Tajriba (yakka, alohida narsalarni bilish) bilan fan (narsalar sababi va ibtidosini umumiy bilish) Qadimgi Yunon falsafasida bir muncha aniq ajratilgan. Qadimgi Yunon faylasuflari e'tiborni ibtido va sababni bilishga qaratganlar, «chunki qolgan hammasi ular orqali tushuniladi»5. Qadimgi (antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo‘lmish ta'rif («nima», «qanday?» savollari bilan bog‘liq) bilan tushuntirish («nima uchun?», «qanaqa sabab?» savollariga javob)ni aniq farqlagan. Masalan: yunon faylasufi Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) shunday deb yozgan edi: «Tajribaga ega bo‘lganlar «nima» ekanligini biladilar, ammo «nima uchun ekanligini, ya'ni sababini bilmaydilar»