Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniga muvofiq xar bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo’lib ular o’rtasidagi kurash natijasida eskining yuqolishi va yangining paydo bo’lishi yuzaga keladi.
Ma’lumki, narsalar turli- tumandir. Xamma tomonlari bilan aynan o’xshash bo’lgan ikki narsaning o’zi yo’k. Narsalarning tafovvut darajasi xam bir xil emas: muxim va nomuxim tafovvutlar mavjud.
Narsa va xodisalardagi tafovvutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va xodisalargada mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va yo’nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o’zida bir-birini taqazo xam qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar, elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy xayotdagi yovuzlik va ezgulik o’zaro bir-birini inkor etadi va ayni vaqtda biri ikkinchisini taqazo etadi.