo’lmas darajada buyukdir. Aristotel falsafani «fanlar 
malikasi» deb boshqa bilim sohalarini uning kanizaklari sifatida unga xizmat qiladi, 
ular falsafaga qarshi bir so’z ham ayta olmaydi, deydi. Falsafa va xususiy bilimlar 
o’rtasidagi munosabatga bunday qarash ko’p asrlar davomida fayla-suflar ongida 
saqlanib qoladi. Hatto Gegel kabi buyuk faylasuf ham Aristotel traditsiyasi yo’lidan 
borib, falsafani «fanlar qirolichasi» yoki «fanlar fani» deb ataydi. Bunday 
qarashning aks-sadosini hatto hozirgi kun-larda ham eshitish mumkin.
XIX asrga kelib alohida fanlar taraqqiyotining yangi boqichi boshlanadi, ular 
yanada gurkirab rivojlana boshlaydi. Bu yangi bosqich boshlangan bir sharoitda 
alohida fanlarning buyukligi, falsafaning esa hech bir qimmati yo’qligi, falsafa o’z 
qimmatini yo’qotib borayotganligi haqida har xil qarama-qarshi fikrlar paydo bo’la 
boshlaydi. Bu davrga kelib, keng tarqalgan pozitivizm oqimi vakillari aniq fanlar 
hech qanday falsafaga muhtoj emas, har bir aniq fan o’z-o’ziga falsafa, deyishadi. 
Ular bu bilan falsafaning bilish imkoniyatlarini, uning ilmiy-ligini shubha ostiga ola 


boshlaydi. Pozitivistlar falsafa haqiqiy fan emas, deb e‘lon qiladilar. Ular alohida 
fanlar to’liq rivojlangan yetuk bosqichda falsafaning dunyoni bilishga imtiyozli 
da‘vogarligi yo’qoladi, falsafa fan bo’lmay qoladi, deyishadi. Bu noto’g’ri edi. 
Potivizmning bu noto’g’ri qarashini o’z vaqtida tushunib yetmagan ko’pchilik 
tabiatshu-noslar uning ta‘siriga berilib biz har qanday falsafdan voz kechamiz deb 
chiqadilar. Biroq haqiqatda esa falsafadan voz kechish mumkin emas edi. Chunki 
aniq fanlarning vazifalari dunyo hodisalarini oddiy, shundaygina tasvirlash va 
izohlashdan iborat bo’lmay, balki ularning sabab-larini ochib mohiyatini tushuntirib 
berishi ham lozim edi. Buning uchun bu aniq fanlar nazariy tafakkurga muhtoj bo’lar 
va nazariy tafakkursiz hech ish qilolmas edi. Nazariy tafakkur esa ilmiy 
tushunchalardan, falsafiy kategoriyalardan iborat bo’lib, u ijtioiy-tarixiy amaliyot 
erishgan yutuqlar, falsafa va aniq bilimlarning tarixiy taraqqiyot natijasida, falsafa 
va aniq fanlar tarixini o’rganish asosida hosil bo’ladi. Nazariy tafak-kurni esa faqat 
falsafagina bera oladi.
Xullas, falsafa aniq fanlar kabi ilmiydir. U fan bilan birga vujudga kelib, fan 
bilan birga rivojlangan. Falsafa ilmiylikning barcha mezonlariga javob beradi, ya‘ni 
uning o’z ob‘ekti va predmeti bor, u jamiyatda aniq funktsiyalarni bajaradi, uning 
bilimlari asoslangan, ob‘ektiv va sistemalidir. Shuning bilan bir qatorda bu-yuk 
faylasuf Aristotel falsafa «fanlar malikasi» va nemis mutafakkiri Gegel aytganidek 
falsafa «fanlar qiroli-chasi», «fanlar fani» deganidek falsafa bugungi kunda kelib 
ham fanlarning metodologik asosi vazifasini ham o’taydi. 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin