1.
Hozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini
marksizmning sinfiylik tamoyillariga asoslanib, quldorlik
tuzumining shakllanishi bilan bog‘lab, uning tarixini uch ming yil
deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy
fikrlashlar, olam va undagi hodisalarga aql ko‘zi va tajriba
mezoni bilan qarash unsurlari mavjuddir. SHu bilan birga falsafa
tarixining rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy taraqqiyotning u yoki
bu davrlari bilan bog‘lab tushuntirish xam o‘zini oqlamaydi.
CHunki bu davrlar turli mintaqalarda o‘ziga xos tarzda kechgan.
Masalan, qadimgi Gretsiya va qadimgi Rumoda qulchilik
iqtisodiy ishlab chiqarish usulini asosini tashkil qilib, bu
davlatlarning rivojlanishida quldorlik davrini tashkil qilgan. Agar
Xitoy, O‘indiston xamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar
tashlasak bu erda sof quldorlik tuzumi bo‘lmaganligini ko‘ramiz.
Ko‘pgina davlatlarda qulchilik u yoki bu tarzda XIX asrning 2-
chi yarmigacha davom etib, hech qachon ular iqtisodiyotning
asosini tashkil qilmagan.
SHuning uchun falsafaning rivojlanish bosqichlari turli
mintaqalarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligiga
e’tiborni qaratish kerak. O‘amma mintaqalar uchun falsafiy savol
va javoblar tug‘ilishini universal bosqichi bo‘lib mifologik
tafakkurning parchalanish davrini olish mumkin. Falsafiy fikr
rivojlanishiga yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana
biri – bu, jahon tarixiy–falsafiy jarayonlarni turli–tumanligini
toraytirib qo‘yadigan Evropotsentrizm qarashlaridir. Bu
qarashlarni g‘ayriilmiyligini ko‘rsatish bilan SHarq bilan bog‘liq
jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga
tushmaslik kerak. Bu o‘rinda G‘arb va SHarq tarixiy–falsafiy
jarayonlarini davrlarga ajratish tamoyillariga e’tibor qaratish
bilan birga G‘arb va SHarq falsafasidagi an’analarning o‘zaro
munosabatini ham tahlil qilish lozim.
SHarqning o‘ziga xosligi, unga munosib bo‘lgan madaniy
taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari
rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol
jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof
etiladi.
qolaversa,
Vatanimiz
sivilizatsiyasining
SHarq
sivilizatsiyasining quchog‘ida voyaga etgani va uning
qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo
madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor.
2.Falsafiy g‘oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta’sirida, ma’lum
tarixiy–madaniy manbalar asosida shakllanadi. Odamlar million
yillar davomida oila-oila, gala-gala bo‘lib yashashdan bundan 50-
40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz
jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o‘tdilar.
Natijada ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilar ijtimoiy
amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantirdi,
shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi. Falsafa
fani o‘ziga xos yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq
nima? Bor bo‘lishning o‘zi nima? degan savollarga javob
qidirganlar. Falsafiy qarashlarning bu o‘ziga xos xususiyati
qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga javob
berishga imkon tug‘diradi.Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda,
odatda, mifologiya yordamida hal qilib bo‘lmaydigan,
ishontirishning ilojiy yo‘q jiddiy ziddiyatlar vujudga keladi. Bu
o‘rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday ekanligi xaqida
bilimni farqlash ehtiyoji tug‘iladi. Bu farqlash falsafa bilan birga
vujudga keladi.
Falsafa avval boshdan kundalik ongni, urf–odatni, an’anaviy
qadriyatlarni va axloq normalarini tanqid qiladi. Faylasuf hamma
narsaga shubxa bilan qaraydi, buni u shu an’analarni kelib chiqish
ildizini topish uchun qiladi. SHundan uning bor bo‘lishning o‘zi
nima?, borliq nima? degan savolining mazmuni kelib chiqadi.
Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat,
madaniyatdagi qanday siljishlar ta’sir qiladi? degan savollar
tug‘ilishi tabiiydir. qadimgi Gretsiyada falsafa inson hayotining
ma’nosi, uning odatdagi tuzumi va tartibi xavf ostida qolgan
vaqtda shakllandi. Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina
emas, balki taraqqiyoti ham chuqur ijtimoiy krizis (inqiroz)lar
bilan bog‘liq bo‘lib, inson qiynalganda, eskicha yashay olmay
qolganda, eski qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotganda, endi
nima qilish kerak? degan savol tug‘iladi. qadimgi Grek
falsafasining kelib chiqishiga kelsak, u o‘sha joydagi quldorlik
tizimining odatdagi mifologik–afsonaviy tasavvurlarini rad etib,
yangi dunyoqarashni taqoza etardi. SHunday qilib, falsafiy
qarashlar odatdagi turmush tarzi va odatdagi qadriyatlar inqirozi
muxitida vujudga keladi. U eskicha yondashuvlarga xos urf–
odatlarni tanqid qilib, yangicha qarashlarni qaror toptirish,
yangicha turmush tarzini shakllantirishga harakat qiladi. SHuning
uchun falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy
bog‘liqdir.
3.Qadimgi SHarq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‘lgan Misr
va Bobilda eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning oxiri va uch
ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida
sodda ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, kosmologiya,
matematikaga oid qarashlar vujudga keldi. Bu erda shakllangan
falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan iboratki,
ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo‘‘jizalarga ishonch, u
kuchlarning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirini
mutloqlashtirish xususiyati ustivor bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy
qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – o‘sha
davrlardan qolgan yozma manba’larda, xususan, «Xo‘jayinning
o‘z quli bilan hayotining mazmuni xaqida suhbati», «Arfisiy
qo‘shig‘i». «¤z xayotidan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni
bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi afsona,
«Jafokash avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon
bo‘lgan. Bizning eramizgacha bo‘lgan 1 ming yillikning
o‘rtalarida
insoniyat
tarixining
taraqqiyotida
qadimgi
madaniyatning uch o‘chogida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada
deyarli bir vaqtning o‘zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning
tug‘ilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan
dunyoqarashga o‘tishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi.
Xindiston bashariyat tarixida sivilizatsiya beshiklaridan biri
hisoblanib, uning falsafasi o‘zining qadimiy va boy tarixiga ega.
qadimgi
Xind
falsafasini
o‘rganishda
«Ramayana»,
«Maxabxarota», «Kalila va Dimna», «Vedalar» kabi mashxur
asarlar ilk manbalar bo‘lib xizmat qiladi. Xind madaniyati va
falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-
idrok, adolat, insof-diyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik,
milliy totuvlik, to‘gri so‘zlilik haqida va yomon illatlarga qarshi
kurashish zarurligiga doir juda muxim falsafiy goyalar xikmatlar,
rivoyatlar, maqollar shaklida bayon etilgan. Falsafiy
qarashlarning kurtaklari Xind madaniyati eng qadimgi yozma
yodgorliklari «Vedalar»da («Ved»lar – tabiatning iloxiy
kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar to‘plami)
uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, YAshurveda va
Atxarvededa deb ataladigan 4 katta bo‘limdan iborat.
Ularda borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb xisoblangan
suv, olov, xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt
xaqidagi, shuningdek olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi
qonunlar, inson bilimining manba’lari va turlari, insonning
ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan.
4.Ularda ta’kidlanishicha, tana jonning qobig‘i bo‘lib, jon esa –
dunyoviy ruxning bir bo‘lagidir.
Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur
bo‘lgan manba’larda ham o‘z aksini topgan. «Upanishadalar»
«sirli bilim» degan ma’noni anglatib, «Vedalar»ning falsafiy
qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy
risola bo‘lmay, balki turli vaqtda har xil mavzuda ijod etgan
noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning
mazmuni va uslubi turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir.
«Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab
turgan borliq, uning hayotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va
inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish
imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy
muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon
etilgan.
Eramizgacha bo‘lgan VIII-VII asrlarda Xindistonda Lokayati (bu
dunyo)ni tan oluvchi falsafiy ta’limot shakllana boshladi. Bu
ta’limotning asosi Brixaspati va uning izdoshlari vedalarda bayon
etilgan diniy qarashlarni tanqid qilib, erdan boshqa tarzdagi
hayotning bo‘lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari surdilar.
Lokayataning eng rivojlangan oqimi CHarvaklar (er.avv. VI-asr)
ta’limotidir. Ularning fikricha, dunyo 4 elementdan - tuproq,
xavo, suv va olovdan tashkil topgan bo‘lib, barcha narsa,
xodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan iboratdir. Ular
dunyoni bilish mumkin va bilishning manbai idrokdir deb,
bilimda xissiyotning rolini bo‘rtirib yuborganlar, xulosalar
yolgon bo‘lishi mumkin deb xisoblaganlar.
Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlarda dunyo abadiy va 5
unsur – olov, suv, er, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb
uqtiriladi.
Eramizdan oldingi VII-VI asrdagi Xitoy mutaffakirlarining
fikricha, tabiat xodisalari SI degan moddiy zarralardan tarkib
topgan, u Dao degan ob’ektiv tabiiy qonuniyatga bo‘ysunadi.
Xitoyliklarning tabiat xodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy
qiladi, degan tasavvurlari, dunyo moddiydir, degan ta’limotiga
bogliqdir. Dao xaqidagi ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini
xosil qilishdagi dastlabki urinishdir.
5.«Daosizm» «Dao» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «yo‘l»,
«taraqqiyot», «dunyo negizi» ma’nolarini bildiradi. Daosizmning
asoschisi Lao-szi bo‘lib, u dunyoda abadiy harakat va qarama-
qarshiliklar bir-biriga bog‘liqligi amal qiladi, tabiat xodisalari
o‘z-o‘ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi, degan fikr yuritiladi.
Ta’kidlanishicha, go‘zallik va yomonlik, borliq va yo‘qlik, uzun
bilan qisqalik bir-birini to‘ldiradi, birin-ketin keladi, bir-biriga
bogliq bo‘ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha xodisalar
qarama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. Daosizm vakillari
bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini
o‘rtaga qo‘yib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini
kamsitib, aqlni bo‘rttirib yuborganlar.Eramizdan oldingi V-III
asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi falsafiy oqim bo‘lgan. Bu
oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy bo‘lgan.
(er.oldingi 551-479 yillarda yashagan). Konfutsiy insonparvarlik
goyalarini qadimgi Xitoyda birinchi bo‘lib olg‘a surdi. U o‘zining
falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan.
Odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra, bir-birlariga o‘xshaydilar, faqat
tarbiyaga ko‘ra, ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u.
Konfutsiy fikricha, insonlar o‘rtasida o‘zaro muhabbat, hurmat
tamoyillari xumron bo‘lishi kerak. Markaziy Osiyo jahonning
ilm, fan, falsafa, din, adabiyot va san’at qadimdan rivojlangan,
tarixi nixoyatda boy mintaqalardan biri.
Miloddan ilgari X-VIII asrlarda Turon (Markaziy Osiyo)da
ijtimoiy munosabatlar ravnaq topa boshlaydi. SHu davrda
Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar YUnon tarixchilari
tomonidan skiflar deb atalsa, Eron manba’larida saklar deb
nomlanganlar. Ammo katta hududga tarqalib ketgan turk
qabilalari yashaydigan ulkan maskan Turyuok, Turon, Turkiston
deb atab kelingan. Sobiq SHo‘rolar davrida shu maskanlarni ¤rta
Osiyo, Markaziy Osiyo deb atash rasm bo‘lgan. Qadimgi Turon
xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim axamiyat
kasb etgan. Bu xududda dexqonchilik sun’iy sug‘orishga
asoslangan bo‘lib, u sug‘orish inshootlarining rivojlanishiga olib
kelgan. SHunday qilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela
boshlaydi. Mana shu davrda Turonda oromiylar alifbosi keng
tarqalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar
alifbosi vujudga keladi. SHu bilan birga bu joyda yashayotgan
xalqlarning boy adabiy merosi paydo bo‘la boshlaydi.
Turonliklarning og‘zaki ijodining eng dastlabki namunalari
bizgacha etib kelgan. Masalan, To‘maris, Spitamen, Zarin,
CHo‘pon, SHiroq xaqidagi afsonalar shular jumlasidandir.
Ularda Turon xalqlarining vatanparvarlik xislatlari madx
etiladi.Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha
Turonda zardushtiylik va u bilan bogliq dunyoqarash xukmronlik
qilgan.
Dostları ilə paylaş: |