Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja



Yüklə 392,13 Kb.
səhifə7/30
tarix14.12.2023
ölçüsü392,13 Kb.
#177659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja

Integratsion metod hozirgi zamon ijtimoiy gumanitar fanlarida keng qo‘llanilayotgan metod hisoblanib, ushbu metod fanlar aro tadqiq etiladigan mavzularni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur metodning shakllanish davri o‘tgan asrning 80-yillaridagi G‘arb sotsial antropologiyasiga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot davrida fanlarning va ilmiy bilimlarning integratsiyalashuvi bir fanning ikkinchisiga, yoki bir nazariyaning ikkinchisiga qo‘shilib ketishini emas, balki ularning sintezini va organik birligini ifodalaydi. Tushunchalar aloqasining yangi tizimida integratsiyalashgan fanlar transformatsiyalashadi»1. Dastlab bu kabi metod o‘tgan asrning o‘rtalarida aniq fanlar doirasiga kirib kelgan va bu sohada katta kashfiyotlarga sabab bo‘lgan edi. O‘tgan asrning oxirgi o‘n yilligida G‘arb ijtimoiy fanlarida bu metodning ommaviylashib ketishi etakchi yo‘nalish hisoblangan sotsial antropologiyaning o‘z tarkibida takomillashib ketishiga hattoki uning doirasida aniq fanlar tajribalari ham qo‘llanishiga olib keldi. Cotsial antropologiya fani uchta asosiy yo‘nalish: antropologiya, lingvistik antropologiya, etnologiya yoki sotsial-madaniy antropologiyaga bo‘linsa4, uning tarkibidagi mental sog‘liq va madaniy taraqqiyot darajasini o‘rganuvchi fan etnologiya o‘z ichidan turli yo‘nalishlarga differensiallashdi: «Jumladan, G‘arbiy Evropa etnologiyasida iqtisodiy (xo‘jalik) etnologiya, ijtimoiy etnologiya, huquqiy etnologiya, siyosiy etnologiya, diniy etnologiya yo‘nalishlari shakllandi va istiqbolli rivojlanib bormoqda5».
Ijtimoiy falsafa, sotsialantropologiya, tarix fanida bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan metod «oral history»-«og‘zaki tarix» metodidir. Bu xalq og‘zidan eshitilgan, sistemalashtirilgan, lekin tarixiy xujjatlarda o‘z ifodasini ba’zi siyosiy vaziyatlar sabab topa olmagan materiallardan foydalanish uslubi. Xususan, XIX asr oxiri, XX asr boshlarida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarda, “ocharchilik”, “qatog‘on”, “paxta ishi” kabi siyosiy o‘yinlarda tarixiy haqiqatning ob’ektiv dinamikasini aniqlashda mazkur metod - «og‘zaki tarix»ga murojaat qilingan. Mazkur metod haqidagi g‘oya birinchi bo‘lib Italiyada 1979 yili «Og‘zaki tarix uslubining spetsifik xususiyatlari» maqolasida paydo bo‘ldi6. Ushbu metodning G‘arbiy Evropa zamonaviy ijtimoiy-gumanitar fanlariga kirib kelishi XX asrning 90-yillariga to‘g‘ri keladi7. «Og‘zaki tarix» metodi asosida bo‘lib o‘tgan voqea hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, boshidan o‘tkazgan respondentlar bilan suhbatlar olib borish, bu kabi suhbatdoshlarning bir nechtasining hikoyalaridagi faktlarni tarixiy manbalar bilan solishtirish, tarixdagi oq dog‘lar yoki buzib ko‘rsatilgan voqea-hodisalarni informatorlarning ma’lumotlaridan aniqlashtirishdan iborat.
Og‘zaki tarix uslubi etnografiya, tarix, sotsiologiya, mantiq, psixologiya kabi fan yo‘nalishlarining ilg‘or metodlarini o‘z tizimida birlashtirib, o‘zbek xalqi tarixida qaytadan jiddiy o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalarga gumanitar fanlarning integratsion yondashuvini taqozo qilib qo‘ydi.

Yüklə 392,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin