Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq va G’arb falsafasi. Reja



Yüklə 39,7 Kb.
səhifə2/15
tarix10.12.2022
ölçüsü39,7 Kb.
#73521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq va G’arb falsaf

Zardo’sht ta’limotida “Axriman” va “Axuramazda” yaxshilik va yomonlikning abadiy kurashi va bunda yaxshilikning g’alabasini ifodalaydi. Zardo’shtiylik falsafasiga ko’ra, yaxshilik va yomonlik kishilarning botinida-ichki dunyosida yashaydi. Inson Axriman yoki Axuramazda tarafida bo’lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni hamisha yaxshilik qilishga, lekin yovuz Axriman uni yomonlik qilishga undaydi va bu tortishuv inson hayotining oxirigacha davom etadi.
Konfutsiy va Lao Szi ta’limoti. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o`ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o`rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo`jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo`liga o`tgan. Bu hokimiyat eramizdan avalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo`lishini o`ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o`z ta`sirini o`tkazgan. Bunday ruhdagi falsafiy g`oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari», ya`ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta`limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o`ziga xos tarzda namoyon bo`lishi, bu xalqqa xos ma`naviy mezonlar aks etgan. Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi - taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtayi nazariga ko`ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi, u, ya`ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim.
Qadimgi Xitoyning ko`zga ko`ringan faylasuflaridan biri Lao-Tszidir (VI-V asrlar). Uning ta`limotiga ko`ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo`ysunmog`i lozim. Daosizm ta`limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni - tabiatningyashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg`unligi abadiyligining e`tirof etilishidr. Bu qonunga ko`ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Tsi», ya`ni beshta unsur - olov, suv, havo, yer va yog`och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta`minlaydi.

Yüklə 39,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin