Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G’arb falsafasi. Reja



Yüklə 171,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix22.12.2023
ölçüsü171,05 Kb.
#190569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
G\'arb falsafasi

Nemis mumtoz falsafasi
. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya 
boshqa G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Ammo 
fransuz inqilobining kuchli ta’siri ostida shunday falsafiy ta’limot vujudga keldiki, uning 
shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning rivoji asosiy o‘rinni egalladi.
Nemis falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kant (1724—1804) faqat mashhur 
faylasufgina bolib qolmasdan, yirik tabiatshunos olim hamdir. Kant tomonidan yaratilgan gaz 
holatidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi nazariya hozirgi 
davrda ham astronomiya sohasidagi eng muhim ta’limotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy 
qarashlari tabiat hodisalarini metafizik ruhda tushunt ruvchi ta’limotlarga zarba berdi. Kant o‘z 
davri tabiatshunosligi erishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga 
Koinot genezisi va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi. Kantning inson irqlarining tabiiy 
kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega.
Kant falsafada katta o‘rin qoldirdi. Uning vafotidan keyin nemis falsafasining rivoji Hegel 
(1770—1831) ijodida o‘zining yuksak cho‘qqisiga erishdi. Hegel dialektikaning qonunlari va 
kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Falsafa tarixida birinchi marta bir tizimga solgan 
holda dialektik logikaning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi. O‘sha davrlarda hukmron bolgan 


metafizik fikrlash uslubini tanqid qildi. Hegelning ta’kidlashicha, kategoriyalar borliqning 
obyektiv shakllaridir. Borliqning asosida esa, «dunyoviy aql», «mutlaq g‘oya» yoki «dunyo 
ruhi» yotadi.
Rivojlanish g‘oyasi Hegel falsafasini qamrab olgan. Uning ta’kidlashicha, rivojlanish tor 
doira ichida emas, doimiy, quyidan yuqoriga qarab boradi. Mana shu jarayonda miqdor 
o‘zgarishlarining tub sifat o‘zgarishlariga olishi yuz beradi. Rivojlanishning manbai esa har 
qanday o‘z-o‘zidan harakatning sababi bolgan qarama-qarshilikdir. Hegel falsafasida borliq 
dialektik o‘tishlar zanjiri sifatida bayon qilingan. Hegel fikricha, tarix dunyoviy ruhning yoki 
mutlaq g‘oyaning rivoji sifatida namoyon boladi. Umuman tarix bu mohiyatan fikrning, aqlning 
o‘z-o‘zidan rivoji tarixidir. Hegel ta’limoticha, aql tarixda shunday namoyon boladiki, unda har 
bir xalq ruh o‘z-o‘zini anglab, tobora yuqorilab borishiga o‘z hissasini qo‘shish huquqini oladi. 
Lekin bu jarayon qandaydir tartibsiz (xaotik) amalga oshmaydi. Hegel umumjahon tarixini to‘rt 
bosqichga boladi:
1. Sharq dunyosi.
2. Yunon dunyosi.
3. Rumo dunyosi.
4. German dunyosi:
Hegelning da’vosicha, faqat german xalqlarida toliq erkinlik bolgan. Bu xalqlar o‘z tarixiy 
rivojlanishlarida isloxotchilik (reformatsiya), 1789-yil Fransuz inqilobi mevalaridan bahramand 
bolganlar. Faqat ulargina umumiy fuqarolik va siyosiy erkinlikka erishganlar. Hegelning 
ta’kidlashicha, aqlga muvofiq davlatchilikni o‘rnatgan faqat german xalqigina umumjahon — 
tarixiy jarayonining haqiqiy timsolidir. Hegel umumiy falsafiy sistemasi ham, uning yaratgan 
metodi ham boshqa kamchiliklardan, ichki qarama-qarshiliklardan xoli emas edi. 

Yüklə 171,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin