Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Tulenov Jondor (1927-2002)akademik, falsafafanlaridoktori, professor



Yüklə 105,42 Kb.
səhifə22/38
tarix15.06.2023
ölçüsü105,42 Kb.
#131017
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
1-мавзу.Маърўза матни

Tulenov Jondor (1927-2002)akademik, falsafafanlaridoktori, professor. Asosiy ijodi dialektika va bilis hnazariyasi, ilmiy tafakkur uslubi masalalariga bag‘ishlangan. XXasrning 70-80 yillarida falsafani o‘rganishda nisbatan erkinlik shakllandi va shubois dialektik mantiqning rivojiga yo‘l ochildi. O‘zbekistonda J.Tulenovning dialektika maktabi shakllandi. Qozog‘istonlik o‘zbek olimi 1971 y ildan O‘zbekistonda ilmiy faoliyatini davomettiradi. U 350 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
Valiev Abdulxay (1929-2002) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ijodi jamiyat taraqqiyotida milliy ziyolilarning roli masalalariga bag‘ishlangan. U bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, O‘zbekistonda milliy ziyolilar faoliyatini takomillashtirish zarurligini asoslagan. Sovet tuzumi hukmronligi avj olgan 1966 yilda A.Valiev ”O‘rta Osiyoda milliy ziyolilarning shakllanishi” asarida ishchi dehqonlar orasidan iqtidorlilarini tanlab, milliy rahbar kadrlarni tayyorlash lozimligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. U turli toifadagi ziyolilar dunyoqarashi, ongi, psixologiyasi, kayfiyatidagi ziddiyatlarni ochib berishga harakat qilgan. A.Valiev 30 yillarda qatag‘on qilingan mashhur davlat arboblari, milliy ziyolilar F.Xo‘jaev va T.Risqulovning mash'um taqdiri haqida ochiq fikr yuritgan. 1969 yilda esa O‘rta Osiyodagi milliy ziyolilarning davlat boshqaruvidagi roli masalasiga bag‘ishlangan asarida 1917-1960 yillardagi ziyolilarning ijtimoiy evolyusiyasi, ishlab chiqarish sohasidagi ziyolilarning xalq xo‘jaligini tiklashdagi roli, ilmiy texnikaviy taraqqiyotda ilmiy ziyolilar faoliyatining o‘rni, milliy ziyolilarning jamiyat ma'naviy hayotiga ta'siri haqida fikr yuritadi.
Yusupov Erkin (1928-2003) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ijodi ijtimoiy falsafa va madaniyat nazariyasi sohasi bilan bog‘liq. U mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq millatlararo munosabatlar sohasida mamlakatda uzoq yillar davomida to‘planib qolgan hal etilmay kelgan qator muammolar, ularning paydo bo‘lish, rivojlanish va keskinlashish sabablari, ob'ektiv omillari va sub'ektiv zaminlarini tahlil etgan. Shuningdek E.Yusupov milliy manfaatlar va milliy munosabatlarning dialektik aloqadorligi, millatlar rivojlanishining ijtimoiy iqtisodiy muammolariga e'tibor bergan. E.Yusupov o‘zining “Inson kamolotining ma'naviy asoslari”asarida inson ma'naviy kamolotining jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zaro bog‘liqligi, axloq, imon, vijdon, e'tiqod, madaniyat, ma'rifat kabi omillarning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri, ular yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy yo‘llaridan biri ekanligini tahlil etgan. Xususan, u “Axloqning mezonlari jamiyat taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari alohida etnik guruhlar yashayotgan, mehnat qilayotgan sharoitlar ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Barcha insoniyatga xos bo‘lgan ruhiy boylik-axloq turli konkret tarixiy sharoitlarda, turli mamlakatlar va xalqlarda o‘ziga xos shakllarda namoyon bo‘ladi”35deb ta'kidlaydi. ”Oila ma'naviyat bulog‘i” asarida E.Yusupov mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oilani mustahkamlash, ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy himoyalash, ma'naviy yetuk, jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida ko‘rilayotgan tadbirlar haqida fikr yuritadi, shuningdek oilada ota-ona ibrati, farzandlik burchi, farzand tarbiyasiga xos bo‘lgan axloqiy qadriyatlar, oilaviy munosabatlarning diniy va milliy jihatlariga e'tibor qaratadi. Uning fikricha “Ahil oilada hal qiluvchi so‘zni ota aytadi, bu so‘zdan oldin u albatta oila a'zolarining fikr va manfaatini e'tiborga oladi, shu sababli ham milliy an'analarimizda otadan oldin so‘zlash yoki ota o‘rniga so‘zlash, uning so‘zini bo‘lish ham beodoblikning belgisi hisoblanadi”36. E.Yusupovning so‘nggi “Falsafa – bahs va munozaralar maydoni”37 maqolasida “Falsafa shunday fanki uning muammolari tahlilida davrning ildamlab borayotgan ziddiyatli ruhi to‘la va to‘g‘ri aks etishi kerak. Falsafa har qanday kashfiyotni, fan sohasidagi yangilikni mutlaq haqiqat deb tan olmaydi, har bir muammo tahlilidan oldin bu nima uchun shunday?, boshqacha bo‘lishi mumkin emasmi? deb savol qo‘yadi... Falsafa tarixida jamiyat va fan taraqqiyoti oldiga bunday savollar qo‘yilmagan davr bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, shu sababli falsafiy muammolar tahlili doim keskin bahs va munozaralar maydoni bo‘lgan”38 deb ta'kidlaydi. E.Yusupov milliy kadrlar tayyorlash masalasiga ham jiddiy yondoshgan. Olim umrining oxirigacha O‘zMU falsafa fakultetida talabalarga falsafa ilmidan dars bergan.

Yüklə 105,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin