Fan: Biologiya. Sinf: IX. Sana


Hujayrada sodir bo’ladigan jarayonlar



Yüklə 40,37 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü40,37 Kb.
#194085
1   2   3
9 sinf dars ishlanma

Hujayrada sodir bo’ladigan jarayonlar.

Tirik organizmlarda moddalarning hosil bo’lishi ya’ni sintezlanish jarayoni kuzatiladi.



Ozuqaning hazm bo’lishi tirik organizmlar tomonidan o’zlashtirilishi.

Tirik organizmlar tarkibidagi turli tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o’zgarib turadi.



Moddalarning parchalanishi
va ularda to’plangan energiyaning ajralishi kuzatiladi.

Hayot faoliyati natijasida
hosil bo’lgan keraksiz mahsulotlarning tashqariga chiqarilishi.



  1. To’g’ri javoblarni juftini toping




Odam bir kunda o’rtacha qancha ozuqa o’zlashtiradi ?






Odamning bir kunlik ozuqa o’zlashtirishi.








Suv 0,86 kg

Kislorod 0,81 kg

Organik modda 0,1 kg
Mineral tuz 2,1 kg



  1. Yangi mavzuning bayoni

Biologik sintez reaksiyalarining to’plami plastik almashinuv yoki assimiliyatsiya deb ataladi. Modda alamshinuvida bu turning nomi uning mohiyati bilan bog’liq; hujayra tashqaridan kelayotgan oddiy moddalar hisobiga o’zi uchun zarur bo’lgan birikmalarni hosil qiladi.
Quyida plastik almashinuvining eng muhim shakllaridan biri bo’lgan oqsil biosintezini ko’ramiz chunki tirik organizmlarda boradigan har xil biokimyoviy jarayonlar o’rtasida oqsil birikmalarining sintezi alohida o’rin egallaydi. Moddalar almashinuvining aslida o’qsillar almashinuvi bilan bog’liq bo’lib, oqsillarga hos bo’lgan biror xususiyatning o’zgarishi ayni paytda moddalar almashinuvi jarayonining o’zgarishiga ham sabab bo’ladi.
Oqsillarning biologik vazifasi asosan aminokislotalarning oqsil molekulasidagi o’rni yani, ularning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Binobarin bunday molekulalar biosintezi oldindan belgilangan reja bo’yicha amalga oshish kerak. Bunday reja DNK molekulasida 4 xil nukleotidlarning yordamida yozilgan bo’lib, u oqsil molekulasining nusxasi yoki qolipi deb yuritiladi. 20 xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4 xil nukleotidlar yordamida ifodalanishi genetik kod deb ataladi. Har bir aminokislota 3 ta nukleotidning birikishidan hosil bo’lgan triplet kod yordamida ifodalanadi. 20 ta aminokislotani ifodalash uchun 61 ta tripletli koddan foydalanadi. Kodlarning umumiy soni 64 (43=4*4*4) taga teng. Qolgan 3 ta kod oqsil sintezining boshlanishi va tugallanishini bildiradi. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal hisoblanadi. Demak, u mikroorganizmlardan odamgacha bir xildir.
Genetik kodning muhim xususiyatlaridan biri uning o’ziga hosligi bo’lib, 1 ta triplet 1 ta aminokislotaga mos keladi. Oqsil biosintezi o’ta murakkab jarayon bo’lib, bundan xilma-xil ferment va RNK lar ishtirok etadi. Bu jarayon hujayraning maxsus sintez qiluvchi organoidi - ribosomalarda kechadi.
Dastlab aminokislotalar ATF energiyasi yordamida faol holda keladi va i-RNK lar yordamida ribosomalarga tashib keltiriladi. Oqsil to’g’risidagi axborot DNK molekulasida i-RNK lar yordamida ko’chirib olinadi va ribosomaga beriladi. Demak, DNK ning zanjirlaridan birida RNK molekulasi sintezlanadi. i-RNK nukleotidlarning ketma-ketligi DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligiga mos (komplementlar) bo’ladi. Oqsil sintezi transkripsiya va translyatsiya bosqichlaridan amalga oshadi. DNK dagi oqsil to’g’risidagi axborotni i-RNK ga ko’chirib o’tilgandek yozilishiga transkripsiya deyiladi. Transkripsiya yadroda kechadi. i-RNK dagi nukleotidlar ketma-ketligini aminokislotalar ko’rinishida namoyon bo’lishiga translyatsiya deyiladi.


Translyatsiya jarayoni ribosomada kechadi. Shunday qilib, sitoplazmada ribosoma va i-RNK dan iborat oqsil sintez qiluvchi majmua hosil bo’ladi.


Ribosoma i-RNK bo’ylab harakat qiladi va polipeptit zanjirini hosil bo’lishi boshlanadi. Bu harakat davomida ribosomada ketma-ket ravishda aminokislotalar kelib qo’shiladi. Aminokislota bilan tripletli kodining mos kelishini i-RNK belgilaydi. Oqsil molekulasi sintezi tugallangach, polipeptit zanjir ribosomadan ajraladi. Ribosoma va i-RNK molekulasidan oqsillar biosintezida qayta-qayta foydalanish mumkin.

Yüklə 40,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin