Arastu ta’limotining ko‘p tomonlarini qabul qilgan o‘rta asr sxolastlarini mo‘tadil realistlar
deb atalgan. Ularning yirik vakillari Pyer Abelyar va Akviniyalik Fomlar bolgan.
Britaniyada
tugllgan P. Abelyar (1079—1142) juda yoshligidanoq ocz bilimi bilan mashhur edi. Abelyar —
mo‘tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aqlida mavjuddir,
undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar
«Men e’tiqod qilish uchun bilaman» degan g‘oyani ilgari surgan. Ya’ni bilmaydigan, bilimsiz
kishidan ko‘ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o‘rgangan kishi afzal. Bunday kishi
aqidaparast emas, balki o‘zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab, unga hamma vaqt murojaat
qiladi. Uning ta’kidlashicha, shubha
hamma vaqt tadqiqotga yollaydi, tadqiqot esa haqiqatni
topadi. Uning fikricha, insonning o‘limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga
bolgan muhabbat bilan taajjubga solish va odamlarga axloqiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida sodir
boladi. Bu bilan odamlar o‘z hayotini Xudoga bo‘ysundiradilar. Bu qarash axloqiy ta’sir qilish
nazariyasi deb ataladi.
Akviniyalik Foma (1224—1292) mo‘tadil realizmning yana bir yirik vakili bo‘lib
hisoblanadi. Foma o‘sha davr uchun Arastu natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat
qilgan. Bunda u mo‘tadil realizm pozitsiyasida turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi
bo‘lgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida Xudo
mavjudligi haqidagi haqiqatga erishishi mumkin.
Fomaning
«Ilohiy summalar»
asari 3000 maqoladan iborat bolib, 600
masalaniyoritishgabag‘ishlangan. U ilohiyotning sistemali bayon qilinishi vazifasini bajaradi.
«Ilohiy summalar»ning birinchi qismi Xudoning mavjudligi va borligl masalasida bahs yuritadi.
Ikkinchi qismi «Xudoga qarab harakat» haqida hikoya qiladi. Foma ta’limotidan keyinchalik
«tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida G‘arbda hozir ham saqlanib qolgan.
O‘sha davrning mashhur faylasuflaridan biri Vilyam Okkamdir (1309—1349). Uning
fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aql) yo‘1 bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Tavrot
nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni bir-biridan ajratardi,
ularni omuxta qilishm qoralardi. Okkam, Shuningdek, universaliylarning obyektiv mavjudligini
inkor qila di. Uningcha, universaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat ismdirlar. Bu
tushunchalarni odam o‘z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan realroq va
muhimroqdir.
Rodjer Bekon (1214—1292) ham Okkam mansub bolgan oqim vakillaridandir. U o‘z
hayotini ilmiy tajribalarga bag‘ishlagan. 72 Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday
metodni XVII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy o‘rganish
metodini qollash nominalistlar qarashlariga to‘liq mos kelardi. Nominalistlar va realistlar
o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘rta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Butun
o‘rta asrlarda sxolastikaning bu ikki oqimi o‘rtasida kurash ketgan. Sxolastikaning avjga chiqqan
davri — 1150 va 1300-yillarda — Foma Akviniyskiyning mo‘tadii realizmi nominalizm ustidan
g‘alaba qozondi. Lekin 1300-yildan keyin cherkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori
mavqeni egallay boshladi. Bu ko‘p jihatdan uyg‘onish davri falsafasiga ta’sir ko‘rsatdi.
Shuningdek, haqiqatga erishishning tajribaviy metodini (ratsionalizm) vujudga kelishida katta
xizmat qildi.
Yevropa falsafasining rivojida universitetlar muhim o‘rin tutadi. Ular bilim va ma’rifatning
o‘chog‘i sifatida 1200-yillarda vujudga keldi. 1400-yillarga kelib, Yevropada 23 ta universitet
mavjud bo‘lgan. Universitet dasturining juda katta qismini sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil
etar edi. Universitetlarning vujudga kelishining sababi mashhur olimlarning faoliyatidir. XII
asrda Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo‘ladi
va talabalar uni
eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Bolonya shahri universiteti
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati ko‘p
jihatdan Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Universitetlar, Shuningdek,
talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga kelgan. Masalan, XII asrda Angliya va Fransiya
qirollari orasidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi
munosabat bildirilmaganligi
ularning Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko‘chib o‘tish lariga sabab bo‘ldi. Buning
natijasida mashhur Oksford universiteti tashkil topdi. Kembridj universiteti esa Oksford
universiteti talabalarining qo‘zg‘olon ko‘tarishi va 1209-yilda ularning Oksforddan Kembridjga
ko‘chib o'tishlari natijasida vujudga keldi.
Universitetlar qadimgi Yunoniston va Rimda, shu bilan birga bizning mamlakatimizda
ham mashhur bolgan ustoz va shogirdlar to‘planib ilm o‘rganadigan, o‘rgatiladigan
va ilmiy
bahslar olib boriladigan maktablar tarzida shakllangan bo‘lsa-da, ammo fan sohalarining ko‘pligi
tufayli alohida ilm o‘chog‘iga aylanib qoldi. Ularning tajribasi keyinroq butun dunyoga tarqalib
ketdi.
Dostları ilə paylaş: