Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi


Falsafaning asosiy funksiyalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, 
muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni 


vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan 
dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va 
tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu 
funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi 
va xususiyati bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi insonning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan 
borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishida 
namoyon bo‘ladi.. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, 
tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas 
bog‘lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, 
chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o‘zaro bog‘lanmagan turli 
«parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va 
mantiqan to‘g‘ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, 
ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar 
xossalarining birligiga e’tiborni qaratadi va shu tariqa o‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni 
shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasitajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz 
inkor etish mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir 
bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u 
yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o‘rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z 
yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan 
qondirilmagan qiziqish o‘rnini muayyan darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy 
fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim 
vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog‘liq, zero har 
qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga yetishga qarab mo‘ljal 
oladi, bu esa eng muhim masaladir.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin